Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə11/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

«To‘rtinchisi ortiqcha».

Bolaga ketma-ket ravishda har birida 4 tadan tanish predmetlar

tasvirlangan 10 ta kartochka ko‘rsatiladi. 4 tadan 3 tasi bir

guruhga taalluqli. Bola ortiqcha bo‘lgan bir predmetni aniqlashi

va nima uchun ortiqchaligini tushuntirib berishi lozim.

1. Piyoz, pomidor, olma, sholg‘om.

2. Tol, terak, qayrag‘och, atirgul.

3. Echki, tulki, it, mushuk.

4. Divan, krovat, stul, narvon.

5. Qo‘g‘irchoq, qalam, daftar, ruchka.

6. Tovuq, quyon, kurka, xo‘roz va hokazo.

Natijalarni tahlil qilish:



Yuqori natija: 7–10 ta kartochkani to‘g‘ri ko‘rsatish va tushuntirish.

O‘rta natija: 7–10 ta kartochkani yarim tushuntirishlar bilan

ortiqcha predmetning ko‘rsatilishi. Masalan: «Ortiqcha

predmet atirgul, qolganlari daraxtlar».

Past natija: 7–10 ta kartochkada ortiqcha predmetning tushuntirishsiz

aniqlanishi.



2-test. Maktabga qabul qilinayotgan bolaning fikrlashi va

Xotirasini quyidagi matn yordamida aniqlash mumkin. «Kunlardan

bir kuni sher kasal bo‘lib qoldi. U o‘z uyiga o‘rmondagi

barcha hayvonlarni taklif qildi. Ularning ichida tulki ham bor

edi. Tulki sherning uyiga kirmasdan, eshik oldida turdi. Sher

unga: «Sen nega uyga kirmayapsan?» deb so‘raganida tulki

shunday javob beribdi: «Men sening uyingga eltuvchi ko‘plab

izlarni ko‘rdim, lekin qaytayotgan bironta ham iz ko‘rmadim».

Tulkining javobini izohlab bering.

3-test. Bolalarga so‘zning antonimini topish vazifasini

berib, ularning fikrlashi va xotirasini aniqlash mumkin:

Baland-past, issiq-sovuq va hokazo.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin