Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar


Uyga vazifa o’tilgan mavzularni mustahkamlash



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə57/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

Uyga vazifa o’tilgan mavzularni mustahkamlash
17-Mavzu Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim

berish

Reja:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim



berish
2.Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim

berish shakllari

3.Xulosa

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limiy mashg‘ulotlari

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish shakllari

natijalarga erishish emas, balki bilim, mahorat va ko‘nikmalar

hosil qilish o‘quv faoliyatining maqsadidir. Bu maqsad uning

asosiy xususiyatini belgilaydi.

Bola rasm chizish jarayoniga qiziqsa va chiroyli chizishga ha-

rakat qilsa, bunday jarayon o‘yin yoki samarali harakat hisobla-

nadi. Lekin qachonki bola rasm mashg‘uloti vaqtida o‘z oldi-

ga ma’lum maqsad qo‘ysa, bu harakatlar ta’lim ko‘rinishiga ega

bo‘ladi. Masalan, avvalgilardan yaxshiroq rasm chizish, tasvirni

to‘g‘ri bo‘yash yoki tekis chiziqlar chizish ham shunday harakat

turlariga kiradi.

Ta’lim olish vaqtida va bolaga oldingi avlod tomonidan

qoldirilgan tajribani yetkazib berishda bolaning psixik rivojla-

nishi amalga oshsada, bilim va ko‘nikmalarni aksariyat qis-

mini u kattalar bilan muloqotda, ularning talablarini, masla-

hatlarini va ko‘rsatmalarini bajarish davomida o‘zlashtiradi.

Shuningdek o‘yin faoliyati, rasm chizish, buyumlar yasash va

turli xil faoliyatlarda vujudga kelgan kundalik muloqot ham

bolaning bilim va ko‘nikmalarini kengaytirib boradi. Katta-

larning bola bilan bo‘lgan har xil uslubdagi muloqot negizida

ta’lim yotadi.

Ammo u bolaning rivojlanishiga qarab sistematik xarak-

terga ega bo‘ladi. Bolalar ijtimoiy maktabgacha tarbi-

ya sharoitida muayy an dasturlar asosida o‘tkaziladigan

mashg‘ulotlarda ta’lim oladilar. O‘yin usullari va samara-

li topshiriqlardan foydalanish bunday hollarda muhim

o‘rin egallaydi. Shu bilan birga mashg‘ulotlar vaqti-

da bolalarga tanish bo‘lgan talablar qo‘yiladi: to‘liq va sifat-

li bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, tarbiyachini tinglash va

uning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarish. Mashg‘ulotlar orqa-

li bilim ber ish o‘quv faoliyatini boshlang‘ich qoidalarini egal-

lashda muhim ahamiyatga ega. O‘quv faoliyatini boshlang‘ich

qoidasi bilim olishg a bo‘lgan qiziqishni shakllanishini va

o‘rganish qobil iyatini o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi.

Atrof-muhit haqida yetkazilagan xilma-xil ma’lumotlar bola-

da qiziquvchanlik paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kattalar to-

monidan gapirib berilgan va ko‘rsatilgan narsalar yoki bolaning

o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlari ham unda yangiliklarga bo‘lgan qizi-

qishni uyg‘otishi mumkin. Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar-

da qiziquvchanlik ning o‘sishi, aksariyat hollarda ular tomondan

beril ayotgan savollar soni va ular turini o‘zgarishida namoyon

bo‘ladi. Uch-to‘rt yoshli bolalar savollari yangi bilim olishga,

tushunarsiz narsalarni aniql ashtirishga qaratilgan bo‘lsa, mak-

tab yoshiga yaqinlashgan bolalar savollarini aksariyat qismi-

ni shunday savollar tashkil qiladigan bo‘ladi. Turli xil hodi-

sa sabablariga, ular orasidagi bog‘liqlikka qi ziqadilar. «Nimaga

yomg‘ir yog‘yapti?»; «Nima uchun o‘simliklarni sug‘orish ke-

rak?»; «Nimaga doktor kasalni urib, eshitib ko‘radi?»; «Yulduz-

lar qayerdan paydo bo‘ladi?»; «Traktorga kichik uyni joylashtirsa

olib keta oladimi?»; «Agar barcha suvlar dengizga quyilsa, keyin

ular qayerga g‘oyib bo‘ladi?». Bu olti yoshli bolaning doim be-

rishi mumkin bo‘lgan sa vollarining kichik ro‘yxatidir.

Shunday bo‘lsada qiziquvchanlik bolani o‘qishga, sistema-

tik tarzda bilim olishga hali tayyorligini ta’minlay olmaydi.

U yoki bu hodisaga qiziqish bolada tez sodir bo‘ladi va shu-

ningdek tez yo‘qoladi ham, yoki boshqa bir qiziqishga aylana-

di. Yuqorida keltirilgan savollar ro‘yxatidan ko‘rinib turibdiki,

bolani turli xil voqelik sohalariga oid bo‘lgan hodisalar qiziqti-

radi. Rivoj topgan uslubga ko‘ra esa, hodisalarni aniq turlariga

va jihatlariga bo‘lgan barqaror qiziqish ta’lim tomonidan talab

qilinadi. Bunday ho disalar matematika, ona tili, biologiya ka-

bi o‘quv fanlari ning mazmunini tashkil etadi.

Ayrim hollarda maktabgacha yoshdagi bolalarda aniq va

barqaror qiziqish erta namoyon bo‘ladi va ular bolalarni bilim

olishda hayratlanarli natijalarga erishishlariga sabab bo‘ladi.

Izlanishlarga ko‘ra mashg‘ulotlar vaqtida bolalarga alohida, tar-

qoq ma’lumotlar emas, balki aniq tartibdagi bilimlar berilsa,

barcha bolalarda matemati kaga, tilga, jonli va jonsiz tabiat hodi-

salariga bo‘lgan qiz iqish ker akli me’yorda shakllanadi. Bu bi-

limlar bolalarga voqelikni barcha sohasiga xos bo‘lgan hodisa-

larni asosiy bog‘liqligini tushuntirib berishi kerak. Matematika

sohasida bu o‘lchovni o‘lchanuvchiga, qismni butunga, birlikni

ko‘plikga bo‘lgan bog‘liqligidir. Til sohasida esa so‘z tuzilishini

uning ma’nosiga bog‘liqligi, jonli tabiat sohasida hayvonlar va

o‘simliklarning tuzil ish xususiyatlari hamda yashash sharoitiga

bo‘lgan bog‘liqligidir va h.k..

Bunday obyektiv qonuniyatlarga asoslangan hodisalar bi-

lan ta nishuvdan so‘ng bolalar ularni ayrim hollarda namo-

yon bo‘lishini katta qiziqish bilan kuzatib boradilar. Bolalar

ko‘z o‘ngida atrof-muhitning notanish qirralari ochiladi va ular

ta’limni ajoyib kashfiyotlarga yo‘l ekanligini tushunadilar.

O‘qish va doimo yangi bilimlarga ega bo‘lish istagi bolalar-

da barqaror va aniq qiziqish uyg‘otadi. O‘qish qobiliyati avva-

lo o‘quv topshirig‘ini bilim olish uchun bajarilayotgan topshiriq

sifatida tushunishni, bu topshiriqlarni amaliyotdan, xayotiy

vaziyatlardan ajrata olishni taqozo etadi. Maktabgacha yosh-

dagi bola ba’zida matematik masalani eshitgach, uni yechish

yo‘llariga emas, balki masaladagi tavsiflangan vaziyatga qizi-

qish bildiradi. Shu sababli u masalani yechishdan bosh torta-

di: «Oyi si to‘rtta konfet yeb, ikkitasini o‘g‘liga bersa, birgalashib

nechta konfet yeyishgan bo‘ladi?». Bunday «adolatsiz» tasvirlan-

gan masaladan achchiqlangan bola: «Nimaga Valiga buncha oz

konfet beradi? Teng bo‘lishishi kerak edi», – degan savolni be-

radi. Boshqa hollarda bola tezroq javob olish ilinjida o‘ziga ta-

nish bo‘lgan taxminiy qo‘shuv va ayiruv amallaridan foydala-

nadi. Ikkala holda ham bilim olishga intilish yo‘qligi ko‘rinadi.

Masala shartlarida tasvirlangan vaziyat, xayotiy vaziyatni tas-

viri bo‘lganligi uchun muhim emas, balki masalalarni to‘g‘ri

yechishni o‘rganish uchun oddiy material ekanligini bola tu-

shunishi kerak. Masalani yechish mazmuni uni javobini tez to-

pishda emas, balki shartlardan kelib chiqqan holda, qaysi arif-

metik amalni qo‘llash lozimligini aniqlashda va bu mahoratdan

keyinchalik ham foydalana olishidadir.

Kichik va o‘rta maktabgacha yoshdagi bolalar odatda

berilayot gan bilim va ko‘nikmalar o‘yinda, rasm chizishda yo-

ki boshqa ular ni o‘ziga jalb qiluvchi harakatda qo‘llansagina,

o‘quv topshiriqlarini darhol qabul qiladilar.

Maktab yoshiga yaqinlashgan bolalarda maxsus tashkil-

lashtirilgan o‘quv sharoitida o‘quv topshiriqlarini o‘zlashtirilgan

materiallarni amalga oshirish imkoniyati bilan bog‘lamasdan

qabul qilish qobiliyati paydo bo‘ladi. Bilimni kelajakda «foyda

keltiradigan» qilib o‘zlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.

Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, didaktik o‘yin (loto, rasmli

kubiklardan har turli ko‘rinishlar chiqara bilish, son-sanoq, mo-

zaika, shashka, topishmoqlar kabi) maktabgacha yosh davrida

oddiy o‘quv topshiriq usuliga ko‘ra bilim olishning samaraliroq

yo‘lidir, didaktik o‘yinlar ko‘pincha turli vazifalar bilan bog‘liq

bo‘lgan qobiliyatlar va tafakkurlarning rivojlanishiga yordam be-

radi. Bu jihatdan didaktik o‘yinlar katta guruh bolalarini mak-

tabdagi o‘qish faoliyatiga tay yorlash vositalaridan biri dir. Biroq

shu narsani eslatib o‘tish ke rakki, bolalarning o‘qish faoli yati be-

vosita didaktik o‘yinlardan kel ib chiqmaydi. Ammo kichik va

o‘rta maktab yoshida didaktik o‘yin asosiy o‘rin egallasa, katta

bog‘cha yoshi davrida bu farq ancha pasayadi. Bu bolalarni o‘quv

topshiriqlarini qabul qilish qobiliyati oshay otganini bildiruv-

chi ko‘rsatkichdir. Bu bolalarni amallarning bajarilish usullari-

ga e’tibor bera boshlashi, ularni o‘quv topshiriqlari mazmunini

tushuna boshlaganini bildiradi. Ular ongli ravishda bu usullar-

ni egallashga harakat qiladilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bi-

ror maqsadga qaratilgan kuzatuvlarni, predmetlarni tasvirlash-

ni, qiyoslashni va ularni guruhlarga bo‘lishni, hikoya va suratlar

mazmunini bir-biriga bog‘lagan holda gapirib be rishni, arifmetik

masalalarning hisob va yechim yo‘llarini topishni va hokazolarni

o‘rganadilar. Masalalarni to‘g‘ri bajarilishi va kattalar tomonidan

qo‘yilgan talablar amalga oshishi muhim ma’noga ega bo‘ladi.

Bunday hollarda bolalar kattalarga bajarilgan u yoki bu o‘quv top-

shiriqlari to‘g‘riligini baholashlarini so‘rab tez-tez murojaat qiladi-

lar. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalar masofaviy aloqani

aniq tasvirlashni o‘rganish jarayonida, bir necha marta tarbiyachi-

ga murojaat qiladilar: «Meni chizayotganim o‘xshayaptimi, ilti-

mos, ko‘rib ber ing?»; «Burchagi burchagiga to‘g‘ri kelishi kerak,

bu uchburchak narigisini to‘g‘risida bo‘lishi kerak. To‘g‘rimi?».

Maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati. Bolalar-

ning psixik jihatdan rivojlanishda tasvirlash faoliyatlari ning ro-

li kattadir. Bog‘cha yoshidagi bolalar rasm chizish, loydan yo-

ki plastilindan turli narsalarni yasash, kubiklardan imoratlar,

ko‘priklar qurishni juda yoqtiradilar. Bolalar o‘zlarining tasvir-

lash faoliyatlarida qandaydir g‘ayritabiiy, xayoliy narsalarni

emas, balki tashqi muhitni, undagi narsal arni, jonivorlarni aks

ettirishga intiladilar. Bolalarning bunday faoliyatlarida ijodkor-

lik, yaratuvchanlik elementlari bo‘ladi. Bolalar o‘zlaridagi istak,

xohish, intilishlarni ana shunday tasvirlash, rasm chizish, loy

yoki plastilindan biron narsa yasash, applikatsiya ishlari orqa-

li ifodalashga intiladilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlari juda

sodda bo‘lsada, ular o‘zlarining bunday faoliyatl arida atroflari-

dagi narsa va hodisalarni shunchaki passiv tasvirlash bilan chek-

lanib qolmay, o‘zlaridan nimalarnidir qo‘shib, yangilik yara-

tishga harakat qiladilar. Ana shuning uchun bolalardagi ayrim

qobiliyatlar ularning tasvirlash faoliyatlarida juda erta namo yon

bo‘la boshlaydi.

Nazorat savollari:

1. Ta’limiy mashgulotning psixologik xususiyatini aytib be-

ring.

2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olishda aniq va



barqaror qiziqish nimada namoyon bo‘ladi?

3. Didaktik o‘yinlarning bola bilimlarni egallashidagi o‘rni

nimada?


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin