Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar


- Mavzu: Idrok. Bolalarda idrokning rivojlanishi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə62/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

22- Mavzu: Idrok. Bolalarda idrokning rivojlanishi

Reja:

  1. Idrok haqida tushuncha

  2. Bolalarda idrokning rivojlanishi

  3. Xulosa

Idrok to‘g‘risida umumiy tushuncha. Narsalarning alohida-

alohida sifatlari (rangi, tovushi, qattiqligi va hokazo) sezgilar tu-

fayli miya yarimsharlarida aks ettiriladi. Ammo odamni qurshab

olgan voqelikdagi har bir narsa yoki hodisada turlicha sifatlar

va xususiyatlarning yaxlit kompleksi mujassamlashgan bo‘ladi.

Analizatorlar orqali hosil bo‘ladigan sezgilar narsa va hodisalar-

ni to‘g‘riroq aks ettirish uchun miya po‘stlog‘ida bir-biri bilan

birikadi va odamda narsa va hodisaning yaxlit obrazi yaratiladi.

Ayni chog‘da sezgi organlariga ta’sir etib turgan narsa va

hodis alarni ongimizda yaxlit aks ettirilishidan iborat bo‘lgan

psixik jarayon idrok deb ataladi. Sezgilarga qaraganda idrok

voqelikni aks ettirishning ancha yuksak formasidir.

Katta yarimsharlar po‘stlog‘ida vujudga keluvchi murakkab

shartli refleks bog‘lanishlari idrokning fiziologik asosi hisobla-

nadi. Tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’siri natijasida vujudga keluvchi

qo‘zg‘alishlar katta yarimsharlar po‘stlog‘ida sintez qilinadi

(birlashtiriladi). Idrok qilishda bir necha analizatorlarning ishi

bilan organizmning qator qo‘zg‘atuvchilar kompleksi ta’siriga

javoban reaksiyasi bir-biri bilan uyg‘unlashadi. Masalan, biz

atirgulni idrok qilar ekanmiz bir vaqtning o‘zida biz uning

chiroyli shaklini ham, ajoyib rangini ham ko‘ramiz. Gul ning

xushbo‘y atrini hidlab bilamiz, gulbarglarining mayinligini

tuyib sezamiz va hokazo. Alohida-alohida bu belgilarning bar-

chasi miya po‘stlog‘ida yaxlit kompleks bo‘lib birikadi. Bundan

tashqari, biz bu narsaning atirgul ekanligini taniymiz, ya’ni bu

yerda xotira jarayonlari ham ishtirok etadi. Gul hidi bizga hu-

zur bag‘ishlaydi, bizda yoqimli his uyg‘otadi. Nihoyat idrok ja-

rayoni tarkibiga tafakkur ham kiradi: mazkur gul atirgulning

qanday navi ekanligi haqida o‘ylaymiz, dastlabki sodda xu-

losani chiqaramiz. Idrokda qaysi analizator ustunlik qilishi-

ga qarab ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m-maza, teri-tuyish va

kinestetik idrok turlariga ajratiladi.

Idrokning ba’zi bir xususiyatlari. Idrok odamning faoliyati bi-

lan chambarchas bog‘liq jarayondir. Agar biz biron rasmga mah-

liyo bo‘lib uning qarshisida qimirlamay tursak ham, baribir biror aqliy ishni amalga oshiramiz, aks holda hech narsani anglay olmagan bo‘lamiz. Odatda bizning ongli idrok qilishimiz, bilib olishimiz lozim bo‘lgan qandaydir konkret masalani yechish-

dan iboratdir. Uni maxsus perseptiv faoliyat ( lotincha perseptio – idrok) deb atash mumkin. Deyarli har qanday obyekt shu obyektni qurshab olgan fon bilan birgalikda idrok qilinadi. Dars boshida o‘qituvchi butun sinfga, partada o‘tirgan ko‘plab bolalarga nazar tashlab turibdi, deb faraz qilaylik. Ammo shunday

bir lahza yuz beradiki, o‘qituvchining nigohi ana shu o‘nlab

o‘quvchilar orasidan bittasini ajratib olib, kuzatib boradi. Qolgan

butun sinf fon vazifasini o‘taydi. Ba’zan obyekt bilan fon o‘zaro

o‘rin almashib turishi mumkin (vaza, o‘rdakcha, ayol va hoka-

zo). Bunday rasmlar ikkilanuvchi tasvirlar deb ataladi.

Analizatorlarimizga keluvchi ko‘pdan ko‘p qo‘zg‘alishlar

orasidan qaysi biriga diqqatimizni qaratsak, faqat shunisinigina

biz ayni chog‘da idrok qilamiz. Bu hol idrokning tanlab (ajratib)

oluvchanlik xossasi deb ataladi. Idrokning yaxl itligi va onglili-

gi o‘tmish tajribamizning natijasi hisoblanadi. Agar derazadan

olis dagi simyog‘ochlarga qarasak, ular ko‘z to‘r pardasida juda

kich rayib aks etadi, oldimizda yotgan qalamdan ham kichikdek.

Lekin biz ikkalasini ikki xil idrok qilamiz. Bu idrokimiz ning

konstantligidan, ya’ni doimiyligidan dalolat beradi. Bolalarda

turmush tajribasi oz bo‘lganligi sababli idrok ning konstantlik

xususiyati amaliy faoliyatlari jarayonida yuzaga keladi.

Idrok darajalari. Idrokning o‘tmish tajribaga bog‘liqligi

appersepsiya (lotincha ap – taalluqli, perceptio – idrok de-

makdir) deb ataladi. Turli kasb kishilari bitta narsaning o‘zini

turlicha idrok qiladilar. Gulni ko‘zdan kechirayotgan rassom

guldagi ranglar ning uyg‘unligiga e’tibor bersa, botanik qaysi

sinfga mansubligi nuqtayi nazaridan qaraydi, agronom yem-

xashak turi sifatida qaraydi va hokazo. Bizning ongli idrok eti-

shimiz persepsiya de yiladi. Narsalarni noto‘g‘ri, buzib idrok

qilish illuziya deb ataladi. Bu singari rasmlarni ko‘zdan ke-

chirishda xatoga yo‘l qo‘yadilar, chunki bu illuziyalar sezgi-

larimiz va idrokimizning xususiyatlariga bog‘liqdir. Ayrim il-

luziyalarning nomlarini aytib o‘tamiz:

1) ochiq (yorqin) va bo‘g‘iq rang illuziyasi;

2) kontrastlik illuziyasi;

3) butun xususiyatlarning bo‘laklarga ko‘chishi illuziyasi;

4) narsalar tepa qismining kattalashib ko‘rinishi illuziyasi;

5) chiziqlar yo‘nalishining o‘zgarishi illuziyasi;

6) perspektiva illuziyasi.

Idrokning shakllari

Tevarak-atrofimizni qurshab olgan moddiy olamdagi bar-

cha narsalar fazoda joylashgan bo‘lib, muayyan o‘rin egallaydi,

ular dan har birining o‘z katta-kichikligi, hajmi va shakli bor.

Ular bizga va boshqa narsalarga nisbatan ma’lum masofa-

da turadi. Narsalarning ana shunday fazoviy holatlarini ko‘z

o‘ngimizda aks ettirishimiz fazoni idrok qilish deb ataladi.

Bundan tashqari moddiy olamdagi narsalar doimo harakatda

va o‘zgarishdadir. Bu harakat va o‘zgarishlar ma’lum bir vaqt

ichida yuz beradi. Narsal ar harakati va o‘zgarishidagi oldin-

ma-ketinlik, tezlik va davo miylikning odam ongida aks ettiri-

lishi vaqtni idrok qilish deb ataladi. Obyektlarning fazoda egal-

lagan holati o‘zgarishining aks ettirilishi harakatni idrok etish

deyiladi. Olam materiyadan iborat, materiya hamisha fazo va vaqt

ichi da mavjuddir yoki faylasuflar ta’biri bilan aytganda yashash

formalaridir. Bir qancha sezgi organlari va miya katta yarim-

sharlari po‘stlog‘ining birgalikda ish bajarishi fazo va vaqtni

idrok qilishning fiziologik asosi hisoblanadi. Biz narsalar ning

fazoviy xususiyatlarini avvalo ko‘rib idrok qilamiz. Ammo bu

xususiyatlarni idrok qilishda yolg‘iz ko‘rishning o‘zi kifoya qil-

maydi. Ko‘zimizning to‘r pardasida shar tekis doira sifatida,

kub esa kvadrat shaklida aks etadi, bu yo‘sinda aks ettirish

orqali mazkur buyumning hajmini idrok etib bo‘lmaydi. Turli-

cha masofadagi narsalarni idrok qilishda ham shunga o‘xshash

hodisa ro‘y beradi. Ularning ko‘z pardasiga tushuvchi aksi kat-

ta-kichikligi jihatidan teng bo‘lishi mumkun. Bu esa ular ning

katta-kichikligi hamda ulargacha masofa haqida aniq tasav-

vur bera olmaydi. Ko‘rish va muskul-harakat sezgilarining

birga qo‘shilishi tufayli biz narsalarning fazoviy holatlari ha-

qida to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lamiz. Masalan, harakat qi-

lish sohasida yetarli darajada tajriba orttirmagan go‘dakning

to‘g‘ri tasavvur eta olmasligining boisi ham shundadir. Go‘dak

o‘zidan ancha olisdagi narsaga qo‘l cho‘zib, uni ushlashga ha-

rakat qiladi. Tug‘ma ko‘rlar operatsiyadan keyin ko‘ra oladigan

bo‘lgach, ular dastlabki paytda ko‘rish idroki yordamida shar

bilan doirani bir-biridan farq qila olmaydilar. Narsalarni qo‘l

bilan paypaslab ko‘rgandan keyingina uning fazoviy xususiyat-

larini to‘g‘ri aytib bera oladilar. Odamning binokulyar ko‘rishi narsalarning hajmini idrok qilishda katta ahamiyatga ega. Binokulyar ko‘rish (lotincha bi-

ni – ikkitadan, okulus – ko‘z, ya’ni ikki ko‘z bilan ko‘rish)

da ko‘z to‘r pardasida biz ko‘rayotgan narsaning ikki xil tasvi-

ri hosil bo‘ladi: o‘ng ko‘zda narsaning ko‘proq o‘ng tomoni aks

etsa, chap ko‘zda chap tomoni aks etadi. Bu tasvirlar ongimiz-

da yaxlit bir holat tasviriga keltiriladi, shu tufayli ham biz nar-

saning hajmli ekanini bilamiz. Ko‘rishimizning binokulyarligi

masofani idrok qili shimizda ham yordam beradi. Narsalarning

uzoq-yaqinligini idrok qilishda ikki ko‘zdagi ko‘rish o‘qlarining

yo‘nalishi tufayli sodir bo‘luvchi sezgilar katta ahamiyatga ega,

ikki ko‘z o‘qining bir narsaga tomon yo‘naltirilishi konvergen-

siya (lot. konvergare – yaqinlashish, tutashish) deb ataladi.

Ko‘zning bu harakatlari ixtiyorsiz rav ishda yuz beradi. Nar-

saning bizdan qanchalik olis yoki yaqinligini bildiradi.

Vaqtni idrok qilish bizga voqelikdagi hodisalarning davomiy-

ligi, tezligi va ketma-ketligi haqida tasavvur beradi. Tabiatda-

gi davr iy harakatlar va bir me’yorda yuz beruvchi o‘zgarishlar,

yer ning aylanishi, kunduz va kechaning almashinishi, yil fa-

sllari, vaqtni (oy, yil, sutka) aniq o‘lchash imkonini beradi.

Vaqtning qisqacha bo‘laklarini (soat, daqiqa, soniya) aniqlash-

da biz asbobl ardan (soatdan) foydalanamiz, soatning millari

ma’lum vaqt birligida bir xil yo‘lni bosib o‘tadi. Bu yo‘sinda

vaqtni o‘lchash vaqtni bilishning obyektiv usulidir, bu tarzda

vaqtni o‘lchash bizdan tashqarida, ya’ni obyektiv ravishda sodir

bo‘luvchi jarayonlar yordamida amalga oshadi. Biroq vaqtni

baholash subyektiv xarakterda ham bo‘ladi, ya’ni ma’lum ba-

holanadigan vaqt oralig‘i davomida yuzaga keladigan tasavvur

hamda kechinmalar bizning vaqt haqidagi fikrimizni belgilay-

di. Agar ana shu vaqt oralig‘i davomida odamda tasavvur ham-

da kechinmalar paydo bo‘lsa, vaqt sekin o‘tayotgandek tuyila-

di. Agar aksincha, biz ko‘proq taassurotlar olsak, masalan sayr

yoki ekskursiya qilsak, nazarimizda vaqt juda tez o‘tib ketgan-

dek bo‘ladi.
Nazorat savollari:

1. Idrok deb nimaga aytiladi?

2. Idrokning qanday xususiyatlari bor?

3. Idrok darajalarini farqlab bering.

4. Idrok qilishda illuziya hodisasi nima?

4. Fazo va vaqtni idrok qilish deganda nimani tushundingiz?

5. Kuzatuvchanlik nima? Kuzatishda qanday qoidalarga

rioya qilish kerak?

6. Nutqni idrok qilish haqida so‘zlab bеring.
Uyga vazifa : Idrok haqida tushuncha yozish.

23-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bola xotirasining xususiyatlari

Reja:

1. Maktabgacha yoshdagi bola xotirasi



2. Maktabgacha yoshdagi bola xotirasining xususiyatlari

3.Xulosa


Xotira.

Xotira to‘g‘risida tushuncha va uning fiziologik asoslari

Xotira – bu tajribamizga aloqador har qanday ma’lumotni

eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bilan

bog‘liq murakkab jarayondir. Xotira har qanday tajribamizga

aloqador ma’lumotlarning ongimizdagi aksidir.

Tevarak-atrofdagi biz idrok qilgan narsa va hodisal ar

ongimizda izsiz yo‘qolib ketmaydi, balki miya po‘stlog‘ida

obrazlar tarzi da saqlanib qoladi. Keyinchalik narsa va hodisa-

larning o‘zi ko‘z oldimizd a bo‘lmagan paytda ham biz bu

obrazl arni ongimizda qayta tikl ay olamiz.

Odatda biz biror-bir ma’lumotni o‘qiydigan bo‘lsak, uni hech

bir o‘zgarishsiz eslab qolishga harakat qilamiz. Lekin ajabla-

narlisi shundaki, borgan sari ma’lumot ma’lum o‘zgarishlarga

yuz tutib, xotirada dastlabki paytdagisidan boshqacharoq

bo‘lib saqlanadi. Ba’zi bir ma’lumotlar xohlasak ham xotiradan

o‘chmaydi, boshqasini esa juda qattiq xohlasak ham kerak payt-

da yodimizga tushira olmaymiz. Ma’lum bo‘lishicha inson mi-

yasi har qanday ma’lumotni saqlab qoladi. Agar shu ma’lumot

biror sabab bilan odamga kerak bo‘lmasa yoki o‘zgarmasa, u

ongdan tabiiy tarzda yo‘qoladi, lekin har doim ham bizning

professional faoliyatimiz manfaatlariga mos ma’lumotlarni es-

da saqlash juda zarur va shuning uchun ham ko‘pchilik ataylab

xotira tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Inson xotirasining yaxshi

bo‘lishi, ya’ni his-kechinmalarimiz, ko‘rgan-kechirganlari-

mizning mazmuni to‘laroq miyamizda saqlanishi quyidagi

omillarga bog‘liq

– esda saqlab qolish bilan bog‘liq harakatlarning yakunlan-

ganlik darajasiga;

– shaxsning o‘zi shug‘ullanayotgan ishga nechog‘liq qiziqish

bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga;

– shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga mu-

nosabatining qandayligiga;

– shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga;

– irodaviy kuchi va intilishlariga.

O‘tmish tajribalarimizda nimaiki hodisa yuz bergan bo‘lsa,

shuni esda olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushi-

rish yoki unutish xotira deb ataladi.

Tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchilar ta’sir ko‘rsatishi tufay-

li miya ga keluvchi qo‘zg‘alishlar miyada «izlar» qoldiradi, bu

izlar-uzoq yillar (ba’zan butun hayot) davomida saqlanib qola-

di. Yarimsharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alishlar uchun go‘yo yo‘l

ochiladi, buning natijasida nerv bog‘lanishlari keyinchalik oson

va tez vujudga keladi. Agar qo‘zg‘alishlar takrorlanib tursa nerv

bog‘lanishlari saqlanadi va jonlanadi, aksincha qo‘zg‘alishlar

takrorlanmasa nerv bog‘l anishlari so‘nadi. Nerv bog‘lanishlari

so‘nsa ilgari esda qoldiril gan ma’lumotlar unutiladi. Vaqtincha

nerv bog‘lanishlarining vujudg a kelishi va saqlanishi xotira-

ning fiziologik asosini tashkil etadi.

Xotiraning mohiyati narsa va hodisalar o‘rtasida aloqa

o‘rnatishd an iborat ekanligini qadim zamonlardayoq greklar

tushu nib yetgan edilar. Bunday aloqalar assotsiatsiyalar deb atab

kelinadi. Assot siat siyalar uch xil bo‘ladi:

Izdoshlik – (yoki ketma-ketlik) assotsiatsiyasi, masalan:

biror hodisa esga keltirilgan paytda, shu davrda yuz bergan

boshqa faktl ar ham xotirada gavdalanadi.

Kontrastlik – shovqin-suronli shaharga kelib qolsam tinch

qishloq hayotini eslayman.

O‘xshashlik – tanishimni portretini ko‘rsam uni o‘zini ham

eslayman.

Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarining

ongimizda qayta gavdalanishiga tasavvur deb ataladi. Tasav-

vurlar tufayli ayni paytda ko‘z o‘ngimizda bo‘lmagan lekin il-

gari idrok qilgan narsalarni aks ettira olamiz.

Tasavvurlar va uning turlari

Esda olib qolish va qayta esga tushirish tasavvur obrazlari asosi-

da amalga oshiriladi. Odatda mazmun jihatidan ikki xil tasav-

vur, ya’ni xotira tasavvuri va xayoliy tasavvur farqlanadi. Xotira

tasavvuri ilgari idrok qilingan, ya’ni ilgari o‘z shaxsiy tajribamiz-

da bo‘lib o‘tgan, lekin hozir ko‘z o‘ngimizda bo‘lmagan narsalar-

ning obrazlarini ongimizda gavdalantirishdan iboratdir. Masalan,

bi rinchi marta maktabga borganimizdagi taassurotlarni ongimiz-

da qayta tiklashimiz xotira tasavvuri bo‘ladi. Xayoliy tasav-

vur xotira tasavvuriga qaraganda murakkab bo‘lib, ongimizda-

gi bilimlar imiz, tajribamiz asosida ilgari idrok qilinmagan, shu

paytgacha turmush tajribamizda uchratmagan narsalarning obra-

zlarini yaratishdan iboratdir. Xayoliy tasavvur ijod qilish jarayo-

ni bilan bog‘liq bo‘lgan tasavvurdir. Masalan: matndagi obraz-

larning tasvirlanishiga qarab, ular obrazlarining ko‘z oldimizda

paydo bo‘lishi xayoliy tasavvurga misol bo‘la oladi.

Tasavvurlar narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish orqa-

li hosil bo‘lishidan tashqari so‘zlar orqali, ya’ni so‘z bilan bi-

ron narsani tasvirlab berish orqali ham hosil bo‘lishi mumkin.

Tasavvur obrazlarining to‘la va ravshan bo‘lishi birinchi navbat-

da idrokning chuqur va to‘laligiga bog‘liqdir. Unchalik e’tibor

bermay pala-partish idrok qilgan narsalardan hosil bo‘lgan

obrazlar juda xira bo‘ladi. Binobarin, bunday obrazlar tasav-

vurda qayta tiklanganda undan ham xira va noaniq bo‘ladi.

Bundan tashqari tasavvur obrazlarining sifati odamning ay-

ni chog‘dagi ahvoliga, his-tuyg‘ulari va diqqatiga bog‘liq bo‘ladi.

Chunonchi, tobi qochib kayfiyati buzilib (ko‘ngli biron narsaga

g‘ash bo‘lib), diqqati chalg‘ib turgan paytida odam idrok qilgan

narsalarini yaxshi va osonlik bilan tasavvur eta olmaydi. Idrok

qilish jarayonida qaysi sezgi a’zosining ustunlik qilishiga qarab

tasavvurlar quyidagi turlarga bo‘linadi: ko‘rish tasavvuri, eshi-

tish, hid bilish tasavvurlari, ta’m bilish tasavvuri, harakat tasav-

vuri va shu kabilar. Odamlarning kasbiga qarab tasavvurlar ning

ayrimlari nisbatan kuchli rivojlanadi. Masalan: rassomlarda

ko‘rish tasavvuri, kompozitor va sozandalarda eshitish tasavvuri,

raqqo salarda harakat tasavvuri nisbatan ustun turadi. Tasavvur-

lar yakka va umumiy tasavvurlarga bo‘linadi. Yakka tasavvur

136


deb birorta yakka narsa yoki hodisaning obrazini tasavvur qi-

lishga aytiladi. Masalan: tanish bo‘lgan odamlar (o‘rtog‘i, sinf-

doshi haqidagi) va shaxsiy narsalari haqidagi (avtoruchkasi, port-

feli kabi) tasavvurlar. Umumiy tasavvur deb bir jins, bir tur, bir

guruhni tashkil qilgan narsalarning obrazlarini tasavvur etish-

ga aytiladi. Masalan: umuman odamni, umuman daraxtni yo-

ki umuman o‘simlikni tasavvur qilish. Odamda dastavval yakka

tasavvurlar undan keyin esa umumiy tasavvurlar yuzaga keladi.

Chunki umumiy tasavvurlar bir qancha bir-biriga o‘xshash nar-

sani qayta-qayta idrok qil ish natijasida hosil bo‘ladi.

Xotira turlari. O‘zlashtirish va esga tushirish xususiyatlari-

ga ko‘ra xotira bir necha turlarga ajratiladi. Masalan: muzeyga

uyusht irilgan sayohatni eslar ekanmiz, o‘zimiz ko‘rgan narsa-

larning obrazini va o‘zimiz guvohi bo‘lgan hodisalarni fikran

ko‘z oldimizda gavdalantiramiz. Bu obraz xotirasidir. Bunda

birinchi signal sistemasi katta o‘rin egallaydi. Ekskursiya rah-

barining tushuntirishlarini, ular bilan o‘tkazilgan suhbatlarni,

eks kursiyaga birga borilgan o‘rtoqlar bilan o‘zaro fikr almashuv-

larni eslash chog‘ida biz ma’no xotirasidan yoki so‘z-mantiq

xotirasidan foydalanamiz. Bu xotira ikkala signal sistemasi ning

o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatishiga taya nadi, bunda ik kinchi

signal sistemasi dominantlik (ustunlik, yetakc hilik) rolini

o‘ynaydi. Agar biz o‘z do‘stimizning boshi ga tushgan baxtsiz-

likni eslasak, bunda biz yana yangidan g‘amginlik yoki hatto

musibat hissini kechiramiz, bu esa emotsional xotiraning yoki

his-tuyg‘ular bilan aloqador xotiraning ko‘rinishidir. Harakat-

lar bilan aloqador motor yoki harakat xotirasi (sportchi, raqqo-

sa, suzuvchi va h.k.) deyiladi.

Xotira jarayonlari

Xotira quyidagi jarayonlardan iboratdir:

a) esda olib qolish;

b) o‘zlashtirilgan ma’lumotni esda saqlash;

d) esga tushirish va tanish;

e) unutish.

Esda olib qolish va uning turlari. Xotira jarayonlari esda olib

qolishdan, ya’ni narsa va hodisalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish dan

137

iboratdir. Esda olib qolish bosh miya po‘stlog‘ida yuzaga keladi-



gan turli murakkablikdagi assotsiatsiyalarga bog‘liqdir. Xotiramiz-

da nimaiki saqlanayotgan bo‘lsa, shularning ko‘pchiligini biz ixti-

yorsiz ravishda esda olib qolganmiz. Masalan: ko‘chada ketayot gan

paytimizda oldimizga aniq maqsad qo‘ymagan bo‘lsak ham juda

ko‘p narsalar ixtiyorsiz tarzda esda saqlanib qoladi. Ko‘pincha

beixtiyor idrok qilingan narsa va hodisalar esda saqlanib qoladi.

Lekin esda saqlanib qoladigan ma’lumotga hissiyot ta’sir qilishi

mumkin. Masalan: bizda bironta hissiyot tug‘diradigan ma’lumot

hissiyotimizga hech bir ta’sir qilmaydigan ma’lumotga qaragan-

da esimizda ham tezroq, ham mustahkamroq o‘rnashib qoladi.

Ammo odamning hayoti va faoliyati undan ixtiyoriy esda

olib qolishni talab etadi. Maktabda fan asoslarini o‘rganish, bi-

ron-bir kasb bo‘yicha ishga tayyorgarlik ko‘rish odatda ixti-

yoriy esda qoldirishni talab etadi. Muayyan bilimlarni egal-

lash uchun sistematik va ixtiyoriy ravishda esda qoldirish uqib

olish deb ataladi. Uqib olish maktab o‘quvchilari o‘quv ishining

muhim qismi hisoblanadi. Ixtiyoriy esda olib qolish deb ko‘zda tu-

tilgan maqsadga muvofiq tanlangan ma’lumotlarni ongli ra vishda

kuch sarf qilib esda olib qolishga aytiladi. Ixtiyoriy esda olib qo-

lish anglab, bilib esda olib qolishdir. Masalan: esda olib qolishga

jazm qilish, maqsadga erishish uchun intilish, kerak ma’lumotni

tanlash, motivatsiya (nima maqsad bilan esda qoldirish kerakli-

gini bilish) – bularning hammasi tafakkur faoliyati bilan bog‘liq

bo‘ladi. Ixtiyoriy esda qoldirishda iroda ning ham ahamiyati kat-

ta. Masalan: ba’zi paytlarda esda olib qolish ning qiyinchiliklariga

duch kelar ekanmiz, bunda albatta iroda ishtirok etadi. Ixtiyoriy

esda olib qolishning nerv-fiziologik asos ida birinchi va ikkinchi

signallar sistema doirasida yuzaga keladigan shartli ref lekslar, mu-

vaqqat aloqalar yotadi. Odatda qiziqish yengillik bilan esda qoldi-

rishning eng birinchi shartlaridandir. Bizda qiziqish tug‘dirgan

narsa tezroq va mustahkamroq esda qoladi. Esda qoldiriladigan

ma’lumotga bo‘lgan qiziqish diqqatimizni o‘ziga jalb etadi, his-

tuyg‘ularimizga ta’sir qilib zavql antiradi. Bu esa o‘z navbatida es-

da olib qolishni kuchaytiradi. Ayrim kishilar xotirasining zaifli-

gi analiz qilinganda esda yaxshi saqlab qololmasliklarining sababi

ular diqqatining bo‘shligida, tarqoqligida, ya’ni miya po‘stidagi

tegishli qo‘zg‘alish manbalar ining zaifligida ekanligi aniqlangan.

Ma’lumotni idrok qilishda sezgi organlari qanchalik ko‘p ishtirok

etsa, ma’lumot shunchalik tez va puxta esda qoladi. Ma’lumotni idrok qilishda sеzgi organlari qanchalik ko‘p ishtirok etsa, ma’lumot shunchalik tеz va puxta esda qoladi. Bu

haqda mashhur rus pеdagoglaridan K.D. Ushinskiyning quyi-

dagi gaplari juda ham o‘rinlidir. «Bolaning esida biror narsa-

ning mahkam o‘rnashib qolishini xohlovchi pеdagog, bola

sеzgi organlarining mumkin qadar ko‘prog‘ini – ko‘zi, qulog‘i,

tovush organi, muskul sеzgisi va hatto, iloji bo‘lsa, hidlash va

ta’m bil ish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashti-

rishga harakat qilishi kеrak», K.D. Ushinskiyning bu fikri al-

laqachon amalda isbot qilingan. Ma’lumotni takrorlash ham albatta ixtiyoriy esda olib qo-

lishga ijobiy ta’sir qiladi. O‘tkazilgan tekshirishlardan ma’lum

bo‘lishicha, asosan uch xil yo‘l bilan takrorlash mavjud:

– surunkasiga takrorlash;

– qismlarga bo‘lib takrorlash;

– bir yo‘la, surunkasiga, undan so‘ng yana qismlarga bo‘lib

takrorlash.

Bu psixologiyada kombinatsiya usuli deb yuritiladi. Esda

olib qolinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni taqsimlash-

da kishining tafakkuri va diqqati faol qatnashadi. Binobarin,

ma’lumotlarni taqsimlash va rejalashtirish jarayonining o‘ziyoq

esda olib qol ishning sifatiga ijobiy ta’sir qiladi.

Ma’nosiga tushunib, ya’ni mantiqiy (logik) tarzda esda olib

qolish samarali va qulay usuldir. Ma’nosiga to‘la tushunib es-

da olib qolingan ma’lumot odamning xotirasida mustahkam joy-

lashib qoladi. Chunki, ma’nosiga tushunib esda olib qolinadi-

gan narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilari, ular

o‘rtasidagi sababiy hamda natija bog‘lanishlarni anglash demak-

dir. Shuning uchun, ma’nosiga to‘la tushunib esda olib qolin-

gan ma’lumot odamning ongida bor bilimlariga qo‘shilib keta-

di. Og‘zaki ma’lumotlarni ma’nosiga tushunib esda olib qolish

ayniqsa muhimdir. Ma’nosiga tushunib esda olib qolishning sa-

marali bo‘lishiga sabab shundaki, ma’nosiga tushunib esda olib

qol ish jarayonida odamning ixtiyoriy diqqati, tafakkuri va iroda-

139

si faol ishtirok qiladi. Faqat takrorlash bilan esda olib qolish me-



xanik esda olib qolish deb ataladi, bunda ko‘pgina hollarda odam

o‘zlashtirilishi lozim ma’lumotni tushunmagan holda takrorlay-

veradi. Bu yo‘sindagi takrorlash oqibatida o‘quvchi qiyin, noaniq

ma’lumotni quruq yodlab oladi, xolos. Quruq yodlash yo‘li bi-

lan esda qoldirishda odatda odam ko‘p qiynalishiga to‘g‘ri keladi,

kishidan ko‘p vaqt sarflash talab etiladi, o‘zlashtirilgan materi-

al tez unutiladi. Bolalarda turmush tajribalarining ozligi va nerv

sistemalarining nihoyat darajada pastligi, ya’ni juda plastikligi

tufayli ular so‘zlar bilan bog‘liq har turli ma’lumotlarni mexanik

tarzda esda olib qolishga intiladilar. Ayrim paytlarda mexanik es-

da qoldirish usulidan ham foydalanishga to‘g‘ri keladi. Chunon-

chi, bir necha marta takrorlash yo‘li bilan biz telefon nomerini

yoki tanishimizning manzilini, shuningdek chet tili so‘zlarini,

qiyin terminlarni va shu kabilarni esda olib qolamiz. Lekin bun-

da ham odam esda olib qolmochi bo‘lgan narsani ilgaridan o‘ziga

tanish narsa bilan bog‘lamog‘i, oqilona o‘zlashtirmog‘i lozimdir,

zotan ma’nosiga tushunib esda olib qolish mexanik esda olib qo-

lishga qaraganda ancha puxtaroq bo‘ladi.

Esda saqlab turish. Biz nimani esda olib qolgan bo‘lsak,

shundan nisbatan ozroq qismigina xotirada uzoq vaqt da-

vomida, ba’zan bir umrga saqlanib qoladi. O‘zlashtirilgan

ma’lumotlar mustahkamlanmasligi tufayli asta-sekin unu-

tilib boradi. Shu sababdan o‘zlashtirilgan materialni xotirada

saqlash uchun uni takrorlab turish kerak.

Esga tushirish va uning turlari. Esga tushirish odatda tanish-

dan boshlanadi. Tanish bu ilgari idrok qilingan narsa va hodisa-

larni qayta idrok qilishda esga tushishidir. Tanish – yarim-yor-

ti va to‘liq tanish bo‘lishi mumkin. Yarim-yorti tanishda ilgari

idrok qilgan narsamiz g‘ira-shira esimizga tushadi. To‘liq ta-

nishda esa idrok qilingan narsaga oid ilgari hosil bo‘lgan tasav-

vur va fikrlar ongimizda tiklanadi. Bunday holda biz bu narsani

qayerda va qachon ko‘rganimizni ham eslay olamiz. Chunon-

chi, bayram kuni qayerda nima qilganimizni, kim bilan gap-

lashib kulganlarimizni juda yaxshi eslay olamiz. Esga tushirish,

ya’ni eslash narsaning o‘zini shu paytda idrok qilmay turib es-

ga olishdir. Esga tushirish jarayoni tanish jarayoni bilan uzviy bog‘liqdir. Esga tushirish ham ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz esga tushirish deganda biz o‘z oldimizga ma’lum bir maqsad qo‘ymasdan va irodaviy kuch sarf qilmas-

dan esga tushi rishni tushunamiz. Bunday esga tushirish jarayoni

yuqorida ko‘rib o‘tilgan assotsiatsiyalar ishtirokida sodir bo‘ladi.

Ixtiyoriy esga tushirish deganda biz biron maqsad bilan esga

olish kerak bo‘lgan ma’lumotlarni tanlab, harakat qilib, maxsus

ravishda esga tushirishni tushunamiz. Ixtiyoriy esga tushirish

bilib, anglab esga tushirishdir. Ixtiyoriy esga tushurishda eslab

topish usullari dan foydalanamiz. Masalan: telefon raqamini es-

lash, birovning ismini eslash va hokazo. Odatda biz ixtiyoriy es-

ga tushirish jarayonlaridan juda keng foydalanamiz.

Unutish ham xotira jarayonlaridan biridir. Unutish batamom

va qisman unutish kabi ikki turga bo‘linadi. Unutishning bir

qancha sabablari mavjud. Birinchidan, unutish esda olib qolin-

gan ma’lumotlarning amalda tatbiq qilinishi yoki qilinmasligiga

bog‘liqdir. Ikkinchidan, unutish esda olib qolingan ma’lumotga

nisbatan qiziqishning naqadar barqarorligiga bog‘liqdir. Masa-

lan: bizni nihoyatda qiziqtirgan biron kitobning mazmuni, bi-

ron kinoning mazmuni yoki juda yoqqan biron kuyning ohangi

hech qachon esdan chiqmaydi. Nihoyat uchinchidan, unutish

ma’lum darajada nerv sistemasining ahvoliga ham bog‘liqdir.

Xotira sifatlari va xotiradagi individual farqlar

Xotira sifatlari xotirani qo‘llash, ya’ni muayyan vaqt ichi-

da odam esda qoldiradigan narsalar yoki faktlar miqdori-

ga, esga tushirishning aniqligiga, esda olib qolish tezligiga,

o‘zlashtirilgan ma’lumotning qanchalik uzoq esda saqlani-

shi, xotiraning tay yorligi, ya’ni talab etilgan narsani tezda es-

ga tushira olish qobiliyati nazarda tutiladi. Xotiraning ana

shu ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlari kimdaki yetarli rivojlangan

bo‘lsa, shu odamning xotirasi yaxshi xotira hisoblanadi. Xoti-

ra xususiyatlari shaxsiy fazilat sifatida odam qobiliyatlarin-

ing rivojlanishiga, faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Narsalarni oson

esda olib qoluvchi kishiga qaraganda, xotirasi u qadar yax-

shi rivojlanmagan odamning vaqti ham, kuchi ham ko‘p sarf

bo‘ladi. Ko‘pgina kasb-hunarlar uchun yaxshi xotira kerak.

Xotiradagi individual farqlar:

– materiallarni tez va puxta esda qoldiruvchi, sekin unutuv-

chi kishilar;

– materialni tez, ammo bo‘sh o‘zlashtiruvchi, tez unutib

qo‘yuvchi kishilar;

– materialni sekin esda qoldiruvchi, ammo o‘zlashtirgan

materialni xotirasida uzoq vaqt esda saqlovchilar;

– mate rialni sust o‘zlashtiruvchi va tez unutuvchi kishilar.
Nazorat savollari:

1. Xotira nima? Odam hayotida xotiraning qanday ahami-

yati bor?

2. Xotiraning nerv-fiziologik asosini nima tashkil etadi?

3. Xotira va xayoliy tasavvurlarning farqi nimada?

4. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishning farqi nimada?

5. Xotira sifatiga ko‘ra odamlar qanday tiplarga ajratiladi?
Uyga vazifa:Bolalar faoliyatining asoslari haqida tushuncha yozish.

Mavzuga oid bo’lgan krassvord yaratish.

24- Mavzu: Tafakkur. Bolalarda tafakkurning rivojlanishi

Reja:


1.Tafakkur haqida tushuncha

2. Bolalarda tafakkurning rivojlanishi


Tafakkur haqida tushuncha

Tashqarida ob-havo qanday ekanligini bilish uchun men uy-

dan hovliga chiqishim va sovuq yoki issiqligini bevosita yu-

zim, qo‘llarim terisi, butun tanam bilan sezishim mumkin.

Bu tevarak-atrof olamni sezgilar hamda idrok orqali to‘g‘ridan

to‘g‘ri, bevosita bilish yo‘lidir. Ammo biz ob-havo masalasini

uydan tashqariga chiqmay turib ham yecha olamiz. Chunon-

chi, hovli, tomda osig‘liq turgan termometrga derazadan qarash

orqali biz tashqari ancha sovuq ekanligini, daraxt shoxl arining

tebranayotganligini ko‘rib, shamol esayotganligini bilamiz. Bu

xildagi bilishni be vosita bilish yo‘li deb ataladi, chunki bu yer-

da bilim to‘g‘ridan to‘g‘ri (bevosita) yo‘l bilan emas, balki vosi-

tali ravishda (bavosita), ayrim hodisalarni (termometr nayidagi

simobning balandligini, daraxt shoxlarining shamolda tebrani-

shini) kuzatish hamda bu hodisalar bilan ob-havo o‘rtasidagi

aloqani tushunish orqali hosil bo‘ladi.

Astronom olim planetaning o‘zini hali ko‘rmasdan turib,

uning qayerda bo‘lishi lozimligini matematik hisoblashlar

orqali aniqlab bergan. Haqiqatdan ham oradan bir necha yil-

lar o‘tgach olimlar juda kuchli teleskop yordamida bu plane-

tani ko‘rganlar. Pluton planetasining kashf etilishi tarixi xud-

di shunday bo‘lgan. Yana bir misolni ko‘raylik: qaynoq suvni shisha stakanga so-

lishim zarur bo‘lib qoldi, deb faraz qilaylik. Bunda stakan yo-

rilib ketmasligi uchun men avvaliga suvni stakanga asta-sekin

quya boshlayman. Qaynoq suv solingan paytda stakan yorilib

ketishini ilgari o‘zim ko‘p marta ko‘rganman va shu sabab-

dan ham hozir qilgan ishim nima bilan tugashini oldindan bi-

la olmayman. Bu sifatni (issiqqa chidamliligini) men hamisha

shisha stakanlarga xos deb umumlashtirdim. Ammo umum-

lashtirish uchun «qaynoql ik», «mayda bo‘laklarga parcha-

lanish» yoki «sovuqlik», «o‘z holatini saqlab qolish» kabi sifat-

larni avvalo ajratib olish, mavhumlashtirish zarur, bu xildagi

ishlarni amalga oshirmasdan turib umumlashtirib bo‘lmaydi.

Ana shu yo‘sinda mavhumlashtirish (abstraktlashdan) keyingi-

na biz predmetning ajratib olingan xususiyatlarini ma’lum gu-

ruhdagi buyumlarga tatbiq etamiz, ya’ni umumlashtiramiz.

Tafakkur – bu atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan

bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon ham-

da ijtimoiy-sababiy bog‘lanishlarni anglangan, yangilik ochishga

va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir.

Tafakkurning nerv-fiziologik asoslari. Katta yarimshar-

lar po‘stlog‘ida hosil bo‘luvchi muvaqqat nerv bog‘lanishlari

(shartli ref lekslar) tafakkurning fiziologik asosi hisoblanadi.

Bu shartli refl ekslar real voqelikni aks ettiruvchi ikkinchi sig-

nallar (so‘zlar, fikrlar) ta’sirida maydonga keladi, ammo ular

albatta birinchi signallar sistemasiga (sezgilar, idrok, tasav-

vurlarga) asoslangan holda maydonga keladi. I.P. Pavlovning

yozishicha: «Nutq organlaridan bosh miya po‘stiga o‘tuvchi

maxsus kinestezik qo‘zg‘alishlar, ikkinchi signallardir, signal-

larning signalidir. Ular voqelikdan, mavhumlashishdan iborat

bo‘lib, umumlashtirishni taqozo qiladi, binobar in ular biz-

ning ortiqcha maxsus insoniy, yuksak tafakkurimizdir...». Ik-

kinchi signal bog‘lanishlari narsa va hodisalar o‘rtasidagi tur-

licha munosabatlarni aks ettiruvchi ancha murakkab sistema

bo‘lib, ular shunisi bilan sezgilardan, idrok va xotiradan farq

qiladi. Tafakkur jarayonida har ikkala signal sistemasi bir-biri bilan

chambarchas bog‘lanib ketadi. Ikkinchi signal sistemasi teva-

rak-atrofdagi olamni yaxshiroq bilib olish imkonini beradi, ana

shu signal sistemasi vositasida «odamning yuksak darajada mos-

lashuvi» ham yuzaga keladi (I.P. Pavlov). Ammo ikkinchi sig-

nal sistemasi birinchisiga tayanadi. Odam uchun muayyan real

ma’nosini yo‘qotgan, odam ularni qandaydir konkret buyum-

lar va hodisalar bilan bog‘lay olmaydigan so‘zlar voqeylikning

signallari bo‘la olmay qoladi. Tafakkur har ikkala signal sis-

temasi ishtirok etgan, lekin ikkinchi signal sistemasi yetakchi

o‘rin egallagan taqdirdagina normal ishlaydi, chunki so‘z o‘z

mazmuniga ko‘ra juda boy signal bo‘lib, mavhumlik va umum-

lashtirish jarayonlari bilan bog‘lanib ketgan.

Tafakkur nutq bilan bog‘liqdir. Tafakkur tufayi biz fakt va

ho disalarni faqat bilibgina qolmay, balki ular mavjudligining

sababl arini ham tushuna olamiz. Tafakkur bizga bo‘lg‘usi vo-

qealarni oldindan ko‘ra olish imkonini beradi: bulutni ko‘rib

biz yomg‘ir yog‘adi deb hulosa chiqaramiz. Inson tafakkurini

qanday shaklda rivojlantirilmasin, uni nutqsiz to‘liq rivojlan-

tirib bo‘lmaydi. Har qanday fikr nutq bilan chambarchas bog‘-

liq holda paydo bo‘ladi va rivojlanadi.

Agar bilish jarayoni faqatgina sezgilar va idrok orqali hosil

qiluvchi bilimlar bilan chegaralanib qolgudek bo‘lsa, odam o‘zi

uchun zarur ma’lumotlarni juda kam miqdorda qo‘lga kiritgan

bo‘lur edi. Biz o‘tmishda bo‘lib o‘tgan hodisalarni idrok qila

olmasligimiz tufayli ham tarixda bizga qadar yuz bergan vo-

qea-hodisalarni bila olmagan bo‘lur edik.

Tafakkur turlari

Hayot mobaynida o‘qiganlarimiz, ma’lum shart-sharoit-

larda konkret dalillar va nazariy bilimlar asosida mushohada

qilgan bilim va g‘oyalarimiz asosida yuritgan fikrlash jarayo-

ni nazariy tafakkurdir. Undan farqli amaliy tafakkur bevosi-

ta hayotda bo‘lgan va harakatlarimiz mobaynida hosil bo‘lgan

fikrlarimizga asoslanadigan tafakkurimizdir. Ko‘rgazmali

harakat tafakkurining xususiy ati shundaki, u ham odam-

ning real predmetlar bilan ish qilayotgan paytdagi fikrlash

jarayonini nazarda tutadi. Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur esa

ko‘rgan-kechirgan narsalar va hodisalarning konkret obraz-

lari ko‘z oldimizda gavdalangan chog‘da ularning mohiyatini

umumlashtirib, bilvosita aks ettirishimizdir.

Mantiqiy tafakkur – bu mavhum tafakkur bo‘lib, so‘zlar,

so‘zda ifodalangan bilim, g‘oya va tushunchalarga tayangan

holda bev osita idrokimiz doirasida bo‘lmagan narsalar yu-

zasidan chiqargan hukmlarimiz, mulohazalarimiz bu tafakkur-

ga misol bo‘la oladi. Masalan, olam, uning noyob va murakkab

hodisalarini falsafiy o‘rganish faqat mavhum, abstrakt tafak-

kur yordamida mumkun bo‘ladi. Fikrlashimizning yana bir tu-

ri reproduktiv bo‘lib, uning mohiyati ko‘rgan-bilgan narsamiz-

ni aynan qanday bo‘lsa, shundayligicha, o‘zgarishsiz qaytarish

va shu asosda fikrlashga asoslanadi. Undan farqli produktiv yo-

ki ijodiy tafakkur – fikrlash elementlariga yangil ik, noyoblik,

qaytarilmaslik qo‘shilgandagi tafakkurni nazar da tutadi. Shun-

ga bog‘liq konvergent fikrlash masalaning yechimi faqat bitta

bo‘lgandagi fikrlashni nazarda tutsa, divergent tafakkur fikr-

ning shunday turiki, u shaxsga bir muammo yoki masala yu-

zasidan birdaniga bir nechta yechimlar paydo bo‘lishini taqo-

zo etadi. Aynan ana shunday ijodiy tafakkur divergent shaklda

bo‘lsa, u ijodiy parvoz, yangiliklarni kashf etishga asos bo‘ladi.

Fikrning kashf etish, yangilik yaratishga qaratilgan faoliya-

ti ba’zan uning krefaollik sifati bilan bog‘lab tushuntiriladi.

Krefaollik shunday xislatki, u go‘yoki yo‘q joyda bor qiladi,

ya’ni oddiygina, jo‘ngina narsalarga boshqacha, birovlarnikiga

o‘xshamagan yondashuvlarni talab qiladi. Masalan, uchta so‘z

berilgan «qalam», «ko‘l», «ayiq». Uchalasini qo‘shib yangi jum-

lalar tuzish kerak.

Tafakkur shakllari. Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyati-

ning vositasi hisoblanadi. Odatda, nutq tafakkur jarayonida

hukmlar, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalab

kelinadi. Shuning uchun hukm, xulosa va tushunchalar tafak-

kur shakllari deb ataladi.

Hukmlar. Harsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari ha-

qida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb atala-

di. Narsa va hodisalarda, voqelikda haqiqatdan o‘zaro bog‘liq

belgilar, alomatlar, hukmlarda bog‘liq ravishda ko‘rsatib beril-

sa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsa hukmlarda ajra-

tib ko‘rsatilsa – bu chin hukm deb ataladi. Masalan, «Metal-

lar qizdirilganda kengayadi» degani chin hukmdir, bu hukmda

u yoki bu holat faqat tasdiqlanib aytilayapti. Moddiy olam-

da haqiqatdan bog‘liq bo‘lmagan narsa hukmda bog‘liq qilib

ko‘rsatilsa, bunday hukm xato (yolg‘on) hukm deyiladi. Chun-

ki bu hukmda aks ettirilgan sifatlar (belgi va alomatlar) bu

narsalarga aslo muvofiq kelmaydi. «Yer Quyosh atrofida aylan-

maydi» degan misol ham chin bo‘lmagan hukmlar doirasiga

kiradi. Hukmlar quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin:

– tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm;

– yakka, juziy, xususiy va umumiy hukmlar;

– shartli, ayiruvchi va qat’iy hukmlar;

– taxminiy hukmlar.

Xulosa chiqarish. Psixologiyada xulosa chiqarish jarayoni-

da foydalanilgan tayyor hukmlar asoslar deyiladi. Ularni tah-

lil qilib chiqarilgan yangi hukmni esa xulosa deb atash qabul

qil ingan. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu

shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi

hukm hosil qil amiz. Masalan: «Barcha sayyoralar harakatlana-

di». Oy – sayyora. Demak, Oy harakatlanadi. Xulosa chiqarish

uch turga bo‘linadi: induktiv, deduktiv va analogik.

Induktiv xulosa chiqarish, bu xulosa chiqarishning shunday

mantiqiy usulidirki, bunda bir nechta yakka yoki ayrim hukm-

lardan umumiy hukmga o‘tiladi yoki ayrim fakt va hodisalarni

o‘rganish asosida umumiy qonun va qoidalar yaratiladi. Masa-

lan: «Temir elektr tokini o‘tkazadi». Deduktiv xulosa chiqarishda

umumiy xulosalardan yakka yoki juziy xulosa keltirib chiqarila-

di. Analogik xulosa chiqarishda ikki predmetning ba’zi bir bel-

gilari o‘xshashligiga qarab bu predmetlarning boshqa belgilari

ham o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqarishimizdir. Analogiya

chin, taxminiy yoki yolg‘on bo‘lishi mumkin.

Tushunchalar. Narsa va hodisalarning muhim belgilari-

ni, bog‘lanishlarini, mohiyatini hukmlar orqali fikran keng va

chuqur aks ettirishdan iborat fikr yuritish shakli tushuncha deyi-

ladi. Tu shunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushun-

chalarga ajratiladi. Alohida olingan bir butun narsaga aloqa-

dor tu shuncha konkret tushuncha deyiladi. Masalan: stol, divan,

traktor. Moddiy olamdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba’zi

sifat, holatlarga, shuningdek narsalar o‘rtasidagi ichki munosa-

batlarga, qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abstrakt tushun-

cha deb ataladi. Masalan: oqlik, uzunlik, kenglik. Tushun chalar

uch turga bo‘linadi; yakka, umumiy, to‘planma tushunchalar.

Yakka tus hunchalar yakka narsa va hodisa haqidagi tushuncha-

lardir. Bunday tushunchalarga Alisher Navoiy, general Sobir Ra-

himov, Toshkent kabi tushunchalarni misol qilsa bo‘ladi. Yakka

tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha

aniq obraz mavjud bo‘ladi. Umumiy tushunchalarda bir jihsda

ko‘p narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Masalan: yulduz, ta-

laba, o‘spirin. To‘planma tushunchalar bir jinsdagi narsa va ho-

disalar toplami haqida yaxlit fikr yuritishdir. Masalan: paxtazor,

kutubxona, yig‘ilish. Demak, tushunchalarning mohiyati hukm-

larda yoritiladi, mavjud hukmlar asosida xulosa chiqariladi, yan-

gi hukm hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar tushunchalarni

yanada boyitadi, yangi tushunchalar, atamalar ijod qilinaveradi.

Tafakkur sifatlari. Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi

o‘zining individual xususiyatlariga ega bo‘lib, fikr yuritish faoliyat-

ining shakllari, vositalari va operatsiyalarining kishilarda turlicha

namoyon bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. Tafakkurning mazmun-

dorligi deganda, inson ongida tevarak-atrofdagi moddiy voqelik

to‘g‘risidagi mulohazalar, tushunchalar qanday miqdorda joy ol-

ganligi nazarda tutiladi. Tafakkurning chuqurligi deganda, nar-

sa va hodisalarning asosiy qonuniyatlari, sifatlari, bog‘lanishlari

tafakkurimizda to‘liq aks etganligi tushuniladi. Tafakkurning

kengligi o‘zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari bi-

lan muntazam aloqada bo‘ladi. Fikr doirasi keng, bilim saviya-

si yuqori, serg‘oya ijodiy izlanishdagi kishilarni aql-zakovatli, bi-

limdon, tafakkuri keng kishilar deyish mumkin. Tafakkur ning

mustaqilligi deganda, kishining hech kimning ko‘rsatmasisiz,

ko‘magisiz, o‘zining aqliy izlanishi tufayli turli yo‘l, usul va vosita-

lar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliya tini

tushunish kerak. Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashab-

busligi, pishiqligi va tanqidiyligida namoyon bo‘ladi. Aqlning

sertashabbusligi deganda, insonning o‘z oldiga yangi muammo,

aniq maqsad va konkret vazifalar qo‘yishini, yechimini qidirish-

da usul va vositalarni shaxsan o‘zi izlashi, aqliy zo‘r berib intili-

shi nazarda tutiladi. Aqlning pishiqligi vazifalarni tez yechishda,

yecish paytida yangi usul va vositalarni tez izlab topishda ifoda-

lanadi. Tafakkurning tanqidiyligi insonning, o‘z-o‘zini baho-

lash kabi yakka xususiyatlariga bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi.

Agar tanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, muammo mohiyati-

ning to‘g‘ri ochilishiga asoslanib amalga oshirilsa bunday tan-

qidiylik obyektiv tanqi diylik deb ataladi. Subyektiv tanqidiylik

ziddiyatlarga olib keladi. Fikrni operativ jihatdan, tezkorlik bi-

lan o‘zlashtirishdan va to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirib yuborishdan

ibor at tafakkur sifati uning ixchamligi deyiladi. Tafakkurning

tezl igi qo‘yilgan savolga to‘liq javob olingan vaqt bilan belgilana-

di. U qator omillarga, zarur ma’lumotni tez yodga tushira olish-

ga, muvaqqat bog‘lanishlarning tezligiga, turli hislarning mav-

judligiga, diqqatiga, bilim saviyasiga, ko‘nikma va malakalariga

ham bog‘liq bo‘ladi.

Tafakkur operatsiyalari

1. Analiz – shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, uning yor-

dami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki ularning xususi-

yatlarini amaliy tahlil qilamiz. Butun bir narsani shu tarzda

qismlarga bo‘lish usuli analiz deb ataladi. Allomalarning aytishi-

cha, maymunning yong‘oq chaqishining o‘ziyoq boshlang‘ich

oddiy analizdir. Tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni in-

sonning o‘zlashtirib olishi analizdan boshlanadi. Ma’ruza va dars

jarayonlarida tafakkurning analiz qilish operatsiyasi muhim o‘rin

tutadi. Matnni gaplarga, gaplarni so‘zlarga, bo‘ginlarga, tovush-

larga ajratish singari aqliy faoliyatlar bajariladi. Muammoli top-

shiriq va masalalarni yechish ham analizdan boshlanadi.

2. Sintez – shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, biz nar-

sa va hodisalarning analizga bo‘lingan, ajratilgan ayrim qism-

larini, bo‘laklarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy

ra vishda birlashtirib butun holiga keltiramiz. Sintez element-

larining narsa va hodisalarning qismlari va bo‘laklarini bir bu-

tun holga keltirishdan iborat aqliy faoliyatdir. Maktabga tay-

yorlov guruhida bolalar o‘z harf xaltasidagi kesilgan harflardan

foydalanib bo‘g‘in, bo‘g‘inlardan so‘z, so‘zlardan gap tuzadilar.

3. Taqqoslash. Insonning ijtimoiy faoliyatida, bilimlar-

ni o‘zl ashtirishida, voqelikni to‘laroq aks ettirishida bir-biri-

ga o‘xshash jihatlarning farqini, shuningdek, bir-biridan ajralib

turadigan, ammo ular o‘rtasidagi o‘xshashlikni topishdan ibo-

rat fikr yurit ish operatsiyasi katta ahamiyatga ega. Taqqoslash

shunday bir tafakkur operat siyasidirki, uning vositasida obyek-

tiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o‘xshashligi va

bir-biridan farqi aniqlanadi. Taqqoslab fikr yuritish sezgilari-

miz va idrokimizda hali gavdalanmagan o‘xshashlik va tafo-

vutni topish zaruri yati vujudga kelgan paytda namoyon bo‘ladi.

Taqqoslash ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: amaliy (konkret

narsalarni bevosita solishtirish) va nazariy (tasavvur qilinayot-

gan obrazlar va narsalarni ongda fikran taqqoslash). Inson te-

varak-atrofdagi barcha narsa va hodisalarni bevosita aks etti-

rish, qo‘l bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu bois

to‘planadigan bilimlarning aksa riyati fikr yuritish orqali, man-

tiq yordamida anglashiladi. Ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va

farql ar nazariy taqqoslash asosida ajratiladi.

4. Abstraksiya. Bu narsa va hodisalarning qonun va qonuni-

yatlarining ayrim belgisi, sifati, alomati yoki xususiyatlarini

fikran ulardan ayirib olib, mustaqil fikr obyektiga aylantirish-

dan iborat fikr yuritish operatsiyasidir. Masalan, bilish jara-

yonida tabiat, jamiyat va ayrim insonlarga xos bo‘lgan go‘zallik

belgisini ayirib olib, ularning go‘zalligi to‘g‘risida emas, balki

umuman go‘zallik, ya’ni estetik kategoriya mazmunidagi tu-

shuncha yuzasidan mulohaza yuritiladi. Abstraksiyalash, shun-

day tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya yordamida avval

moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyat-

larini farqlab olamiz, so‘ngra ulardagi muhim bo‘lmagan, ik-

kinchi darajali belgilarini fikran ajratib olamiz. Abstraksi-

ya analiz natijasida vujudga keladi. Fan va texnika rivoji avj

olgan hozirgi davrda kishilarga uzatilayotgan axborotlarning

ma’lum qismi abstrakt holda inson ma’naviy mulkiga aylan-

moqda. Lekin abstrakt holatdagi axborotlar qiyinchilik bi-

lan o‘zlashtiriladi. Shunga qaramay abstakt holatdagi bilimlar

ko‘lami kundan kun ortib bormoqda. Chunki yangi kashfiyot-

lar, ixtirolar zamiridan kelib chiquvchi qonuniyatlar, murak-

kab bog‘lanishlarning barchasi abstrakt atamasida o‘z ifodasi-

ni topmoqda.

5. Umumlashtirish. Psixologiyada umumlashtirish ning keng

qo‘llaniladigan ikki turi: tushunchali umumlashtirish va his-

siy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko‘proq fikr yuri-

tiladi. Tus hunchali umumlashtirishda predmetlar muhim

belgi asosida umumlashtiriladi. Hissiy-konkret umumlashti-

rishda esa predmetlar topshiriq talabiga ko‘ra tashqi belgi bi-

lan umumlashtiriladi. Umumlashtirish deganda psixologiyada

narsa va hodisalardagi xossa, belgi, xususiyatlarni topish va

shu umumiyl ik asosida ular ni birlashtirish tushuniladi Masa-

lan: temir, oltin va boshqalarda mavjud bo‘lgan o‘xshashlik va

umumiy belgilarni yagona tus huncha ostuda to‘plab, uni me-

tall degan ibora bilan nomlashi miz mumkin. Umumlashtirish

abstraksiya operatsiyasidan ajralgan holda sodir bo‘lmaydi.

6. Konkretlashtirish – hodisalarning ichki bog‘lanishi va

munosabatidan qat’i nazar, bir tomonlama ta’kidlashdan ibo-

rat fikr yuritish operatsiyasidir. Odam eng murakkab qonun

hamda tu shunchalarni konkretlik darajasiga aylantirishga ha-

rakat qiladi. Masalan, inson «qiymat» tushunchasini «odam-

ning qadr-qimmati», «tovarning qiymati» shaklida konkret-

lashtiradi va hokazo.

7. Tasniflash. Insonning bilish faoliyatida muhim o‘rin

tutuv chi flkr yuritish operatsiyalaridan biri hisoblanadi. Bir tur-

kum narsalar ichida bir-biriga o‘xshashlarini boshqa turkum-

dagilardan farq qilishiga qarab, narsalarni turkumlarga ajratish

tizimi tasnifl ash deb alaladi. Bunga D.I. Mendeleyevning «Ele-

mentlarning davriy tizimi» jadvali tasniflash uchun yorqin mi-

soldir. Masalan, kutubxonadagi kitoblar mazmuniga, shakliga,

noyobligiga ko‘ra teriladi. O‘quvchilarning alifbe tartibi bilan

tuzilgan ro‘yxati, jinsiy belgilari, ulgurishlari va qiziqishlarini

nazarda tutib turkumlarga ajratish ham tasnifga misol bo‘ladi.

8. Sistemalashtirish. Fikr obyektiv hisoblangan narsa va

hodis alarni zamon (vaqt), makon (fazo) va mantiqiy jihatdan

ma’lum tartibda joylashtirishdan iborat fikr yuritish operatsi-

yasidir. U bilimlarni o‘zlashtirishda, ko‘nikma va malakalar-

ni tartibga sol ishda muhim o‘rin tutadi. Sistemalashtirish

yordamida narsa va hodisalar, faktlar, fikrlar va obyektlar ma-

konda, vaqtda egallagan o‘rniga qarab mantiqiy joylashtiriladi.

Nazorat savollari:

1. Tafakkur deb nimaga aytiladi?

2. Tafakkurning nerv-fiziologik asosini nima tashkil etadi?

3. Tafakkur turlari qanday?

4. Xulosa chiqarishning qanday turlari bor?

5. Tafakkur sifatlari deganda nimani tushunasiz?

6. Analiz, sintez, taqqoslash operatsiyalari haqida nimalar-

ni bilasiz?

7. Tasniflash va sistemalashtirishning farqi nimada?

8. Muammoli vaziyat nima?



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin