34-Mavzu: Bolalar temperamentiga tavsifnoma
Reja:
Shaxsning individual xususiyatlari
Bolalar temperamentiga tavsifnoma
Shaxsning individual xususiyatlari haqida gapirilganda
Uning tug‘ma biologik xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi.
Atrofdagi kishilarni kuzatganda ular his-tuyg‘ularni
namoyon qilishida, harakat tezligida farq borligi seziladi.
Birovlar tajang, harakatchan va quvnoq bo‘lsalar ham ularning
tuyg‘ulari beqaror bo‘ladi. Boshqalari yuvosh, zararsiz
bo‘ladilar. Uchinchilari biror narsadan tez ta’sirlanadilar, lekin
o‘z tuyg‘ularini yashiradilar, passiv bo‘ladilar. Oliy o‘quv
yurtiga qabul qilinganini eshitgan bolaning o‘zini tutishi yoki
hayotning og‘ir sinovlari paytida odam beixtiyor namoyon
qiladigan reaksiyalari uning temperamentini hosil qiladi. Bu
ikkala vaziyatni biri og‘ir-bosiqlik bilan, boshqasi esa o‘zini
yo‘qotgudek darajada hayajon bilan boshdan kechiradi.
His-tuyg‘ularning paydo bo‘lish tezligi va kuchida, hamda
kishining umumiy harakatchanligida namoyon bo‘ladigan
individual-psixologik xususiyatlar majmui temperament (lot.
temperamentum – aralashma, qismlar nisbati) deb ataladi.
Qadim zamonlarda kishidagi tuyg‘ular va harakatlarning
xususiyatlari uning tanasidagi suyuqliklarning miqdoriga,
ularning nisbatiga bog‘liq deb hisoblanar edi. Qadimgi
grek shifokori va tabiatshunosi Gippokrat (er.av. 460–356-yillar)
taxmin qilganki, bir xil odamlarning organizmida safro
(shole) ko‘proq bo‘ladi, bunday kishilarni xoleriklar;
boshqalarda qon (sanguinis) ko‘p bo‘ladi, ularni sangviniklar;
uchinchi bir kishilarda shilliq narsa (phlegma) ayniqsa ko‘p,
ularni flegmatiklar; to‘rtinchi bir kishilarda qora safro ko‘p
miqdorda bo‘lib, ularni melanxoliklar deb ataganlar.
Keyinchalik temperamentning badandagi «suvlarning»
miqdoriga bog‘liqligi haqidagi fikr rad qilinadi, biroq Gippokratning
kishilarning to‘rt guruhi, temperamentning to‘rt
tipologiyasi haqidagi fikri ming yillarcha davrni boshidan
kechirdi. Bu nomlar hozirgi kunlarimizga qadar saqlanib keldi.
Temperament tiplarining psixologik tasnifi
I.P. Pavlov nerv sistemasining to‘rtta tipi borligini belgilab
chiqdi. Avvalo u kuchli va kuchsiz tiplarni farqlagan. Kuchli
tiplar orasida muvozanatsiz tiplar va muvozanatli tiplar bo‘lishi
mumkin. Muvozanatli tiplar harakatchan va sust (inert) tiplarga
bo‘linadi. Shu tariqa uchta kuchli tip hosil bo‘ladi, to‘rtinchi
tipga esa olim barcha kuchsiz tiplarni kiritgan. Faoliyat jarayonida
nerv sistemasining tipi o‘zgarmasdan qolmaydi. Temperament
shaxsning psixik xususiyatlaridan biridir, lekin har
bir temperamentdagi kishilar ham juda xilma-xil bo‘ladi. Har bir kishi takrorlanmas shaxs hisoblanadi, shuning uchun ham uni yuqorida aytib o‘tilgan temperament tiplaridan biriga kiritish hamisha ham mumkin bo‘lavermaydi. Ko‘pgina kishilarning
shaxsi faqat birgina tipga xos belgiga ega bo‘lib qolmasdan,
balki ikki va undan ham ko‘proq tipning belgilariga ega bo‘ladi.
Kishida xolerik tipdagi xususiyatlar bilan bir qatorda, masalan,
sangvinik tipdagi kishining belgilari ham bo‘lishi mumkin; melanxolik
tipdagi kishida esa flegmatik tip xususiyatlari uchraydi
va hokazo. Bu tiplar sof holda hayotda ancha kam uchraydi. Yana
ko‘pgina o‘tkinchi oraliq yoki aralash tiplar bor.
Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim
xususiyatlar yordamida aniqlanishi mumkin:
1. Senzitivlik (lotincha sensus – sezish, his qilish). Insonda
bironta psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur o‘ta kuchsiz
sezgilarning paydo bo‘lishi uchun kerak qo‘zg‘ovchining ozgina
kuchi, ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi
mujassamlashadi.
2. Reaktivlik. Aynan bir xil kuch bilan ta’sir etuvchi tashqi
va ichki ta’surotlarga shaxs qanday kuch bilan emotsional
reaksiya qilishiga
qarab munosabat bildiriladi. Reaktivlikning
yorqin ro‘yobga
chiqishi emotsionallik, ta’sirlanuvchanlikning
ifodalanishidir.
3. Faollik. Inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga
ta’sir ko‘rsatishi va maqsadlarini amalga oshirishda obyektiv
198
hamda subyektiv qarama-qarshiliklarni faollik bilan yengishiga
qarab fikr yuritiladi.
4. Refaollik bilan faollikning o‘zaro munosabati. Bunda
odamning faoliyati ko‘p jihatdan nimaga bog‘liqligiga qarab,
masalan, tashqi va ichki sharoitlarga (kayfiyatga, favqulodda
holatda) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilishlarga
ko‘ra fikr bildirish nazarda tutiladi.
5. Reaksiya tempi. Psixik reaksiyalar va jarayonlarning kechish
tezligiga, binobarin harakat tezligiga, nutq suratiga, farosatlilikka,
aql tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi.
6. Harakatlarning silliqligi va unda qarama-qarshi sifat
rigidlik (qotib qolganlik), shaxsning o‘zgaruvchan tashqi
ta’sirotlariga qanchalik yengillik va chaqqon muvofiqlashuviga,
shuningdek, uning xatti-harakatlari qanchalik sust va qotib
qolganligiga baho berishdan iboratdir.
7. Ekstravertlik va intravertlik. Shaxsning faoliyati va reaksiyasi
ko‘p jihatdan nimalarga bog‘liqligiga, chunonchi favquloddagi,
tashqi ta’sirotlarga (ekstravertlik) yoki aksincha, timsollarga,
tasavvurlarga, o‘tmish hamda kelajak bilan uyg‘unlashgan
mulohazalarga (intravertlik) taalluqlidir.
Dostları ilə paylaş: |