yosh davrlari psixologiyasi fani o‘zaro uzviy bog‘liq fandir.
Bolalar psixologiyasi anatomiya va fiziologiya fanlari tomonidan
qo‘lga kiritilgan yutuqlardan ham keng foydalanadi.
Bunda bolalar psixologiyasi xususan bolalar nerv sistemasi
va oliynerv faoliyatining ma’lumotlaridan foydalanmay ish
ko‘ra olmaydi. Bolalar nerv sistemasining sog‘lom rivojlanishi va
me’yoriy ishlashi bola psixikasi rivojlanishining muhim shartlaridandir.
Shuning uchun bolalar psixologiyasi mutaxassislari
bola nerv sistemasining taraqqiyot masalalari bilan bevosita tanish
bo‘lishlari lozim. Bolalar psixologiyasi pedagogika fani bilan ham yaqindan
aloqadadir. Pedagogika fani yoshlarga ta’lim-tarbiya berish
va ularni har tomonlama rivojlantirish haqidagi fandir. Bolalar
psixologiyasi ta’lim-tarbiyaning maqsadi, yo‘l-yo‘riqlari va
vazifalariga doir fikrlarni pedagogika
fanidan oladi hamda unga yaqindan yordam beradi. Bolaning aqliy taraqqiyoti qonunlaridan xabardor bo‘lish turli yoshdagi bolalar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: |