Nazorat savollari:
1. Qobiliyat deb nimaga aytiladi? U nimalarda namoyon
bo‘ladi?
2. Layoqat nima?
3. Qobiliyatning qanday turlari bor?
4. Iste’dod va iqtidor haqida tushuncha bering, ularning
farqi nimada?
5. Layoqatni rivojlantirish uchun ta’lim tizimida qanday
ishlar olib borilmoqda?
38-Mavzu: Qobiliyat va faoliyat
Reja:
1.Qobiliyatlar.
2.Qobiliyat haqida umumiy tushuncha
Pedagog bolalarni kuzatib ulardan ba’zilari qobiliyatli,
boshqalari kamroq qobiliyatli bo‘ladi deb hisoblar ekan, bu
gapda jon bor. Shunday bo‘ladiki, ba’zi bolalar ehtiyojlari va
qiziqishlaridan kelib chiqib she’r va ertaklarni, sahnalashtirilgan
rollarni tez va oson yodlab oladilar. Qobiliyatlar deb, shunday psixik sifatlarga aytiladiki, kishi ular yordamida bilim, ko‘nikma va malakalarni nisbatan osonlik
bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli
shug‘ullanadi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi.
Idrok etish paytida, masalan, ranglarning tovlanishdagi nozik
farqlari, predmetlarning aniq ko‘rinishi, proporsional nisbatlarni
tushunish, kuzatuvchanlik, absolut eshitish (musiqa bilan
shug‘ullanishida) va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Ayrim
qobiliyatlar xotirani yaxshi ishlashi bilan bog‘liqdir. Qobiliyatlar
bilim, malaka va ko‘nikmalardangina iborat emas, garchi
ular asosida paydo bo‘lib rivojlanib borsada. Shuning uchun
o‘quvchilarning qobiliyatlarini aniqlashda bolaning biror narsani
sust bilishi, unda qobiliyatning yo‘qligidan deb hisobla221
masdan, juda ehtiyot bo‘lish va xushmuomalalik bilan ish
ko‘rishi kerak. Bunday xatolar ba’zan biror sabab bilan maktabda
yaxshi o‘qimagan bo‘lajak yirik olimlarga nisbatan ham
yo‘l qo‘yilgan. Bolalik davrida u yoki bu qobiliyatlarning atrofmuhitdagi
odamlar tomonidan tan olinmaganligi, kеyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi, Albеrt Eynshtеyn (nisbiylik
nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachеvskiy (yangi gеomеtriya
yo‘nalishi asoschisi) va boshqalar o‘qishiga qaraganda gеnial
olim bo‘lib voyaga yеtishishida hеch qanday asos yo‘q edi.
Har turli qobiliyatlarning konkret psixologik xarakteristikasini
o‘rganar ekanmiz, bu qobiliyatlarda birgina emas, balki
juda ko‘p turdagi faoliyat talablariga javob beradigan umumiyroq
fazilatlarni va bundan tashqari ushbu faoliyatni birmuncha
torroq doiralari talablariga javob beradigan maxsus fazilatlarni
ajratishimiz mumkin.
Layoqat va uning turlari
Ba’zan o‘ta iqtidorli va qobiliyatli bola haqida gap ketsa,
Undagi bu sifat tug‘ma ekanligiga ishora qilinadi. Psixologiyada
tug‘ma alomatlari bor bo‘lgan individual sifatlar layoqat
deb yuritiladi. Layoqat ikki xil bo ‘ladi, ular tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat.
Tabiiy layoqat odamdagi tug‘ma xususiyatlardan
oliy nerv tizimi faoliyatining xususiyatlari, miyaning
yarimsharlarining qanday ishlashi, qo‘l-oyoqlarning biologik
va fiziologik sifatlari, bilish jarayonlarni ta’minlovchi sezgi organlari
– ko‘z, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan
kelib chiqsa (bular nasliy ota-onadan genetik tarzda o‘tadi), ijtimoiy layoqat bola tug‘ilishi bilan uni o‘rab turgan muhit, muloqot usullari, so‘zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlardir. Bola bu ikkala layoqat
muhitini ota-onadan tayyoricha qabul qiladi. Tabiiy anatomik-
fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik
asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat
nishonalarining majmui kishining iste’dodi deyiladi. Layoqatsizlik, intellektning pastligi sabablardan biri ham ana shu yuqorida ko‘rsatilgan ikki layoqat o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Ilk yoshdayoq bolaning o‘zidagi mavjud imkoniyatlarini
rivojlantirish, shart-sharoitlar yaratish ishini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yish kerak. Bolalar bilan individual ishlash. Bola bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘stirish borasida harakat qilmasa eng kuchli tug‘ma layoqat ham layoqatligicha qolib,iqtidorga aylanmaydi. Eng talantli, mashhur shaxslarning eng
buyuk ishlari, erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarning tagida ham
layoqat va asosan tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bilimga
chanqoqlik yotadi. Shuni ham unutmaslik kerakki qobiliyatsiz
odam bo‘lmaydi. Agar shaxs aldanib o‘zidagi iqtidor
yoki layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo‘lsa, u atrofdagilarga
layoqatsiz, qobiliyatsiz ko‘rinadi. Lekin aslida nimaga uning
qobiliyati borligini o‘zi vaqtida to‘g‘ri anglay olmagani sabab
bo‘lib, u bir umr shu toifaga kirib qoladi.Qulay sharoitlar mavjud bo‘lganda, ayrim kishilarda, qobiliyatlar juda erta rivojlanadi. Odatda musiqa va tasviriy san’atga
layoqat ancha ertaroq paydo bo‘ladi. Masalan, M.I. Glinka 3–4
yoshidayoq shunday o‘yinni yoqtirgan. U ovoz chiqaradigan
turli buyumlarni (mis tog‘ora, kastrulka) yog‘och bilan chalgan.
Bunda kattalarni hayron qoldirgan darajada ohangdosh
tovushlar paydo bo‘lganki, ularni eshitish maroqli edi. Keyinchalik
bu bola buyuk kompozitor bo‘lib yetishdi. Kishilarda
musiqa va tasviriy san’atga layoqatdan birmuncha keyinroq
adabiy qobiliyatlar paydo bo‘ladi, lekin ayrim talantli shoirlarda
bu qobiliyatlar juda erta paydo bo‘ladi. Masalan, A. Na223
voiy besh yoshiga, A.S. Pushkin, Lermontov va Nekrasov hali
10 yoshga to‘lmasdanoq she’r yoza boshlagan.
Dostları ilə paylaş: |