Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar


Maktab ta’limiga bolalarni psixik tayyorgarligini



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə8/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

2.Maktab ta’limiga bolalarni psixik tayyorgarligini

oshirib borish.

Bolalarda 5–6 yoshdan ijtimoiy ong tarkib topa boshlaydi.

Bolalar o‘zlari yashab turgan ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini belgilashga,

kattalar bilan yanada yaqinroq munosabatlarga kirishishga

intiladilar. Katta guruh bolalari maktabga chiqishdan

ancha ilgariroq maktab haqida orzu qiladilar, maktabda

nimalar bo‘lishini kattalardan so‘rab surishtira boshlaydilar. Maktabga

borish vaqtini sanaydilar. Agar birorta o‘rtoqlari

maktabga o‘tib ketsa o‘zlari bog‘chada qolganliklaridan

o‘ksinib yuradilar. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarining maktabga

intilishi ijtimoiy munosabatlar doirasida yangi mavqeni

egallashga intilayotganidan dalolat beradi. Ta’limga psixologik

tayyorgarlik deganda bolaning obyektiv va subyektiv

tayyorgarligi nazarda tutiladi. Bola maktab ta’limiga avval

psixologik jihatdan tayyorlanadi, uning psixikasi bilim olishga

yetarli darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining

o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, bolanin nqiziquvchanligi,

ishonuvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, tafakkurining

yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi.





Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin