Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə20/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

yosh davrlari psixologiyasi fani o‘zaro uzviy bog‘liq fandir.

Bolalar psixologiyasi anatomiya va fiziologiya fanlari tomonidan

qo‘lga kiritilgan yutuqlardan ham keng foydalanadi.

Bunda bolalar psixologiyasi xususan bolalar nerv sistemasi

va oliynerv faoliyatining ma’lumotlaridan foydalanmay ish

ko‘ra olmaydi. Bolalar nerv sistemasining sog‘lom rivojlanishi va

me’yoriy ishlashi bola psixikasi rivojlanishining muhim shartlaridandir.

Shuning uchun bolalar psixologiyasi mutaxassislari

bola nerv sistemasining taraqqiyot masalalari bilan bevosita tanish

bo‘lishlari lozim.

Bolalar psixologiyasi pedagogika fani bilan ham yaqindan

aloqadadir. Pedagogika fani yoshlarga ta’lim-tarbiya berish

va ularni har tomonlama rivojlantirish haqidagi fandir. Bolalar

psixologiyasi ta’lim-tarbiyaning maqsadi, yo‘l-yo‘riqlari va

vazifalariga doir fikrlarni pedagogika fanidan oladi hamda unga

yaqindan yordam beradi. Bolaning aqliy taraqqiyoti qonunlaridan

xabardor bo‘lish turli yoshdagi bolalar bilan ta’lim-tarbiya

ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish imkoniyatini beradi.

Ta’lim-tarbiya berishga yo‘naltirilgan maxsus fanlar bolalar

psixologiyasi negizida ish ko‘radi. Bolalarda hosil qilinishi lozim

bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va odatlarni

shakllantirishda ularning psixik taraqqiyotini hisobga oladi

va yondashadi. Bolalar psixologiyasi bolalar gigiyenasi,

bolalardagi kasalliklarni o‘rganuvchi pediatriya va bolalar




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin