N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/79
tarix06.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#152700
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79
Dinshunoslik. Maxkamov Q (1)

Animizm 
- lotincha jon rux 1708 yilda nemis olimi Shtal 
muomilaga kiritgan 1871 yilda Teylor tomontdan etnografiyada 
q o’llanilgan XIX asming 70-80 yillarida uni o ’rganish keng yo’lga 
q o’yildi XX asming 90 yillaridan boshlab ayrim katolik cherkovi 
vakillari (Shmidt) olimlardan (Marett, Vundt) animizmni cheklanganlik 
va bir tomonlamalikda ayblashlarga qarshi kurash olib bordilar. Is 
chiqarish, xudoyi va hokazo.
Animizmga ko’ra jon va ruh har bir narsa va predmetda, har bir 
o ’simlik va hayvonda, har bir odamda mavjud. Jonning kuchi ruhiy 
bo ’lishi, abadul-abad barhayot qolishida-dir. Animizm har bir kishida 
uning hayoti va ongining manbai jon va ruhiy quw ati bo’lib, jon bilan 
ruh odam tug’ilmasdan aw al mavjud bo’ladi, tana paydo bo’lgach unga 
kirib hayot bag’ishlaydi, deb ta ’kidlaydi.
Dastlabki davrlarda animistik tushunchada jonni soya yoki nafas 
olish bilan aynan bir narsa deb bilar edilar. Jon turli xalqlarda turlicha 
tasaw u r etilgan. Masalan, Shimoliy Amerikaning tub joy xalqlarida 
soya nomi bilan, nafas olish nomi bilan atalgan.
13


Jon va ruhlar to’g ’risidagi animistik din o ’zidan keyin kelib 
chiqqan ko ’pgina dinlarga ta’sir qilgan. Buddizm dinida olam uch 
qavatdan iborat hisoblanadi. Birinchi qavatdagi olam eng yuqori olam 
bo’lib, unda mutlaqo ruhiy osoyishtalik hukmron. Unda faqat sof 
poklangan ruhlargina mavjud deyiladi. Ruhni aslo bilib bo’lmaydi. 
Ikkinchi olam qavatida ruh qafasdan chiqib poklanadi, uchinchi qavat 
olamda odamlar va hayvonlar mavjud b o ’lib, bu olamda ruh qafasda 
yashaydi.
Islom dinida o ’lgandan keyin tirilish to ’g ’risidagi ta’limot berilgan. 
Oxiratda barcha vafot etgan kishilar qayta tiriladi. Ular xudo tomonidan 
so’roq kilinadi, ular savob yoki gunoh ishlariga qarab jannatga yoki 
d o ’zaxga dohil bo’ladi-lar, deyilgan. Hozirgi davrda O ’zbekiston, 
Tojikiston va boshqa musulmon mamlakatlarida o ’lgan kishilaming 
arvohiga atab qurbon-lik marosimi o ’tkaziladi, xayr- ehson, sadaqa 
berish odatlari mavjud.
Animizm dini tarixi yanada chuqurroq o ’rganish lozim bo ’lgan 
ilmiy muammo bo’lib, bu masalada jiddiy tadqiqotlar olib borish lozim, 
deb o ’ylaymiz.
Shunday qilib, bundan 30-40 ming yillar a w a l animizm dini kelib 
chiqqan bo’lib, bu din undan keyin paydo bo ’lgan dinlarga ta’sir qiladi, 
hozirgi davrdagi dindorlar onggida animizmga xos tasavvurlar hamon 
mavjud.
14


FE T ISH IZ M tushunchasi (fr. Fetiche " tumor, " port.) XV asrdan 
beri ma'lum, portugaliyalik dengizchilar G'arbiy Afnkaning tub aholisi 
bilan uchrashganlaridan ko’rishgan. Fetish, ya’ni odamlar qo’li bilan 
yasalgan ayrim narsa va predmetlarda sirli ilohiy kuch-qudrat mavjud, 
deb o ’shalarga sig’inishni keltirib chiqargan. Fetishlarda kasallik, ins- 
jinslam i daf qilish, yomon ko’zdan saqlash, yaxshilik qiladigan, omad 
keltiradigan xosiyatli xususiyatga ega bo’lgan sirli tomonlar bo ’ladi, deb 
tasavvur qilingan. Fetishlar xilma-xil predmetlar; but, xoch, afsonaviy 
farishtalar, 
m a’budalar, 
avliyolaming 
rasmlari, 
haykallari 
payg’ambarlaming soch tolalari, kiyimlari; tumor, ko ’zmunchoq, tasbeh, 
ayrim maqbaralar, sag’analar, qabrlar, chorvadorlar orasida hayvon kalla 
suyaklari, shoxlari, k o ’z tikan, isiriq, do’lana kabi o ’simliklar, daraxt 
shoxlariga bog’langan alaf deyiladigan turli rangdagi lattalar.
Shuningdek, ilmi-amal, irim-sirimlarga oid: qaychining ochilib 
qolishi, supurgini tikka qo’yish, kechki paytda tirnoq olish, kechasida uy 
supurish, jasadni tunab qolishi ham fetish b o ’lishi mumkin.
Duolar yozilgan qog’ozni lattaga tikib uch, to ’rtburchak shaklida 
tumor qilib taqadilar. G o’yo shu tumor “yomon ko’z”dan, “ins- 
jins”lardan, xavfli kasalliklardan saqlaydi, omad keltiradi. Tumor yosh 
bolalar kiyimiga tikib qo’yiladi, chaqaloqlar beshigiga osib qo’yiladi, 
xotin-qizlaming bo’yniga taqiladi, hatto mashinalarga osiladi.
15


Eng ko’p tarqalgan fetishlardan biri ko ’zmunchoqdir. K o’z- 
munchoqlar toshdan qilinadi. Tosh teshiladi, b o ’yaladi, qora rangga oq 
ko’z qilinadi. K o’zmunchoqlar bolalar bilagiga, beshigiga, kiyimlariga 
osiladi, tikib qo’yiladi, bog’lanadi. Xotin-qizlar isirg’asiga bir-ikkita 
ko’zmunchoq qo’shib taqa-dilar. Shaxsiy engil mashinalarga ham isiriq, 
tumor, ko’z-munchoq osish rasm bo ’lgan.
Xristian dinida Iso payg’ambaming but-xochga mixlab o ’ldirilishi 
ifodalangan, but-xochga sig’inish keng tarqalgan. Bunday butlar deyarli 
barcha cherkovlarda, xristian ruhoniylarining kiyimlarida, dindorlaming 
uylarida uchraydi. Xoch kichik hajmda bo’yinga taqiladi, xochni o ’pib 
tavob qilinadi.
Isoning onasi Bibi Maryam rasmiga sig’inish ham keng tarqalgan. 
Xoch ham eng ko’p tarqalgan fetishlardan hisob-lanadi. Barcha 
xristianlar, ayniqsa katoliklar xochga ixlos qo’yishgan. Salibchilar, 
ritsarlar kiyimida xoch rasmi solin-gan edi. Poplar kiyimida ham xoch 
rasmi bor. Cherkovlar, ibodat uylari, monastirlar peshtoqida xoch bor. 
Xristian qabrlari ustiga xoch qo’yiladi. Fetishizm dini garchi qadim 
zamonlarda paydo bo'lgan bo ’lsa-da, hozir ham o ’z kuchida. Masalan, 
Turkiya, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Eron, Misr, Suriya kabi 
davlatlaming bayrog’ida yarim oy, yulduzlar tasviri bor, chunki osmon 
jismlari ilohiy kuch sifatida islomgacha bo’lgan davrlarda fetishlar edi. 
Masjidlar, madrasalar ustiga yarim Oy ramzi qo’yilgan. Qabrlar ustiga 
ham ba’zan oy, yulduz rasmi tushirilgan toshlar yoki yog’och 
o ’matilganki, bularda ham fetish m a’nosi mavjud, M a’lum m a’noda 
ulug’ siymolar, olimlar, sarkardalar, dohiylarga o ’matilgan haykallar, 
mavzoleylar ham fetishlar hisoblani-shi mumkin.
Fetish 
hisoblangan 
ko’pgina 
asotirlar, 
kamyob 
buyumlar, 
predmetlar ayni paytda san’atga mansub bo’lib madaniyat yutuqlariga 
kiradi. Masalan, rus rassomlari ishlagan avliyolar rasmi tushirilgan 
ikonalar ana shunday san’at asarlaridir. Shuning uchun fetishga 
kiradigan ko ’zmunchoq, tumor, xoch kabilami ayrim yoshlar dinga 
ishongani uchun emas, balki bir (aqinchoq, zeb-ziynat buyumi deb taqib 
yuradilar.
16


SH O M O N IZM ibtidoiv jam oa tuzumi emirilishi davrida paydo 
bo’lgan qadimgi diniy e ’tiqodlardan biridir. Uning o ’ziga xos xususiyati 
- kishilar orasida go’yo turli ruhlar bilan munosabatda bo’la oladigan 
shomonlar (bizning mahalliy sharoitda shomonlar - baxshilar, folbinlar, 
parixonlar, 
ko’chirikchilar, 
duoxon, 
azoyimxonlar 
deb 
ataladi) 
qobiliyatiga ishonishdir. Shomonlarda kasalni davolash, odamlar 
qismatini karomat qilish, tabiatda xohlagan o ’zgarishlar qilish kabi 
m o” jizakor sirli qobiliyat bor, deb o ’ylashgan.
Sehrgarlar magiya, ya’ni afsungarlik hatti-harakatlari bilan 
kishilarda ruhiy ko ’tarinkilik holatini yuzaga keltirishlari mumkin. 
Afsungarlar odatlari va duolari hunar-kasbda, harbiy ishlarda
chorvachilik, 
dehqonchilik, 
savdo 
ishlarida, 
tibbiyotda 
keng 
q o’llanilgan.
Shomon do ’mbirasi yoki boshqa musiqiy asboblarda muno-jot 
kuylari, sirli duolar, g ’ayriodatiy raqs harakatlari, turli rasm-rusumlar 
jazavasi tutib, holdan toyguncha bajariladi. Masalan, zikr tushish 
hushdan ketguncha davom etadi.
MAGIYA (Sehraarlik). Shomonizm bilan magiya-sehrgarlik juda 
yaqin bo’lgan dinlar hisoblanadi. Magiya diniy psixologiyaning o ’ziga 
xos amal qilishi bo ’lib, bu din sehr, afsun kuchi bilan insonga, hayvonga
17

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin