Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə96/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

-predmetlarni o‘rganishi;

-individual predmetli o‘yinlar, jamoa syujetli-rollii o‘yinlar;

-individual va guruhiy ijod;

-musobaqa o‘yinlari;

-muloqot o‘yinlari;

-uy mehnati.

Bog‘cha yoshidagi bolalai nutqni bir muncha to‘la o‘zlashtirganlari

va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga yaqin

bo‘lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo'lish

ehtiyoji tug'iladi. Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga

intila boshlaydilar. Ular endi bog‘chadagi o'rtoqlari va qo‘niqo‘

shnil;u:ning bolalari bilan ham jamoa bo‘lib o‘ynashga harakat

qiladilar. Hamma narsani bilib olishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Bog'cha

Yoshidagi bola tabiatiga xos bo‘lgan kuchli ehtiyojlajrdan yana biri,

uning har narsani yangilik sifatida ko‘rib, uni har tomonlama bilib

olishga intilishidir. Bog'cha yoshidagi bolalar hayotida va ulaming psixik jihatidan

o‘sishida qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolaning

biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham

qiziqishni bilish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan murakkab psixik hodisa

desa bo’ladi. Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola

qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishga intiladi va uzoq

vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan sliug'ullanishdan zerikmaydi. Bu

esa o’z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim xislatlami

o’stirishga va mustahkainlashiga yordam beradi. 3-7 yoshli bolalaming

psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi bo‘lgan musiqaning

iihumiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga,

musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga o’rganadilar. Ayrim bolalar haddan tashqari ko'p savollar beradilar, boshqa bir bolalar esa deyarli hech qachon savol bermaydilar. Bolalaming juda ko’plab savollar berishlari ijobiy xarakterga ega bo’lib, bu ulamingn qiziquvchanligini, faolli]gi va imstaqilligidan darak beradi. Odatda juda

passiv tortinchoq bolalar savol bermaydilar. Bunday bolalarga turli

mashg’ulotlar ekskursiyiilar vaqtida tarbiyacliining o’zi savol berishi, shu

bilan uleimi akrivlashtirib borislii lozim. Bog’cha yoshidagi bolalaming tajribalari orta borgan sari narsa va hodisalar o’rtasidgai o’zaro bog’liqlik hamda ayrim tabiiy sabablami

tushuna boshlaydilar. Masalan, katta gmuh bolalarining gaplariga diqqat

qilsak, ular shimday hodisalar haqida miilohaza yurgizishayotganlarining

guvohi bo’lamiz. “Temir og’ir narsa bo’lgani uchun suvda cho’kadi,

yog’och yengil, shuning uchun u oqadimi”, “ichi bo’sh banka yengil,

shuning uchun u cho’kmaydi”, “urug’ni yerga eksa, ko’karib chiqadi”

shu kabilar. Bog’cha yoshidagi bolalar tafakkur (fikr yuritish) jarayonida ayni

shu chog’da idrok qilayotgan narsalargina emas, balki ilgari idrok qilgan

narsalarjga ham tayana oladilar. Masalan, bolaga ilgaridan ma’lum

bo’lgan biron topshiriq yoki savol berilsa, u o’z tasavvuriga asoslanib,

qiynalmay, darhol javob qaytaradi. Chunonchi 6 yoshli bir boladan

“yong’oq suvda cho’kaciimi yoki oqadimi?” deb so’ralg.anida, u “oqadi”

deb javob bergan. Bolaning to’g’ri javob berganligiga sabab shundald, u

o’z tajribasida yong’oqni suvga tashlab ko’rgan. Ana shu tarzda bog’cha

yoshidagi bolalarda indnktiv va deduktiv xulosa chiqarishning eng sodda

formalari yuzaga kela boshlaydi. Oiladagi psixologik iqlira, ya’ni bolalar bilan bo’lgan muloqat xarakteri, ularga mexr-muhabbat bilan, diqqat-e’tibor bilan munosabatda bo’lishi

o’sib kelayotgan inson ;ahloqiy qiyofasining shakllanishida o’ta muhim

rol o’ynaydi. Shuning uchun ham bsikamol inson tarbiyasi awalo

oiladagi muhitning sog'lom bo’lishini taqozo qiladi.

Bog’cha yoshidagi bolalamiag oila a’zolariga bo’lgaa munosabatlari

o’g’il va qiz bolalardii farqlanadi. Masalan, o’g’il bolalar qizlarga

nisbatan ko’proq o’z jinsidagi oila a’zoljui - otasi, akasi, bobosiga o’zini

yaqin tutadi.Oilaning bola shaTcsi shakllanishi \a rivojlanishidagi o’rni beqiyos

ekan, oila a’zolari bokilaming psixik rivojlanishini ta’minlash uchun

oilada sog’lom munosabatlar muhitini yaratishlari lozim,

tarbiyaning eng asosiy yordamchisiga aylanishlari kerak. Bolaning psixik rivojlanishida uning boshqa bolalar bilan bo’ladigan muloqati muhim ahamiyatga egadir.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin