Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə91/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

Nazorat savollari:

1. Temperament nima?

2. Temperament tiplarining tavsifini qanday muhim sifatlar

yordamida aniqlash mumkun?

3.Temperamentning 4 tipiga tavsiya bering.

Uyga vazifa

Bolalar temperamentini kuzatish va tahlil qilish

33-Mavzu: Temperament va tarbiya
Reja:

  1. Temperament va tarbiya

  1. Bolalar faoliyatini kuzatish va tahlil qilish


Tepmerament va tarbiya

Temperament xususiyatlarini yoshlikdan tarbiyalab borish

kerak. Buning uchun bolaning qaysi temperament tipiga taalluqli

ekanini aniqlash lozim. Masalan, chaqaloq yig‘loq, besaranjon

bo‘lsa harakatchan tipga, tinch, kam yig‘laydigan bo‘lsa

flegmatik bo‘lishi mumkin. Bolalar temperamentini maxsus

o‘yinlar orqali o‘rganish mumkin. Masalan, xonaning 2 tomoniga

stol qo‘yiladi, 20 ta kubik va kurakcha qo‘yib, kubiklarni

kurakchaga taxlab 2-stolga ko‘chirish taklif qilinadi. Xolerik

tipdagi bola ishni birinchi bo‘lib bajaraman deb shoshilib

kubiklarni to‘kib yuboradi. Melanxonik men buni qila olmayman

deydi, flegmatik shoshmasdan sekin bajaradi. Temperament odamga tug‘ma ravishda berilsa ham tarbiyaning ta’siri va hayot sharoiti davomida o‘zgartirish mumkin.

Bunda o‘z-o‘zini tarbiyalashning ahamiyati kattadir. Kuchsiz

tipdagi bolalar tez charchab qoladilar. Kuchli temperamentga

ega bola esa ishga kirishish uchun biroz taraddudlanadi, ammo

topshiriqni uzoqroq bajaradi. Sport musobaqalarida ham kuchlilar

yaxshiroq natija ko‘rsatadi, kuchsizlari o‘zlarini yo‘qotib

qo‘yadilar. Qo‘zg‘aluvchan bolaga o‘zini tuta bilish malakasini

tarbiyalash ma’lum sharoitlarda o‘zini to‘xtata olishga o‘rgatish

lozim. Kuchsiz tipdagi bolalarga ko‘p harakat qilish, faollik

ko‘rsatish imkonini berish lozim. Mashg‘ulotlarda bunday bola202

lardan tez-tez so‘rab turish kerak, ularga faollik va chaqqonlikni

talab qiladigan vazifalarni topshirish kerak. Kuchsiz tipdagi

bolalar ishchanlik holatlarini kuchli tipdagilarga nisbatan

tez yo‘qotadilar, shuning uchun ularni charchashlikkacha olib

bormaslik kerak, aks holda tormozlanish jarayoni boshlanishi

mumkin. Muntazam olib boriladigan mashqlar kuchsiz nerv

sistemasini mustahkamlaydi, ularning ishchanlik qobiliyatini

oshiradi. Nerv sistemasi kuchsiz bolalar yangi sharoitga qiyin

ko‘nikadilar, yangiliklardan qochadilar.

Temperament ustida ishlash odamga o‘z temperamentining

quliga aylanib qolmaslik, balki uni idora qila bilish imkoniyatlarini

beradigan iroda va mustahkam xarakterni tarbiyalash bilan

uzviy ravishda bog‘lanib ketadi.

Oliy nerv tizimi xossalarini ajratgan:

1. Kuch: nerv tizimining kuchli qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga

bardoshi, shunga ko‘ra odamlardagi chidam kabi sifatlar va ularga

teskari sifatlarning namoyon bo‘lishi.

2. Muvozanatlashganlik: asabdagi tormozlanish va qo‘zg‘

alishning o‘zaro mutanosibligi yoki o‘zini tuta bilishi, bosiqlik

kabi sifatlarning namoyon bo‘lishi.

3. Harakatchanlik, ya’ni qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonidagi

o‘zaro almashinish jarayonining tezligi va harakatchanligi

ma’nosida. I.P. Pavlov kuchsiz tipdagi vazminlik va harakatchanlikni

hisobga olmagan chunki bu xususiyatlar kamdan kam hollarda

namoyon bo‘ladi. Oliy nerv faoliyatining individual xususiyatlari tadqiqotlarda

qarab chiqilgan biron-bir xususiyati bilan emas, balki doimo

ularning majmui bilan belgilanadi. Ko‘p sonli laboratoriya

tajribalari ko‘rsatadiki, shunday birikmalar orasida ayrimlari

boshqalarga qaraganda ko‘proq uchraydi yoki ancha yaqqol ko‘rinadi.


Quyida keltirilgan jadval asosida temperament tiplarini

Bayon eting














































































Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin