ko ’pchilik din vakillari, yuzlab imom- xatiblar
davlatimizga yaqindan
yordam bermoqdalar, ular xalqni birlashtirishni, o ’zaro nizo va
nifoqlardan yiroq turishni targ’ib etmoqdalar.
“Dinshunoslik” fanining
maqsadi
talabalarga dinning falsafiy,
nazariy, tarixiy va amaliy xususiyatlarini o ’rgatishdir.
Modomiki, ming
yillardan buyon mavjud bo’lgan turli dinlar, diniy dunyoqarash, urf-
odatlar mavjud ekan, bu jahon xalqlarida dinga ehtiyoj mavjudligini,
dinning
odamlar
uchun
foydasi
hadsiz
ekanligini
ko’rsatadi.
“Dinshunoslik”ning maqsadi din to’g ’risidagi ob’ektiv haqiqatni
tushuntirib, izohlab berishdir. “Dinshunoslik”ning
mazmuni dinlarning
falsafiy, nazariy jihatlarini ochib berish, dinlar tarixini yoritib berish,
dinlarning ijtimoiy funktsiyalarini turli jihatda tushuntirishdir.
“Dinshunoslik” fani orqali talabalar ahloqan va m a’naviy
jihatlardan o ’z ongini kengaytiradilar; ular dunyo voqea va hodisalariga,
jamiyatdagi murakkab
insoniy munosabatlar mohiyatini
yanada
sinchkovroq bo’lib tushunadilar; ular dinlarning jamiyat hayotida tutgan
o ’mini yaqqolroq anglab etadilar; o ’zlarida iymon-e’tiqod
erkinligiga
ongliroq munosabatni shakllantiradilar, ya’ni bu fanning talabalar
dunyoqarashi uchun ahamiyati beqiyos.
“Muayyan dunyoqarash, dunyoni anglash nuqtai-nazaridan ifoda
etilgan g ’oyalar, dasturlar, ahloq-odob maromlari
aqlli odam ishonchi
(imoni) ga aylansa qadrlanadi, e’zozlanadi. Imonli odam o ’z ixtiyori
bilan qabul etgan g ’oyalar, timsollarni muqaddas bilib, hayotini ularsiz
tasavvur eta olmaydi, och, yalang’och qolishga,
barcha mahrumliklarga,
hatto o’limga ham rozi bo’ladi, ammo o ’z iymoniga xilof keladigan
xatti-harakatlarga yo’l qo ’ymaydi”2.
Dostları ilə paylaş: