Nazorat savollari:
1. Qobiliyat deb nimaga aytiladi? U nimalarda namoyon
bo‘ladi?
2. Layoqat nima?
3. Qobiliyatning qanday turlari bor?
4. Iste’dod va iqtidor haqida tushuncha bering, ularning
farqi nimada?
Uyga vazifa VENN- diagrammasida ishlash
39-Mavzu: Qobiliyatlarning nerv va fiziologik asoslari
Reja:
Qobiliyatlarning nerv va fiziologik asoslari
Bolalarda qobiliyatning namoyon bo’lishi
Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo‘ladi. Umumiy qobiliyatlar
mavjud bo‘lganda kishi faoliyatining turli xillari bilan
muvaffaqiyatli shug‘ullana oladi. Umumiy qobiliyatga
ega o‘quvchilar odatda barcha fanlardan yaxshi va qiynalmay
o‘qiydilar. Maxsus qobiliyatlar
kishiga qandaydir bir muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanish imkonini beradi. Masalan matematik, texnikaviy, adabiy, musiqaviy, tasviriy va
boshqa qobiliyatlar bo‘ladi. Har bir ongli inson qobiliyati va zehni ustida ilk yoshligidan
boshlab, «yuragi chopgan» ish bilan shug‘ulansa va
undan qoniqish olib qobiliyatini o‘stirishga imkoniyat topib,
yutuqlarga erishsa, biz uni iqtidorli deymiz. Iqtidor insonning
o‘z xatti-harakati, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan
subyektiv munosabatidir. Iqtidorli odam genial yoki talantli
bo‘lmasligi mumkun, lekin u har qanday ishda mardlik,
chidamlilik o‘z-o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fazilatlarga
ega bo‘lib, ishni sidqidildan bajaradi. Ular ana shunday
harakatlari bilan ba’zan o‘ta iste’dodli, lekin kam harakat
kishilardan ko‘ra jamiyatga ko‘proq foyda keltiradilar. Iqtidorli
insonda iste’dod sohibi bo‘lish imkoniyati bor. Iste’dod har
tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir.
U tinimsiz mehnat, o‘z qobiliyatini takomillashtirib
borish yo‘lida barcha qiyinchiliklarni yengish, irodasi va butun
imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida qo‘lga kiritiladi.
Biror faoliyatning, ayniqsa muvaffaqiyatli, mustaqil va original
tarzda bajarilishini taqozo qiladigan zo‘r qobiliyatlar birikmasi
iste’dod deyiladi. Ijodiy faoliyatga qobiliyatli kishilarni
talantli kishilar jumlasiga kiritish mumkin. Bunday kishilar ijtimoiy
munosabatlar sohasida o‘z davrining progressiv g‘oyalarini
juda muvaffaqiyatli ravishda amalga oshiradilar, adabiyot va
san’at sohasida hozirgi zamonning ilg‘or tafakkuri darajasidagi
mukammal asarlarni yaratadilar, fan va texnika sohasida ular
murakkab nazariy va amaliy vazifalarni yaxshi hal etadilar.
Talantlilikning yuqori bosqichi daholik deb ataladi. Ijtimoiy
hayotda fan, adabiyot, san’at va shu kabi sohalarda
prinsipial ravishda yangi biror narsa yaratgan kishilar daholar
(geniy) deb hisoblanadilar. Genial kishilar ijodining mahsuli
faoliyatning biror sohasini rivojlantirishda muhim bosqich
hisoblanadi. Genial kishilar insoniyat taraqqiyotida yo‘l
ko‘rsatuvchi bosqichlar bo‘lib xizmat qiladilar, tarixiy shaxsga
aylanadilar. Iqtidorli bolalar va o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha davlat ishlari sobitqadamlik bilan olib borilmoqda.
Iste’dodli o‘smir va o‘spirin yoshlarni izlab topish, ularga
ko‘maklashish, ularning qobiliyatini va iste’dodini o‘stirish
bo‘yicha fondlar tashkil etildi. Qobiliyatli
yoshlarni chet ellardagi yetakchi o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarda
o‘qitish va stajirovka o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bolalarning oilada tarbiyalashni
tashkiliy psixologik-pedagogik uslubiy jihatdan
ta’minlash, o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini
hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi,
sohalashtirish, tabaqalashtirish, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |