Sotuvchi kasbiga qiziquvchilarga topshiriq: Dukonda 10 turdagi mahsulotning nomi, sotish narxi, tan tarxi, jami xarajat va olinadigan foydani MS Excel elektron jadvalida kiritib, olingan daromadga nisbatan diagrammasini chiqarish;
O ’qituvchilik kasbiga qiziquvchilarga topshiriq: sinfda 28 o’quvchi bor Excel elektron jadvalida o’quvchilarni isni, sharifi, tug’ilgan yili, telefon nomeri, o’rtacha olgan bahosini kiritib, o’quvchilarning o’rtacha o’zlashtirishi (2, 3,4,5ga nisbatan) diagrammasini chiqarib berish;
Farmatsevtika(dorishunos) kasbiga qiziquvchilarga dorixonadagi 10 turdagi dorilar ro‘yxati, ishlab chiqarilgan vaqti, narxi, olinadigan daramadga nisbatan;
Компьютер ва ахборот технологиялари касбига qiziquvchilariga 10 turdagi axborot texnologiya vositalarining turi, ishlab chiqarilgan joyi, magazindagi narxi, asosiy va qo‘shimcha qurilmalarning kompyuter hajmiga nisbatan diagrammasini chiqarib berish;
V rachlik kasbigaqiziquvchi o‘quvchilarga inson tanasi a’zolarining nomi, bajaradigan vazifasi, ularni umumiy tanaga nisbatan og‘irlik hajmi, tana a’zolarining umumiy tanaga nisbatan og‘irlik hajmni diagramma ko‘rinishida chiqarib berish.
Fermerlik kasbiga qiziquvchi o‘quvchilarga: fermerning yetishtiradigan mahsulot nomlari, davlatni sotib olish narxi, rejadagi hajmi, amalda topshirilgani, olingan daromadning diagrammasini chiqarib berish;
Iqtisodchi kasbigaqiziquvchilarga beriladigan kredit, uni oyma-oy to‘lash grafigini tuzish va h.k
Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarning qiynalib qolgan joylarida turtki berib yuborishi, kerakli tushunchalarni berishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Umumiy o‘rta maktabning informatika o‘quv fani dasturlarida Internetda ishlash asoslarinio’rgatish uchun 7-sinfda 13 soat ajratilgan. Internetda ishlash asoslarini kasbga yo’naltirib o’qitishda o’qituvchi guruh o’quvchilariga quyidagi topshiriqlar ketma-ketligi beriladi:
Har biringiz o’zingiz tanlagan kasbni aniqlashtiring!
Siz tanlagan kasbning ijobiy va salbiy tomonlarini internetning Google.uz (yandex.uz, opera.uz) qidiruv tizimlariga kiring va qidiring!
Topilgan ma’lumotlaringizni T-sxema jadvaliga kiritib tahlil qiling!