borib ko‘mishgan. Bu joydan g‘oyat boy s k if qabrlari topilgan. Lekin
ularning barisi talab ketilgan.
Gerodotning xikoyasi bo‘yicha,
qabrga
podshoning ayollari,
jangchilari, qullari, otboqarlari va otlari o ‘ldirilib birga ko‘milgan.
Shuningdek, bu erda ularning diniy e ’tiqodi bilan bog‘liq turli
xayvonlaming oltin haykalchalari (bug‘u tasviri ko‘plab topilgan),
kumush idishlari
va sopol buyumlari
ham qo'yilgan. Soloxa,
Chertomlik, Kuloba m ozor-qo‘rg‘onlari bularga misol bo‘la oladi.
C h ertom lik m o z o r- qo‘rg‘oni - quyi D nepr bo‘yida joylashgan.
Uning balandligi 20 metr, aylanasi esa 350 m etr boMgan. Chertomlik
qo‘rg‘oni buyumlari skiflar davridayoq o‘gMrlab ketilgan boMsada, b a’zi
narsalar saqlanib qolgan. Kamon o'qlari saqlanadigan oltidan ishlangan
gMlof topilgan. Unda yunonlar xudosi Axil hayotidan tasvirlar aks etgan.
Bu erdagi skif podshosi malikasining xonasi toMiq saqlangan. M alika
oltinlar bezatilgan holda yotgan. Yonidan kum ush lagan va balandligi 1
m keladigan vaza topilgan.
Vazada
o ‘simliklar, qushlar, otlarni
bezayotgan skiflar aniq tasvirlangan. Lekin bu yunonlar uslubida
ishlangan. Mil.av.II asrgacha skiflarda m atriarxat tuzunii hukmronlik
qilgan. Bu davrda ko‘chmanchi chorvadorlar orasida sarmatlar,
keyinchalik alanlar hukmron boMganlar. Sarm atlarning qilichi 1
metr va
undan uzunroq boMgan va otda chopishga qulay boMgan. Dastasi
yog‘ochdan ishlangan. 0 ‘qlari esa tem irdan ishlanib. uch parrakli
shaklini saqlab qolgan. Sarmatlar tom onidan siqib chiqarilgan skiflar
m il.aw . II asrda Qrimga ko‘chib kelib, o ‘z davlatlariga asos solganlar.
Ularning markaziy shahri Neopol boMgan.
Shahar tosh devor bilan
o ‘ralgan. Uylar ham toshdan yasalgan. S k if zadogonlari maqbaralari
ham toshdan ishlangan. Shuningdek, qoya tosh ichiga o‘yilgan daxm alar
ham topilgan. Ularning barchasi talangan boMsada, u davr to‘g‘risida
qimmatli ma’lumotlar beradi.
Rossiya hududida mil.av VII-I1
asrlarga oid Volga, Oka daryolari
bo‘ylarida Dyakovo yodgorligi va Kama bo‘yidan Ananino yodgorligi
topilgan. Bu erning axolisi asosan chorvachilik (yilqichilik), qisman
dehqonchilik bilan shug‘ullangan.
Dyakovo yodgorligidan ertoMalar, tem ir o ‘roqlar, yorg'uchoqlar,
urchuqtoshlar topilgan. Bu erdan asosan suyakdan ishlangan m ehnat
qurollari topilgan. A nanno yodgorligidan esa katta urug‘ iste’qom at
qilgan uzunasiga solingan uylar qoldigM topilgan. Ularning dafn
marosimlari axoli o ‘rtasida mulkiy tabaqalanish boshlanganligini
ko‘rsatadi.
Boylarning qabrlarida turli zeb-ziynatlar,
qurol yarogMar
bor. Oddiy odam larilam ikida esa bunday buyum lar kam uchraydi,
ba’zilarida esa um um an y o ‘q.
Sibiming tem ir davri yodgorliklaridan Sayan va Oltoy yodgorliklari
mashxurdir,bu hududlar unum dor va metallga boy boMgan. Sibirliklar
tem ir bilan m il.aw . Y asrdan tanishishgan. Aholisi lalmi dehqonchilik
bilan shug‘ullangan. Bu davrga oid ko‘plab qoyatosh suratlari saqlanib
qolgan. Ularda dehqonchilik bilan bogMiq jarayonlar, axolining turmush
tarzi aks etgan. Boyari to g ‘idagi suratda 3ta y og'och va bitta paxsa uy va
o ‘tov rasmi solingan. Uning chap tomonida echki va bug'ulam i haydab
kelayotgan cho‘pon tasviri bor. Bundan arxeologlar bu erning axolisi
chorvachilik bilan ham shug‘ullanishgan degan xulosaga kelgan.
Ularning qabrlari m o zo r-q o ‘rg‘onlar
shaklida boMib, u erlarda haqiqiy
mehnat va harbiy qurollar o ‘m iga ularning kichik modellari qo'yilgan.
Umuman, tem ir davrida Sharqiy Evropa va Sibir aholisi yaratgan
moddiy m adaniyat bir-biriga juda yaqin. Ulardagi urf-odatlar, ko‘mish
marosimi shuningdek, oltin, kumush, bronza, suyakdan ishlangan
deyarli barcha m ehnat qurollari, turli haykalchalar, harbiy qurollari
o‘rtasidagi o 'xshashlik katta. Bu esa, ilk tem ir davrida Sharqiy Evropa,
0 ‘rta Osiyo va Sibir o ‘rtasida mustakam aloqalar boMganligidan darak
beradi.
Dostları ilə paylaş: