N. A. Egamberdieva



Yüklə 6,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/68
tarix20.11.2023
ölçüsü6,31 Mb.
#165799
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68
portal.guldu.uz-Arxeologiya

dehqonlar 
ko‘shklarda 
iste’qomat qilganlar. Bu yangi davming yangi m e’moriy binosi boMgan. 
Bugungi kunda ko‘shklaming harobalari butun 0 ‘zbekiston bo‘ylab, 
tuproq-qo‘rg‘onlar tarzida uchraydi. K o‘shklari ko‘pincha to‘g ‘ri 
to‘rtburchak shaklida, baland platforma ustiga qurilib, atrofi xandak 
bilan o‘ralgan va mustahkam mudofaa devori bilan o‘rab olingan. 
Ko‘shk bitta feodal oila yashashiga moslab qurilgan, u alohida suv bilan 
ta’minlangan. Ko‘shk xom g‘isht, paxsa, y o g ‘och va tog‘ toshlardan 
qurilgan. Xonalaming devorlari mayin som onshuvoq va maxsus ganch 
bilan sayqallangan.
Ilk o'rta asrlarda hunarmandchilik va savdo aloqalari rivojlandi. Bu 
o ‘z navbatida 
qadimiy shaharlarning 
yanada taraqqiy etishiga va 
yangi shaharlarning bunyod etilishiga imkon yaratdi.
Ilk o ‘rta asrlardagi shaharlar yozma m anbalarda 3 qismdan iborat deb 
berilgan boMsada, arxeologik tadqiqotlar ularning 2 qismdan ark va 
shahristondan iborat ekanligini ko‘rsatgan.
Ark barcha shaharlarda boMib, o ‘zning mahobatliligi bilan ajralib 
turgan. Odatda arklar tuproq va loydan k o ‘tarilgan tepaliklar ustiga 
qurilgan. Atrotl mudofaa inshooti sifatida chuqur handaklar bilan o ‘rab 
olingan. So‘ng mustahkam poydevor ustiga xom g ‘isht va paxsadan q asr


qurilgan. T urar jo y binolari esa, katta kvadrat tarzidagi xonadan va 
uning atrofi uzunchoq va to ‘rtburchak xonalardan iborat bo‘lgan. 
Kvadrat xonalar gum baz bilan yopilgan. Katta xonaning o‘rtasida to ‘rtta 
ustun joylashtirilib, y o g ‘och to‘sinlar bilan yopilgan. Uning markazi esa, 
to ‘rtburchak shaklida ochiq qoldirilgan. Tadqiqotchilar fikricha, bu katta 
xonalar m ehm onxona va hovli rolini bajargan.
Ilk o ‘rta asrlarda shahar hunarmandchiligi keng rivojlangan. 
Choch, Samarqand, Buxoro, Poykent va janubiy So‘g‘d shaharlari o‘sha 
kezlardayoq yirik savdo-sotiq markazlari hisoblangan. Bu shaharlarda 
hunarmandchilikning kulolchilik, shishasozlik, metallurgiya va to'qim a- 
chilik sohalari yuksak darajada rivojlangan boMib, ular ko‘p hollarda 
tashqi savdo uchun m ahsulot chiqarganlar.
M ingo‘rik - Toshkent shahrining 
Shimoliy Temir Yo‘l vokzali 
yonidagi Salor kanaliga yaqin joylashgan. M ingo‘rik yodgorligi I—XIII 
asrlarga oid qadim iy shahardir. Tarixiy manbalarga ko‘ra, uning hududi 
35ga bo‘lganligi aniqlangan.
M ingo‘rik 
nomi qadim iy obidaga nisbatan XIX asrda berilgan. 
Ilgarilari uni m axalliy axoli Afrosiyob nomi bilan atagan. Arab yozma 
manbalarida bu shahar «M adinat ash-Shosh» nomi bilan tilga olinsa, 
boshqa yozma m anbalarda «Choch», xitoy yozm a manbalarida « D je- 
She» va «Shi» deb nom langan.
Shahar qalin paxsa va xom gMshtdan qilingan mustaxkam mudofaa 
devori bilan oM'algan. Shahriston ichida ham mustahkam mudofaa 
inshootlariga ega boMgan 
baland ark-qasr 
boMgan. U zinapoyalar 
shaklidagi to ‘g ‘ri burchakli minoralarga ega boMgan. A rk-qasr 
0,5 
gektarni, shahriston 15 gektar maydonni egallagan.
M ingo‘rikda dastlab 1896 yil E.T.Smirnov, N.S.Likoshin tomonidan, 
1912 yilda esa Turkiston arxeologiya xavaskorlar to‘garagi a ’zolar 
tomonidan arxeologik tadqiqot ishlari olib borilgan. Keyinchalik 1920 
yillarda M .E.M asson, 1968 yillarda Toshkent arxeologik ekspeditsiyasi 
tadqiqot ishlarini davom qildirganlar.
Shaharga dastlab mil.av.I asrning oxiri va mil. I asrning boshlarida 
asos solingan. Shu vaqtda uning dastlabki m udofaa devori tiklangan. 
Xom gMshtdan tiklangan devom ing qalinligi 9 metmi tashkil etgan. 
Lekin shaharning tez o ‘sib borishi uning hududining kengayshiga olib 
kelgan. Natijada mil. VI asrga kelib, M ingo‘rik shahri Toshkentning ilk 
o‘rta asrlar davri shaharlaridan biriga aylangan markaz shahri o'rnini 
egallagan va bu erda shahar hokimining qarorgohi - qasri bunyod 
etilgan.


Tadqiqotlar natijasida shaharda hayot uch asosiy davrda davom 
etganligi aniqlangan:
1-davr 
mil. I-IV asrlarga mansub bo ‘lib, bu davrga oid uzun 
yoMakli, ikki qatorli qal’a devorlari qoldig'i topilgan. Devor tashqarisida 
to‘rtburchak shaklda burj va m o‘lalar bo‘lib, ularning orasi 12 metrga 
teng boigan . Bu davrda shahar hunarmandchilik va savdo sotiq markazi 
sifatida nom chiqargan.
2-davr V-VI asrlarga oid bo‘lib, bunda shahar tez sur’atlarda 
rivojlanib, axoli soni oshib borgan. Shu davrda shahar ark va 
shahristonga ega boMgan yirik markazga aylangan. VI asr oxirlaridan 
esa shahar Chochning poytaxtiga aylangan.
3-davr VII-VIII asrlarga oid boMib, bu davr shahaming eng 
yuksalgan davri boMgan. Bu davrda muxtasham saroy barpo etilgan. Shu 
davr saroyi birmuncha toMiq o ‘rganilgan. Saroyda ko ‘plab xonalar, zal, 
keng daxlizlar va omborxonalardan iborat boMgan. Xona devorlari turli 
bezaklar, haykaltaroshlik namunalari bilan bezatilgan. Bu erdan 
muqaddas olovga sigMnish bilan bogMiq buyum lar ham topilgan. 
Shahristondan axoli turar joylarining izlari, hunarmandchilik ustaxonasi 
qoldiqlari topilgan.
Shoxruxiya sh a h ri 
Toshkent viloyati O qqo‘rg ‘on tumani Sultan 
Segizbaev jam oa xo‘jaligi hududida Sirdaryoning o ‘ng qirg‘ogMda 
joylashgan.
U dastlab 1876 yilda D.K.Zacepin va N. Pandusovlar tomonidan 
qayd qilingan. 
1934 yilda M.E. Masson, 
1970-1980 yillardan 
Yu.F.Buiyakov tomonidan keng arxeologik tadqiqot ishlari olib 
borilgan. Tadqiqot natijasida shaharda 3 ta shahriston borligi, ilk mada­
niy qatlamlari Qovunchi 1 va Qovunchi 2 davrlarida shakllanganligi 
aniqlangan.
Shoxruxiya m il.aw . Ill—II asrlarda vujudga kelgan boMib, XVIII 
asrlargacha shaharda hayot davom etgan. Umumiy maydoni 400 

Yüklə 6,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin