37-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi iqtidorli bolalar va ular bilan ishlash
Reja:
Maktabgacha yoshdagi iqtidorli bolalar faoliyati haqida
Maktabgacha yoshdagi iqtidorli bolalar va ular bilan ishlash
Bola bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘stirish borasida harakat
qilmasa eng kuchli tug‘ma layoqat ham layoqatligicha qolib,
iqtidorga aylanmaydi. Eng talantli, mashhur shaxslarning eng
buyuk ishlari, erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarning tagida ham
layoqat va asosan tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bilimga
chanqoqlik yotadi. Shuni ham unutmaslik kerakki qobiliyatsiz
odam bo‘lmaydi. Agar shaxs aldanib o‘zidagi iqtidor
yoki layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo‘lsa, u atrofdagilarga
layoqatsiz, qobiliyatsiz ko‘rinadi. Lekin aslida nimaga uning
qobiliyati borligini o‘zi vaqtida to‘g‘ri anglay olmagani sabab
bo‘lib, u bir umr shu toifaga kirib qoladi.
Qulay sharoitlar mavjud bo‘lganda, ayrim kishilarda, qobiliyatlar
juda erta rivojlanadi. Odatda musiqa va tasviriy san’atga
layoqat ancha ertaroq paydo bo‘ladi. Masalan, M.I. Glinka 3–4
yoshidayoq shunday o‘yinni yoqtirgan. U ovoz chiqaradigan
turli buyumlarni (mis tog‘ora, kastrulka) yog‘och bilan chalgan.
Bunda kattalarni hayron qoldirgan darajada ohangdosh
tovushlar paydo bo‘lganki, ularni eshitish maroqli edi. Keyinchalik
bu bola buyuk kompozitor bo‘lib yetishdi. Kishilarda
musiqa va tasviriy san’atga layoqatdan birmuncha keyinroq
adabiy qobiliyatlar paydo bo‘ladi, lekin ayrim talantli shoirlarda
bu qobiliyatlar juda erta paydo bo‘ladi. Masalan, A. Na223
voiy besh yoshiga, A.S. Pushkin, Lermontov va Nekrasov hali
10 yoshga to‘lmasdanoq she’r yoza boshlagan.
Qobiliyat turlari
Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo‘ladi. Umumiy qobiliyatlar
mavjud bo‘lganda kishi faoliyatining turli xillari bilan
muvaffaqiyatli shug‘ullana oladi. Umumiy qobiliyatga
ega o‘quvchilar odatda barcha fanlardan yaxshi va qiynalmay
o‘qiydilar. Maxsus qobiliyatlar
kishiga qandaydir bir muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanish imkonini beradi. Masalan matematik, texnikaviy, adabiy, musiqaviy, tasviriy va
boshqa qobiliyatlar bo‘ladi. Har bir ongli inson qobiliyati va zehni ustida ilk yoshligidan
boshlab, «yuragi chopgan» ish bilan shug‘ulansa va
undan qoniqish olib qobiliyatini o‘stirishga imkoniyat topib,
yutuqlarga erishsa, biz uni iqtidorli deymiz. Iqtidor insonning
o‘z xatti-harakati, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan
subyektiv munosabatidir. Iqtidorli odam genial yoki talantli
bo‘lmasligi mumkun, lekin u har qanday ishda mardlik,
chidamlilik o‘z-o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fazilatlarga
ega bo‘lib, ishni sidqidildan bajaradi. Ular ana shunday
harakatlari bilan ba’zan o‘ta iste’dodli, lekin kam harakat
kishilardan ko‘ra jamiyatga ko‘proq foyda keltiradilar. Iqtidorli
insonda iste’dod sohibi bo‘lish imkoniyati bor. Iste’dod har
tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir.
U tinimsiz mehnat, o‘z qobiliyatini takomillashtirib
borish yo‘lida barcha qiyinchiliklarni yengish, irodasi va butun
imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida qo‘lga kiritiladi.
Biror faoliyatning, ayniqsa muvaffaqiyatli, mustaqil va original
tarzda bajarilishini taqozo qiladigan zo‘r qobiliyatlar birikmasi
Dostları ilə paylaş: |