22-modda. O chiq varaq va ruxsatnoma berish tartibi hamda shartlari Ochiq varaq berish tartibi va shartlari, uning shakllari namunalari
maxsus vakolatli m uassasa tomonidan tasdiqlanadi.
Ruxsatnoma berish tartibi va shartlari 0 ‘zbekiston Respublikasi
Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan belgilanadi.
23-modda. O chiq varaqning shakllari va am al qilish muddati Arxeologiya tadqiqotlarining xususiyatiga qarab ochiq varaq
quyidagi shakllarga eg a bo‘ladi:
arxeologiya qazishm alarini amalga oshirish huquqini beruvchi
1-shakl;
uncha katta boMmagan maydonlami (bir arxeologiya obyektida
20 kv. m etrgacha) qazib ochgan holda arxeologiya qidiruvlarini amalga
oshirish
va
arxeologiya
merosi
obyektlarining
tarixiy-madaniy
ekspertizasini o ‘tkazish hamda arxeologiya nazoratini amalga oshirish
doirasida er uchastkalarini tadqiq etish huquqini beruvchi 2-shakl;
arxeologiya obyektida biron-bir er qazish ishlarini bajarmagan holda,
arxeologiya qidiruvlarini amalga oshirish (bundan ochilib qolgan
joylarda cheklangan tozalash ishlari m ustasno) huquqini beruvchi
3-shakl;
er qazish, qurilish ishlari chog‘ida emirilayotgan yoki avariya
holatida boMgan arxeologiya obyektida uning emirilishi xavfini bartaraf
etish maqsadidagi muhofaza-qutqaruv qazishmalarini amalga oshirish
huquqini beruvchi 4-shakl.
1 va 4-shakllar bo'yicha ochiq varaqlar muayyan arxeologiya
obyektlarida arxeologiya qazishmalarini amalga oshirish uchun beriladi.
2 va 3-shakllar b o ‘yicha ochiq varaqlar 0 ‘zbekiston Respub-
likasining tegishli m a’muriy-hududiy birligi va zarur boMgan hollarda,
muayyan
arxeologiya
obyekti
ko‘rsatilgan
holda,
arxeologiya
qidiruvlarini amalga oshirish uchun beriladi.
Berilgan sanasidan qat’i nazar, ochiq varaqning amal qilish muddati
kalendar yilning so‘nggi kunida tugaydi.