Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə101/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

Nazorat savollari:

1. Qobiliyat deb nimaga aytiladi? U nimalarda namoyon

bo‘ladi?

2. Layoqat nima?

3. Qobiliyatning qanday turlari bor?

4. Iste’dod va iqtidor haqida tushuncha bering, ularning

farqi nimada?
40-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyati

Bolalar psixologiyasi predmetining muhim tomonlaridan

biri turli yoshdagi bolalarga sezish, idrok, diqqat, xotira,

nutq, tafakkur, xayol, hissiyot va iroda kabi psixik jarayonlari

va holatlarining

namoyon bo‘lishi, taraqqiy etishi hamda

takomillashuvining qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir.

Bolalar psixologiyasi bola shaxsiy psixologik xususiyatlarining

tarkib topishi va bolalar shaxsining tarkib topishiga faol ta’sir

qiluvchi omillarni chuqur analiz qiladi.

Ma’lumki, bola shaxsi va uning shaxsiy psixologik xususiyatlari

qandaydir tasodifiy omillarning tartibsiz ta’sir etishi

natijasida

emas, balki muayyan konkret omillarning qonuniy

ta’sir etishi natijasida tarkib topadi. Ana shu muhim qonuniy

tarzda ta’sir qiladigan omillarni ochish va isbotlash bilan bolalar

psixologiyasi shug‘ullanadi. Bolalar psixologiyasi bolalar

226

shaxsi va shaxsiy psixologik xususiyatlarining tarkib topishi kabi



muhim ilmiy

tushuncha va natijalarni o‘rganib, har tomonlama

rivojlanishga yo‘naltirilgan barkamol shaxsni tarbiyalab

yetishtirish qonuniyatlarini

ochib beradi.

Bolalar psixologiyasi o‘zining murakkab predmetini tatbiq

qilishda psixik taraqqiyotning asosiy qonuniyatlariga asoslanadi

hamda bola ongining ijtimoiy-hissiy, psixofiziologik jihatdan

hayotga bog‘liqligini isbotlab beradi. Tabiat va jamiyat

taraqqiyotining umumiy qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish

bolalar psixologiyasida,

bolalar


psixik taraqqiyotini o‘rganishda

va «tabiiy zot» bo‘lib tug‘ilgan bolaning inson ijtimoiy tajribasini

egallab, shaxs bo‘lib yetishishi davomida to‘g‘ri yo‘l topishga

yordam beradi.

Bolalar tarbiyasi va ta’lim olishlari, ularning qonuniy

huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-onalarning

o‘rni va javobgarligi muhim hisoblanadi. Shunga muvofiq

so‘nggi yillarda «Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat

talablari» (2017-yil, 9-iyun, 5-mh son) maktabgacha ta’lim

tayanch dasturi, «Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim», «Bola

huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya» kabi hujjatlarga asoslanish

bola shaxsini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi.

«Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari»

maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida

har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish,

ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda maktab

ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.

Davlat talablari:

– davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

– nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

– qisqa muddatli guruhlar;

– 7 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan mehribonlik uylari

va bolalar shaharchalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Davlat talablarining vazifalari:

– bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash;

– bolalarning sog‘lom va har tomonlama kamol topib

shakllanishini ta’minlash hamda unda o‘qishga intilish hissini

uyg‘otish;

227

– bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral



ta’limni tashkil etish;

– shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshirish;

– bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va

umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan

tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;

– bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashda ularning

ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda ota-onalarga

amaliy


jihatdan ko‘maklashish;

– bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, axloqiy, estetik,

intellektual,

jismoniy sifat va salohiyatlarni uyg‘otish hamda

rivojlantirish;

– bolalarni sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish;

– bolalarda mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik

xislatlarini shakllantirish;

– bolalarga dunyo haqida tushunchalar berish va tasavvurlarini

kengaytirish;

– bolalarning yoshi, individual, psixologik va jismoniy

xususiyatlari hamda qobiliyatini inobatga olgan holda ta’limtarbiya

jarayonini tashkil qilish.

Davlat talablari quyidagi sohalar bo‘yicha belgilanadi:

– jismoniy rivojlantirish va madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni

shakllantirish;

– ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish;

– nutq, savod, o‘qish va chet tillarini o‘rgatilishiga tayyorlash;

– bilish jarayonini rivojlantirish;

– badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish.

Ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish sohasi quyidagi

yo‘nalishlarga bo‘linadi:

– ijtimoiylashuv, muloqot va odob-axloq qoidalarini

shakllantirish;

– bolaning oila va jamiyatda o‘zini tutishi;

– bolada mehnat tarbiyasini shakllantirish;

– xavfsizlik asoslarini shakllantirish.

U maktabgacha ta’lim tizimining mohiyatini belgilaydi

va maktabgacha ta’lim muassasalarini mulkchilik shaklidan

qat’i nazar, barcha bolalarning tengligi va bolalir qadriyatini

saqlagan holda har bir bolaning individual rivojlanishini

ta’minlashga yonaltiradi.



Bolalar psixologiyasining fanlararo bog‘liqligi

Bolalar psixologiyasi o‘z predmetini o‘rganishda umumiy




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin