2. Dinlarning kelib chiqish, rivojlanish va evolyutsiyasi o ’zining
tub sabablariga, ya’ni ildizlariga egaki, “Dinshunoslik”
shu xususiyatni
ham nazarda tutadi va ulami k o ’rsatib beradi. Bu bilan hozirgi zamonda
mavjud bo’lib turgan turli dinlar qadim zamonlarda vujudga kelgan
bo’lsalar ham, nima uchun ular hamon mavjud b o ’lib turibdi degan
savolga aniq javob beradi.
3. Diniy ong har bir dindor odamning yoki diniy jamodagi
kishilaming yakka shaxs yoki ijtimoiy ongi b o ’lib, bu ongning asosi
ilohiy
kuchlarda, ilohiylikka asoslangan dunyoqarash, mafkura, g ’oya,
flkr, tushuncha, tasavvur, xotira, xayol, iroda, idrok, iymon, e ’tiqod,
ahloq va psixika kabilar yaxlitligidan iborat m a’naviyatdir.
Diniy ong ko ’pchilik dindorlaming onggi, yakka shaxs onggi
xususiyatiga ega bo ’ladi. Yakka shaxsning diniy ongining darajasi o ’sha
dindor kishining
yashash tarzi, shaxsiy qobiliyati, qiziqishi kabilar bilan
bog’liq. Bu hoi dindorlar psixikasini keltirib chiqaradi.
4. Diniy dunyoqarash, umuman, dunyoqarashning tarixiy turla-
ridan biri b o ’lib, uning asosiy belgisi ilohiy, g ’ayritabiiy
kuchlarga
ishonish va ularga sig’inish, butun olam, barcha mavjudot, insoniyat
dunyosini xudo yaratganini va boshqari-shini e’tirof etish, xudoga,
ruhlarga e ’tiqoddan iboratdir. Diniy dunyoqarash quldorlik tuzumidan
boshlab rivojlantirib orilgan. Ayniqsa, insoniy fazilatlarga yot va zararli
bo’lgan ichkilikbozlik,
giyohvandlik, buzuqlik, qon to’kish, o ’g ’irlik
kabi yaramas illatlar diniy ahloqda qoralanadi, ularga qarama-qarshi
halolik, ezgulik, o ’zaro hurmat ko’rsatish; kattalami, ota-onalarni izzat
qilish kabi fazilatlar ulug’lab kelingan.
Din ibtidoiy jamiyatning
quyi bosqichida, taxminan bundan 50-40
ming yil avval shakllangan. U keyingi jamiyatlarda turli tarixiy tip
hamda shakllarda rivojlanib kelgan. Dinni keltirib chiqargan tub
sabablar, y a ’ni ildizlar uchta: ijtimoiy, psixologik va gnoseologik
ildizlari mavjud.
Har kanday dinning gnoseologik, ya’ni
dunyoni bilish nazariyasi
bilan bog’liq ildizi ham mavjud. Dinning bu ildizi olamdagi voqea va
hodisalaming kelib chiqish sabablarini, ulaming ichki mohiyatini bilish
murakkab va qiyin b o ’lishi bilan bog’liq. Tabiat va jam iyatda ro’y