Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar


bilan yangi ehtiyojlari o‘rtasida tug‘iladigan qarama-qarshilik



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə23/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

bilan yangi ehtiyojlari o‘rtasida tug‘iladigan qarama-qarshilik.

Ya’ni, bolaning ehtiyojlari tez ortib boradi, lekin bu ehtiyojlarni

qondirish imkoniyatlari juda sekin yuzaga keladi.Natijada

bolaning xilma-xil ehtiyojlari bilan tor imkoniyatlari o‘rtasida

jiddiy ziddiyat yuzaga keladi. Bola ana shu ziddiyatni, ana shu

qarama-qarshilikni hal etish jarayonida psixik jihatdan taraqqiy

etadi. Masalan, ilk yoshdagi bolaning tili endi chiqayotgan

bo‘ladi. Uning so‘z zaxirasi deyarli bo‘lmaydi. Bundan tashqari

ular so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz eta olmaydilar. Shu sababli bu

yoshdagi bolalarning tilini hamma ham bemalol tushuna olmaydi.

Lekin bolaning mustaqil yura olishi, o‘zgalarning nutqiga

tushunishi unda boshqalar bilan faol munosabatda bo‘lish

ehtiyojini yuzaga keltiradi. Biroq, bolaning hozirgi taraqqiyot

darajasi, imkoniyatlari, ya’ni so‘z zaxirasining nihoyatda ozligi,

talaffuzda qiynalishi atrofdagilar bilan faolroq munosabatda

bo‘lish ehtiyojini qondira olmaydi.

Bolaning faol munosabatga intilishi bilan imkoniyati yo‘qligi o‘rtasidagi qarama-qarshilik

nutqni tez o‘zlashtirish jarayonida hal etiladi. Buning natijasida

bola psixik jihatdan ma’lum taraqqiyotga erishadi. Bolaning

imkoniyatlari ana shu tariqa oshib borgan sari ehtiyojlari yanada

ko‘payib boraveradi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin