ishlatilgan asosiy g ‘ishtning razmeri
23x23x3 sm, kichkina g‘ishtlar
12x12x3 sm, yirik g ‘ishtlam ing o'lchami 60x63x6,5 sm boMgan.
M aqbaraning qurilish
uslubi
ilk o ‘rta asrlardagi
otashparastlar
ibodatxonasining olovxonasiga o ‘xshaydi.
Samarqand viloyati Tim qishlog‘idagi A ra b -o ta m a q b a ra si ham bu
davrga oid diqqatga sazovor binolardan biridir. Bu maqbarada dastlabki
p esh to q namunalari uchraydi. Maqbaraga kirish bir tomonlama, peshtoq
orqali bo‘lib, u butun sharqiy devomi egallagan. Peshtoqning ustki qismi
ravoqlar bilan bezatilgan. A rab-ota maqbarasi P.Sh.Zoxidov fikricha,
oldin somoniylar qasrining bir qismi boMgan keyinchalik maqbaraga
aylantirilgan.
Umuman, X I-X II asrlarga oid maqbaralar 0 ‘rta Osiyo hududida ko‘p
saqlanib qolgan. Ularning qurilish uslublari bir-biriga yaqin. M aqbaralar
orasida chodirsimon gum baz bilan yopilganlari alohida ajralib turadi.
Bu turdagi gum bazlar Pokiston, Xindiston va boshqa mamlakatlarda
«gum bazi turkistoni» deb nomlanadi. Gumbazi turkistoni bilan yopilgan
m aqbaralar turkum iga
Qadim gi Toroz (hozirgi Jam bul) yaqinidagi
Bobaji Xotun, K o‘hna Urganchdagi Faxriddin Roziy va Sulton Tekesh
maqbaralarini misol qilish mumkin.
IX -X II asrlarda m asjidlar qurilishiga ham alohida e ’tibor berganlar,
chunki u islom dinining asosiy g ‘oyaviy markazi hisoblangan. Ular
xuddi turar joylardek, hovli atrofmi o‘rab olgan ayvon ko‘rinishiga ega
boMgan. E ’tirof etishlaricha, Muhammad payg‘ambar, dastlab ibodatgoh
sifatida onasining uyidan foydalangan ekan. M asjidlam ing bir tomonida
m ehrob bo‘lib, ular ham alohida bezatilgan. Shuningdek, masjidlar
yonida azon aytish uchun minoralar bunyod qilingan. Lekin ularning
ko'pchilik qismi saqlanib qolmagan. Ko‘hna Urganch, Termiz, Buxoro,
Vobkent va Jarqo‘tondagi m inoralar bizning davrim izgacha etib kelgan.
Jarqo‘tondagi m inora Serakslik usto Ali
ibn M uhammad tomonidan
qurilgan. Uning balandligi 21,6
Dostları ilə paylaş: