N. A. Egamberdieva



Yüklə 6,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/68
tarix20.11.2023
ölçüsü6,31 Mb.
#165799
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68
portal.guldu.uz-Arxeologiya

Obishir 
1 g‘or-makoni 
Haydarkon 
shaharchasidan 
4-5 
km 
sharqda 
joylashgan. U eming madaniy qatlamlaridan 
mikrolitlar, 
bigizlar, qirg‘ichlar, pichoq 
qadamalari, nukleuslar topilgan. Ular 
boshqa joylardan topilgan mezolit davri qurollariga o‘xshaydi.
Obishir 
V
g ‘o r- makoni 
esa Obishir 1 dan 200 metrcha g‘arbda 
joylashgan. U erda 3 ta madaniy qatlam aniqlangan. U erdan topilgan 
mehnat qurollarining ishlanish texnikasi Obishir 1 ga o‘xshaydi. U 
eming quyi madaniy qatlamlaridan oq-qora va kul rang chaqmoq- 
toshdan yasalgan mikrolitlar — paraqalar, pichoq qadamalari, qirg'ichlar, 
keskichlar, teshgichlar, o‘roq-randalar va turli shakldagi nukleuslar 
topilgan. Shuningdek, bu erdan yovvoyi hayvonlaming parchalangan va 
sindirilgan suyaklari ham topilgan.
Keyingi yillarda Markaziy, Janubiy va Sharqiy Farg‘ona erlaridan 
mezolit davri makonlari ko‘plab topilgan. Markaziy Farg‘onadan bu 
davriga oid lOOga yaqin joydan makonlar topilgan. Ulardan Ittak 
qal’a, Sho‘rko‘l, Achchiko‘1, Yangiqadam, Bekobod, Zambor, Bosqum- 
lar diqqatga sazovordir. U erlardan har xil shaklda retushlangan va 
retushlanmagan nukleuslar, qirg‘ichlar, paraqalar, mayda geometrik 
qurollar topilgan. Bu erda ko‘proq mayda nukleuslar uchrab, yirik 
nukleuslar deyarli uchramaydi. Daryo toshlaridan olingan uchrindilar 
ham bor. Bu erdan topilgan mehnat qurollari qora, yashil, jigarrang 
chaqmoqtosh, slanec va boshqa toshlardan yasalgan. Bu yodgorliklar 
ochiq joydagi makonlar boMib, madaniy qatlamlar yo‘q. Tadqiqot- 
chilar fikricha, Markaziy Farg‘onadagi ilk va so'nggi mezolit davri 
makonlar o‘sha vaqtning o ‘zidayoq tashlab ketilgach, buzila boshlagan. 
Hozirda bu joylar keng qum barxanlari ostida qolgan. Lekin mezolit va 
neolit davrlarida bu erlarda ko‘llar bo‘lgan. Ibtidoiy odamlar shu ko‘l 
sohillarda yashaganlar. Termachilik, ovchilik, baliqchilik bilan shug'ul- 
langanlar.
Markaziy Farg‘onada faqat tosh davri yodgorliklar mavjud. Boshqa 
davrlarga oid yodgorliklar va madaniy qatlamlar yuq.


Tadqiqotchilar Markaziy Farg‘onadagi mezolit davri yodgorliklarini
2 guruhini aniqlab, uning rivojlanishidagi ilk va so'nggi bosqichini 
aniqladilar. Ilk mezolit davri miloddan avvalgi IX—VII yilliklarga oid 
bo'lib, unga Ittak qal’a 2, Achchiqko‘1 
1,7, YAngi qadam 1,2 va 
Toypoq 1 makonlari kiradi.
Markaziy Farg‘onaning so‘nggi mezolit davri miloddan avvalgi VI 
ming yilliklarga mansub. Unga Achchiqko‘1, Bekobod 3,4, Sho‘rko‘l 1,
2, Madyor 11, Zambar 2, Toypoq 3,5,7 va boshqa joy makonlami 
kiritish mumkin.
Markaziy Farg‘onadagi yashagan mezolit davri qabilalari xo‘jalik 
hayotida 
ovchilik va termachilik bilan bir qatorda baliqchilik ham 
muhim rol o'ynagan. Bunga ularning ko‘llar yoqasida istiqomat 
qilganliklari imkoniyat yaratgan.
Yuqoridagilardan 
shuni xulosa qilib aytish mumkinki, 
mezolit 
davrida Janubiy va Markaziy Farg‘ona hududlarining qulay geografik 
sharoiti mazkur joylarda ibtidoiy kishilaming keng tarqalib yashashlari 
uchun imkoniyat yaratgan.
M achay g‘or makoni mezolitning so'nggi bosqichiga oid yodgorlik 
bo‘lib, u 
Hisor tizmasining 
Ketmonchopti 
tog‘ining janubidan 
Machay daryosining o‘ng sohilidan topilgan.
G‘or-makon ko‘p qatlamli bo‘lib, u erdan ko‘p miqdorda tosh 
qurollari va oz miqdorda suyakdan yasalgan mehnat qurollaar ham 
topilgan. Suyak qurollar 15 nusxada boMib, ular bigiz, igna, so‘zan va 
boshqalardir. G'oming madaniy qatlamlaridan jami 870ta toshdan 
yasalgan mehnat qurollari topilgan. Ular har xil shakldagi nukleuslar, 
retushlangan va retushlanmagan paraqa va paraqachalar, tosh pichoqlar. 
arrasimon qurollar, keskich, ushatgich toshlar, nayza va o ‘q uchlari, 
trapesiyalar, sigmentlar va boshqa xil qurollar topilgan. Machay 
g‘oridan topilgan qurollaming ishlanish texnikasi, katta kichikligi 
Tojikistonning Vaxsh daryosi havzasidagi, Markaziy Farg'ona va 
Toshkent vohasidagi mezolit qurollariga ancha o‘xshab ketadi. Lekin 
ularning o'ziga xos jihatlari ham bor.
Machay g‘orining madaniy qatlamlaridan antropologik materiallar 
- odam bosh suyaklari, tishi, ja g ‘i va boshqa a’zolarining suyak 
qoldiqlari 
topilgan. Haligacha 0 ‘rta Osiyoning mezolit davriga oid 
yodgorliklaridan bunday topilmalar topilgani yo‘q. Shu jihatdan 
Machaydan topilgan odam suyaklari juda katta amaliy va ilmiy 
ahaniiyatga egadir. Tadqiqotlar natijasida kalla suyaklarining biri ayol 
kishiga. biri erkak kishiga va uchinchisi yosh bolaga mansub ekanligi


aniqlandi. Antropologik materiallami chuqur o‘rganish asosida, ularning 
qaysi irqqa mansub ekanligi aniqlandi. Ularning hammasi evropoid 
irqiga mansub deb topildi. Bu materiallar O'zbekistonning eng qadimgi 
aholisini, uning tashqi qiyofalarini aniqlashda muhim manba boMib 
xizmat qiladi.
G 'om ing madaniy qatlamlarini qazish jarayonida antropologik 
materiallar bilan bir qatorda xilma-xil hayvonlarning suyaklari -
paleontologik materiallar ham topildi. Palezoolog B. Botirov Machay 
g'oridan 20 xildan ortiq hayvon suyaklarini topdi. Ular qizil bo‘ri, 
tulki, bars, mo‘ynali suvsar, quyon, jayra, olmaxon, 
dalasichqon, 
to ‘ng‘iz, Buxoro bug‘usi, ayiq, echki, toshbaqa va boshqa yovvoyi 
hayvonlarga mansub boMgan. Machayliklar asosan arhar va jayron 
ovlaganlar.
G ‘ordan 
hayvon suyaklarining topilishi bu erda yashagan mezolit 
davri kishilari ovchilik va termachilik shug‘ullanganliklarini bildiradi. 
Tadqiqotlar g‘oming mil.av. VII - VI ming yilliklarga mansub 
ekanligini ko‘rsatdi.
A yrtom yodgorligi janubiy 0 ‘zbekistondagi mezolit davri yodgor- 
iklaridan biri hisoblanadi. U Termizdan 18 km sharqda, Amudar- 
yoning o‘ng sohilida joylashgan ko‘p qatlamli yodgorlikdir. Bu erdan 
mezolit davriga oid tosh qurollar, nukleuslar, pichoqsimon paraqalar, 
uchrindilar, qirgMchlar, teshgichlar, tosh parmalagichlar, o‘q va nayza 
uchlari topilgan. Ular Obishir, Tutqovul, yodgorliklaridan topilgan tosh 
qurollariga o ‘xshab ketadi.
Qoyatoshlarga chizilgan rasmlar ibtidoiy odamlarning dunyoqa- 
rashi bilan bogMiq. Qoyatosh rasm lari O'zbekistonning togMik tuman- 
larida keng tarqalgan. Qoya toshlarga rasmlar ikki usulda chizilgan: 
1- har xil bo‘yoqlar (oxra) 
bilan, 2- urib - o‘yish yoMi bilan. 
0 ‘zbekistonda urib-o‘yib chizish usuli bilan ishlagan rasmlar, ya’ni 
petrogliflar juda keng tarqalgan. Bo'yoqlar bilan ishlangan rasmlar juda 
kam uchraydi.
0 ‘zbekistonda qoya tosh rasmlarini o'rganish ishi asosan XX asming 
30 yillaridan boshlangan. Bu sohada G.V.Parfyonov, A.P.Okladnikov, 
J.Kabirov, X.Botirov, M .Xo‘janazarov, Yu.Buryakov va boshqalaming 
xizmatlari kattadir.
O ‘zbekistondagi qoyatosh rasmlarining eng ajoyib namunalariga 
Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Qorachorvoqsoy, Ko‘ksaroy, Ilonsoy, 
Teraklisoy, Tutlisoy, Sho‘rbuloqsoy, Xo‘jakent va boshqalami kiritish 
mumkin. Ular jami 100 dan ortiq joydan topilgan.


Mazkur joylardagi qoyatosh suratlarda turli hayvonlaming tasvirlari, 
odamlaming harakatlari, ov manzaralari aks etgan. Ko‘pincha bu 
tasvirlarda o‘sha davr odamlarining diniy qarashlari bilan bogMiq 
tushunchalar aks etgan. 0 ‘zbekiston hududidan topilgan eng mashhur 
yodgorlik Zarautsoy yodgorligi bo‘lib, unda buqa va echkilami ovlash 
manzarasi aks etgan. Tadqiqotchilar fikricha, bu yodgorlik mezolit va 
neolit davrlariga, ya’ni mil.aw. VIII-IV ming yilliklarga mansubdir.
Qoyatoshlarga ishlangan tasvirlar arxeologik yodgorliklaming bir turi 
sifatida ajdodlarimiz madaniyati tarixini o ‘rganishda juda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Qoyatosh rasmlari 
orqali qadimgi davr 
kishilarining xo‘jalik hayoti haqida, hayvonlami ov qilish, qo‘lga 
o'rgatish va xonakilashtirish, chorvachilikning vujudga kelishi, uning 
turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Shuningdek, qoyatosh 
rasmlari qadimgi ota-bobolarimizning g ‘oyaviy qarashlari va diniy 
e’tiqodini 
0
‘rganishda juda muhim tarixiy manba hisoblanadi.
O‘zbekiston hududida mezolit davri jam oasi geografik sharoiti qulay 
boMgan dasht, tekisliklar, ko‘1, daryo sohillarida, togMi hududlarda 
yashab, ovchilik, baliqchilik, termachilik 
bilan 
shug‘ullaganlar. 
Paleolit davrga nisbatan bu davrda tosh qurollarini ishlash texnikasi 
takomillashgan, qurollarining turlar ko‘paygan, sifati yaxshilangan. Bu 
esa xo'jalikning rivojlanishiga va odamlar tafakkurining o‘sishiga olib 
kelgan. Bu hoi ibtidoiy jamoa tuzumining keyingi rivoji uchun asos 
yaratib bergan.
Mavzuni m ustahkam lovchi savollar:
1. Mezolit davrida iqlimning o‘zgarishi insonlar hayotiga qanday 
ta’sir ko‘rsatdi?
2. Qanday mehnat qurollari paydo boMdi?
3. Ko‘shilish fnakonining o‘ziga xos tomonlarining tushuntirib 
bering?
4. Farg‘onadan qanday makonlar topilgan?
5. Machay g‘or makoni topilmalarining ahamiyatini tushuntiring?
6. Mezolit davri yutuqlari nimalardan iborat?
7. Obishir makoni haqida ma’lumot bering?
M avzuni m ustahkamlashda quyidagi pedagogik texnologiya 
usuiidan foydalanish mumkin.
C harxpalak texnologiyasi. Maqsad: talabalarni dars jarayonida 
mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlarini mustaqil ravishda bayon eta olish.


o ‘zlarini baholash hamda yakka va guruhlarda ishlashga, boshqalar 
fikriga hurmat bilan qarashga, ko‘p fikrlardan kerakligini tanlab olishga 
o ‘rgatish.
0 ‘tkazish texnologiyasi:
1. Talabalar (sharoitga qarab) guruhlarga ajratiladi.
2. 0 ‘qituvchi mashg‘ulotni o‘tkazish qoidalarini tanishtiradi.
3. Tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi.
4. Dastlab guruh a’zolari yakka tartibda berilgan vazifani ishlab 
chiqishadi va tarqatma materialning o‘ng tomoniga o‘z belgisini yoki 
ismi familiyasini yozadi. Talaba to‘g‘ri deb bilgan javobini + belgisi 
bilan ruchkada belgilab chiqadi. 10 daqiqa ajratiladi.
5. Bajarilgan vazifa boshqa guruh a’zolari bilan almashtiriladi. Ular 
ham tarqatma materialning chap tomoninga o‘zining belgisi yoki ismini 
yozib, qaytadan x belgisi bilan to‘g‘ri javobini belgilaydilar. Unga 5 
daqiqa ajratiladi.
6. Tuzatilgan, o ‘zgartirilgan materiallami yana bir marta guruhlar 
bo‘yicha almashtirish mumkin (guruhlar soniga qarab).
7. Oxirgi almashishdan so‘ng har bir guruh a’zosi 
0
‘zlari ilk bor 
to‘latgan materialni tanlab oladilar va unda belgilangan javoblar 
taqqoslanadi va tahlil qiladilar.
8. 0 ‘qituvchi tarqatma materialda berilgan to‘g‘ri javobni o‘qiydi va 
talabalar ularni o‘z javoblari bilan solishtirib boradilar.
9. Har bir talaba to ‘g ‘ri javob bilan belgilangan javoblar o‘rtasidagi 
farqni aniqlab, to‘plagan balini xisoblab, o‘zini o‘zi baholaydi.
10. Talabalaming baholari sinf jumaligi qayd qilinadi va mashg'ulot 
to ‘g‘risida o‘qituvchi o ‘z fikr va mulohazalarini bildiradi.

Yüklə 6,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin