beradigan o’zgarishlar sababli ko’p ming yillar mobaynida insonlar uchun sirli tuyilgan; natijada odamlaming aqli zaif va cheklangan, dunyoning barcha sirlari birgina xudoga ma’lum, undan boshqa hech kim dunyoni bilmaydi degan xulosa kelib chiqqan. Dinning psixologik ildizi, bunda odamlardagi tashqi olam voqealaridan, jamiyatda ro’y berayotgan turli hodislardan iztiroblanishi, ezilishi, g’am-tashvishga tushib qolishi, qo’rquv vahima, umid va ishonch, shodlanish yoki ruhan tushkinlik holatlari dinning kelib chiqish va mavjud bo’lib turishida katta kuch hisoblanadi. Diniy pand- nasihatlar, turli diniy marosimlar ham diniy psixologiya bilan bog’liqdir. Shunday qilib, har qanday dinning kelib chiqishi, yashab turishi va amal qilishi ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlari bilan izohlanadi. Jamiyat hayotida amal qilib kelinayotgan dinlar o’z tashkiliy tizimiga ega bo’lgan murakkab va o ’ta moslanuvchan g ’oyalardan iborat bo’lib, din jamiyatni uyushtiruvchi, yo’naltiruvchi, safarbar etuvchi, intizomga soluvchi g’oyaviy kuch hisoblanadi. Diniy shiorlar ayrim inqilobiy harakatlami, ba’zi davrlarda g ’azovot va salb urushlarini, milliy-ozodlik harakatlarining bayrog’iga aylangan. Dinning jamiyatda: l.Kompensatorlik, 2.Legitimlovchilik, 3, Integratorlik, 4. Kommunikativlik, 5. Regulyatorlik degan ijtimoiy funktsiyalari bor. Turli diniy manbalarda din azaldan mavjud bo’lib kelgan, xudo esa hamma narsalami: osmon va Emi, koinotni, barcha odamlami, mo”jizaviy yo’qlikdan bor qilib yaratgani aytilgan. Demak, dinning tarixi jamiyat tarixidan awal boshlangan, degan xulosa kelib chiqadi. Ilmiy adabiyotlarda ko’rsatilishicha, dinning tarixi 50-40 ming