N. I. Musayev tarix fanlari doktori, professor


XIX asr oxirida Turkiston o‘lkasiga



Yüklə 18,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/64
tarix29.07.2023
ölçüsü18,09 Mb.
#137967
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64
10-sinf O\'zbekiston tarixi @tarixdan tomchi

XIX asr oxirida Turkiston o‘lkasiga 
chegaradosh hududlar
38
XIX asr. Qozixona. 
Toshkent shahri.


TURKISTONDA ROSSIYA 
TURKISTONDA ROSSIYA 
IMPERIYASIGA QARSHI
IMPERIYASIGA QARSHI
MILLIY-OZODLIK HARAKATLARI
MILLIY-OZODLIK HARAKATLARI
MULOHAZA 
UCHUN
BUGUN DARSDA
1. Xalqning milliy an’analari, 
tarixiy o‘tmishi, etnografik 
xususiyatlarining tahqir­
lanishi qanday oqibatlarga 
sabab bo‘lishi mumkin?
2. Vabo qanday kasallik, u ha­
qida nimalar bilasiz?
 
Æ
Turkistonda milliy ozodlik ha­
rakatlarining sabablari.
 
Æ
Toshkentda «Vabo isyoni» va uning oqi­
batlari. 
 
Æ
1892­yil 18­iyundan «Harbiy holat­
da deb e’lon qilingan joylar haqida 
Qoida»ning kuchga kirishi. 
 
Æ
Andijon qo‘zg‘oloni va uning natijalari.
MA’LUMOT UCHUN
Rossiya sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, 
ayniqsa, to‘qimachilik mahsulotlari bilan O‘rta Osiyo bozorlarining to‘ldi-
rilishi natijasida hunarmandchilikning ko‘plab turlari inqirozga uchradi. Bu 
vaqtga kelib iqtisodiy qiyinchiliklar, yashash sharoitining yomonligi, soliqlarning 
ko‘pligi, mehnat majburiyatlarining og‘irligidan mahalliy aholining ahvoli yomon-
lashib ketdi. Natijada, XIX asr oxirida mustamlakachilikka qarshi o‘lkaning turli 
joylarida norozilik chiqishlari bo‘lib turdi. Jumladan, 1878-yili Mingtepada (hozir-
gi Andijon viloyati, Marhamat tumani) mustamlakachilarning siyosiy va iqtisodiy 
zulmiga qarshi Yetimxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Uni mustamlakachi 
hukumat kuch bilan bostirdi. 
39
IJODIY FAOLIYAT
1. Nima deb o‘ylaysiz, O‘rta Osiyo bozorlariga Rossiya tovarlarining kirib 
kelishi mahalliy hunarmandlarning bozorlari kasod bo‘lishiga asosiy sa­
bab bo‘ldimi? Fikringizni asoslang.
2. Rossiya imperiyasi o‘lkani bosib olmaganida boshqa davlatlarning tovarlari 
kirib kelarmidi? Bozorning kasod bo‘lishiga olib kelgan omillarni aniqlang. 
3. 
Siz shu davrda hunarmand bo‘lganingizda qanday yo‘l tutardingiz?


40
IJODIY FAOLIYAT
IJODIY FAOLIYAT
1. Mustaqil izlanib, dunyo siyosatida 
mustamlakachi davlatlar tomonidan 
mustamlaka boshqaruvining qanday yo‘na­
lishlari mavjud ekanligini aniqlang. 
2. 
Sizningcha, Rossiya sanoati tomonidan 
ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan O‘rta 
Osiyo bozorlarining to‘ldirilishi mahalliy 
bozor va ishlab chiqarilishiga qanday ta’sir 
ko‘rsatgan?
1. Mustamlakachilik jabr­zulmining kuchayishi, asosan, qanday ko‘rinishlarda 
yaqqol ko‘zga tashlanadi?
2. 
Sizningcha, mustamlakachi hukumatning Turkistonda olib borgan siyosatining 
maqsad va vazifalari nimadan iborat edi?
3. Xalq hayotining qashshoqlashishiga qanday omillar sabab bo‘ldi? 
4. Nima uchun xalq harakatlari XIX asrning 70­yillari oxirida aynan Farg‘ona vodiy­
sida kuchaydi?
5. XIX asrning 80­yillar oxiri – 90­yillar boshlarida Turkistonning qaysi volost va 
uyezdlarida xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tdi?
MA’LUMOT UCHUN
1879-yilning kuzida Farg‘onada, 1880-yilning noyabri-
da Xo‘jand va O‘ratepa tumanlarida, 1882-yilning boshlarida 
Namangan, 1885-yilning yozida Farg‘ona vodiysida mahalliy 
xalq harakatlari qaytadan avj olib, Andijonda Darvishxon boshchiligi-
da qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Endi xalq norozilik harakatlari qatnashchilari 
o‘z usullarini o‘zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga 
hujum uyushtirdilar. Shu yillarda qo‘zg‘olon birin-ketin butun viloyatga
yoyildi.
1892-yildan mustamlakachilar ma’murlarga qarshilik ko‘rsatgan 
oddiy fuqarolarni bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar. «Gunoh-
korlar»ni ochiqchasiga qatl etish orqali odamlarni qo‘rqitish endilikda 
mustamlakachilar quroliga aylandi.


MA’LUMOT UCHUN
1892-yilning mart oyida 
Afg‘onistonda vabo kasal-
ligi tarqaldi. Bahor faslining oxirla-
riga kelib bu kasallik Samarqand 
viloyatining Jizzax uyezdida, iyunda 
esa Toshkentda ham qayd qilindi. 
Toshkent shahar ma’muriyati kasal-
likka qarshi tadbirlar qatorida shahar-
dagi 12 ta qabristonni yopib qo‘ydi. Shu 
kasallikdan vafot etgan kishilar uchun 
shahardan chekka joyda maxsus 
qabristonlar ochish va’da qilindi.
Lekin amalda shahardan tashqari-
da faqat bitta qabriston ochildi. Sani-
tariya tadbirlari xalqqa ishonarli qilib 
tushuntirilmadi. Bundan tashqari, shi-
fokor-feldsherlar yetishmasligi sabab-
li bemorlarni tekshirish ko‘pincha 
uchinchi yo to‘rtinchi kuni o‘tkazilar edi. 
Bu vaqtda aholi o‘rtasida mustamla-
kachi ma’murlar suvni, shifokorlar 
esa bemorlarni qasddan zaharlayot-
gani, murdalarning qabrlardan chiqa-
rib tashlanayotgani to‘g‘risidagi mish- 
mish gaplar tarqaldi.
Tarixda «Vabo isyoni» (yoki «Tosh-
otar voqeasi») deb nom olgan qo‘zg‘olon 
1892-yil 24-iyunda boshlandi. 
Bu voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan-
lardan biri shunday yozgan edi: 
«Qo‘zg‘olonchilarning maqsadi bo‘la-
yotgan kamsitishlarni to‘xtatishga 
erishish edi. 
Olomon shahar boshlig‘i 
S. Putinsev huzuriga chora ko‘rish 
to‘g‘risidagi talab bilan yo‘lga tushadi. 
Olomonda o‘qotar qurollar ham yo‘q 
bo‘lib, ular taxminan 400 kishi atrofida 
edi». 
Eski shahar oqsoqoli Muham-
mad Yoqub olomondan qo‘rqib 
shahar bosh lig‘i huzuriga boradi. Xalq
S. Putinsevdan oqsoqolni ular ixtiyori-
ga berishni talab qildi. Putinsev esa 
muzokara o‘rniga kuch ishlatishni afzal 
ko‘rdi.
Bu esa norozilikni kuchaytirib yubor-
di. Putinsev odamlarini tor-mor etib, o‘zi-
ni esa kaltaklashdi. Toshkent oqsoqoli-
ning uyiga o‘t qo‘yishdi. S. Putinsev va 
uning mir 
shablarini do‘pposlagan xa-
loyiq mahkamani ham ostin-ustun qildi. 
Qo‘zg‘olonni bostirish uchun kazaklar 
polki va bir rota askar chaqirildi.
41


42
IJODIY FAOLIYAT
IJODIY 
FAOLIYAT
1. 
XIX asrning 90­yillarida mamlakati­
mizda bo‘lib o‘tgan «Vabo isyoni»ning asl 
ijtimoiy­iqtisodiy, siyosiy sabab va oqibatlari­
ni daftaringizda jadval ko‘rinishida ifodalang. 
Fikringizni sinfda kichik taqdimot ko‘rinishida hi­
moya qiling.
2. «Vabo isyoni» voqealari mustamlakachi ma’mu­
riyatni qanday islohotlar qilishga majbur qildi?
1. Turkistonda mustamla­
kachi hukumat siyosatining 
asosiy yo‘nalishida nimalar 
yaqqol ko‘rinadi?
2. O‘lkada Turkiston gene­
ral­gubernatoriga qanday 
maqsadda keng vakolatlar 
berildi?
MA’LUMOT UCHUN
O‘lkadagi norozilik harakatlari kuch bilan bostirildi, 
qo‘zg‘olon ishtirokchilari jazolandi.
Toshkentdagi qo‘zg‘olondan so‘ng o‘lkada 

Yüklə 18,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin