Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar


Uyga vazifa : MTT olib boriladigan mashg’ulotlar asosida mashg’ulot ishlanma bajarish



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə58/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

Uyga vazifa : MTT olib boriladigan mashg’ulotlar asosida mashg’ulot ishlanma bajarish

18-Mavzu:Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limiy mashg’ulotlarini va mehnat faoliyatlarining xususiyatlari

Reja:

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limiy mashg’ulotlari

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limiy mashg’ulotlarini va mehnat faoliyatlarining xususiyatlari

  3. Xulosa

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining

xususiyatlari. Maktabgacha yoshda mehnat elementlari

Bolalarning mehnat mashg‘ulotlari asosan bog‘cha yoshi-

dagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnatlari

juda sodda va elementar bo‘lsa ham ularning psixik taraqqiyot-

larida juda katta ahamiyatga egadir.Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachining o‘tkazgan suhbatlari orqali mehnatning inson hayotidagi ahamiyati,

kattalar mehnati haqida tushunchalarni egallaydilar. Bolalar

tarbiyachi ning savollari bilan o‘z ota-onalarining qayerda, kim

bo‘lib ishlayotganliklarini, qanday mahsulot ishlab chiqarishda

ishtirok etayotganliklarini bilib oladilar.

Ana shunday suhbatlar natijasida bolalarda mehnatga nis-

batan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tug‘iladi. Kat-

talarning mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastavval bolalar-

ning o‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Bolalar kattalarning mehnat

faoli yatlarini o‘zlarining o‘yinlarida taqlidan takrorlash bilan

cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita qatna shish

uchun harakat qila boshlaydilar. Masalan, qiz bolalar ona-

lari kir yuvayotganda suv tashish, ayrim kichikroq narsalar ni

(dastro‘molchalarni) chayishda qatnashadilar, uy va hovlilar-

ni yig‘ishtirib, supurishga, o‘g‘il bolalar esa otasi bajarayot-

gan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar

mehna tining natijasiga emas, balki mehnat jarayonining o‘ziga

qiziqishi psixologik jihatdan xarakterligidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnatlariga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbi-

yalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni

bajara yotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlari turgan gap. Le-

kin bunda bol alarni mehnatga jalb qilmaslik kerak, bolalar baja-

radigan ishni kattalarning o‘zlari birpasda qilib qo‘yishlari mum-

kin, degan ma’no kelib chiqmaydi. Sharq xalqida bir maqol bor:

«Bolani ishga buyur, ketidan o‘zing yugur». Bu juda to‘g‘ri, ha-

yotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday ba-

jarayotganliklarini kuzatib turish kerak, degan ma’noni bildiradi.

Kichik yoshdagi bolalarda hali mehnat malakalari yo‘q, qo‘l

muskullari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shuning uchun

bolalar qasddan yoki aniqovliklaridan emas, balki eplay olmas-

liklaridan biron narsani tushirib, singdirib yuborishlari mum-

kin. Ana shunday «falokat» yuz bergan paytda bola ni «An-

qov, merov, ko‘zingga qarasang bo‘lmaydimi?» deyish yoki

urish yaramaydi. Buning o‘rniga bolaga shu mehnatni qanday

qilib bajarishni ko‘rsatib berish kerak. Kichik yoshdagi bog‘cha

bolalari o‘zlarining mehnat faoliyatlarini hali yo‘lga qo‘ya ol-

maydilar. Shuning uchun ular mehnatning juda sodda turlari

bilan, ya’ni o‘simliklarga suv quyish, baliqlarga ovqat berish,

hovliga suv sepish va shu kabilar bilan shug‘ullanadilar.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnatsevarlik ruhida tar-

biyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga

egadir. Jamoa bo‘lib mehnat qilishda tarbiyachi har bir bolaga

ma’lum bir mehnatni baja rishni buyuradi. Ana shu tariqa bola-

lar birgalikda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Masa-

lan, katta guruh bolalari jamoa bo‘lib navbatchilik qiladilar.

Bunda bir bola stolga dasturxonlarni yozib chiqsa, ikkinchi-

si qoshiq va vilkalarni qo‘yib chiqadi, uchinchi bola esa stul-

chalarni qo‘yib chiqsa, to‘rtinchi bola stolga nonlarni qo‘yib

chiqadi. Bog‘chada navbatchilikka o‘rgangan bolalar oilada

ham yordamlashadigan bo‘ladilar. Bolalar bunday mehnatda

jon-u dili bilan qatnasha dilar. O‘rta va katta guruh yoshidagi bolalarga oilada kuchlari

yetad igan mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ularda

mehnat malakalari hosil bo‘lishi uchun imkoniyat yaratadi.

Ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etmagan bolani keyinchalik

mehnatga jalb qil ish juda qiyin bo‘ladi. Bog‘chada bolalar jalb

qilinadigan mehnat faoliyati ning turi juda xilma-xildir. Masa-

lan, tabiat burchagidagi jonivor yoki o‘simliklarni parvarish qi-

lish, bog‘cha uchastkasida ishlash, oshxonada va guruhda nav-

batchilik qil ish, kichkintoylarni ki yintirishga yordam berish va

boshqalar. O‘rta va katta guruh bolalari mehnat faoliyatini o‘yindan bata-

mom farqlab, unga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydi-

lar. Ular mehnatdan kelib chiqadigan natijani, ya’ni mehnatning

ijtimoiy mohiyatini, kim uchun, nima uchun mehnat qilish lo-

zimligini tushunadi. Ular kattalarning oiladagi uy-ro‘zg‘or ish-

lariga zo‘r ishtiyoq bilan yordamlashadilar, kichkintoylar uchun

qog‘ozdan, kartondan, faner va plastilindan turli o‘yinchoqlar

yasaydilar. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan mehnat

faoliyati bolalarning har tomonlama jismoniy, psixik, estet ik,

axloqiy tomondan rivojlanishiga juda katta ta’sir qiladi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin