nasliy xususiyatlar inson shaxsining tarkib topishiga yordamchi
manba sifatida ta’sir etadi. Ular imkoniyatlar tarzida beriladi.
Bu layoqatlar qulay sharoitdagina ro‘yobga chiqishi mumkin.
Bunday nasliy imkoniyatlarning amalga oshishi, ya’ni ro‘yobga
chiqishi uchun albatta ma’lum sharoit kerak. Agar tegishli qulay
sharoit bo‘lmasa, imkoniyat tarzidagi nasliy xususiyatlar
sekin-asta so‘nib, oqibat natijada yo‘q bo‘lib ketadi.
Shaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning
obyektivligiga bog‘liq tarzda o‘z-o‘zi bilan muloqotga
kirishib, jadvaldagiga muvofiq shaxs o‘zini nazorat qila oladi.
Shuning uchun ham hayotda shunday kishilar uchraydiki, katta
majlisda ishi tanqidga uchrasa ham, o‘ziga xolis baho berib,
kerakli to‘g‘ri xulosalar chiqara oladi, shunday odamlar ham
borki, arzimagan xatolik uchun o‘z «ich-etini yeb tashlaydi».
Bu o‘sha ichki dialogning har kimda har xil ekanligidan darak beruvchi faktlardir.
Shaxsning shakllanishi va uning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar
Shaxs kishining hayot kechirishi sharoitlarida, faoliyati,
mehnat qilishi, o‘qish jarayonida shakllanadi. Shaxsning shakllanishi
jarayonlarida guruh va jamoalarda amalga oshiriladigan
ta’lim-tarbiya yetakchi o‘rin egallaydi. Shaxsning shakllanishi
ikki xil ma’noda qo‘llaniladi:
1. Shaxsning shakllanishi uning rivojlanishi, ana shu rivojlanish
jarayoni va uning natijasi ekanligi. Bu ma’no shaxs shakllanishiga
psixologik yondashuv hisoblanadi. Uning vazifasi
biror maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ta’sirlar o‘tkazish sharoitida
rivojlanayotgan shaxsda nimalar mavjudligini (mavjud
bo‘lgan, tajriba yo‘li bilan aniqlanadigan, namoyon bo‘ladigan)
va nimalar bo‘lishi mumkinligini aniqlashdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |