Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar


Ta’lim-tarbiyaviy jarayonning ahamiyati



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə14/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

2.Ta’lim-tarbiyaviy jarayonning ahamiyati
Tashxis markazlarida faoliyat ko‘rsatuvchi psixologlar turli

uslublar, testlar, so‘rovnomalar yordamida har bir bolaning

o‘ziga xos psixik xususiyatlarini aniqlab beradi. Bunda psixolog

bolaning individual xususiyatlarini, sog‘ligini va psixik tomondan

sog‘lomlik holatlarini, psixik jarayonlari, xususiyatlari, holatlarini

aniqlab beradi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da bolalarning

rivojlanishi va maktabga tayyorlash dasturining asosiy vazifalari: «Bolalarni har tomonlama yetukligi, ularning qobiliyatlari, intilishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan

holda maktab ta’limiga tayyorlash hamda milliy, umuminsoniy

qadriyatlarga, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda voyaga yetib

borishini ta’minlashdan iborat»dir. Bolaning maktabga tayyorligi

davlat me’yoriy hujjatlari bilan aniqlanadi. Davlat talablarining

asosiy maqsadi yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi

asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalashdan

va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir:

Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi

hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida

jiddiy, tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha

yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasida

yoki uydayoqт maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh

xususiyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish

kеrak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv, moslashuv davrining

jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo‘lishga yordam bеradi.

Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish,

xotira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar

olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi

bilan bеlgilanadi.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin