134
MA’LUMOT UCHUN
O‘zbekiston SSR Sovetlarining
V qurultoyida 8 yoshdan to 15 yosh-
gacha bo‘lgan hamma bolalarni majburiy yetti
yillik ta’limga tortish
hamda respublika shahar
va qishloqlarida yangi maktab binolari qurish
dasturini ishlab chiqish taklifi kiritildi.
Ikkinchi besh yillik davrida hamma umu-
miy ta’lim maktablaridagi o‘quvchilarning soni
tez sur’atlar bilan o‘sib, 931 800 nafarga yetdi,
ularning 725 mingga
yaqini qishloq maktab-
larida o‘qirdi. Respublika maktablarida o‘qish
18 tilda olib borilgan. O‘zbek tilida o‘qitiladigan
maktablarning soni o‘n yil ichida 10 marta osh-
gan.
Xotin-qizlar o‘rtasida savodsizlikni tugatish
borasida ko‘p joylarda maxsus savod maktab-
lari ochildi. 1937-yili 139.000 nafar xotin-qizlar
o‘qish va yozishni o‘rganib oldilar.
1. Ta’limning 18
tilda olib
borilishining asosiy
sabablari nima edi?
2. Bugungi kunda mamlaka
tizimda ta’lim nechta tilda
olib boriladi?
IJODIY
FAOLIYAT
O‘rta Osiyoda oliy ta’limning beshigi, Turkis
ton xalq dorilfununi (hozirgi O‘zbekiston Mil
liy Universiteti) bir qancha oliy o‘quv yurtlariga asos
bo‘ldi, 1940yili respublikada 30 ta oliy, 100
ga yaqin
o‘rta maxsus o‘quv yurtlari ishlab turdi.
BILASIZMI?
134
135
MA’LUMOT UCHUN
Sovet hokimiyatining dastlab-
ki o‘n yilliklarida O‘zbekistonda imlo
3 marta o‘zgartirildi. Bu holat mahalliy aholini
savodsiz qilishga, uning asriy qadriyatlaridan
mahrum qilib, sovet madaniyati ruhida tarbiya-
lashga hamda ruslashtirish
siyosatini amalga
oshirishga mo‘ljallangan edi.
1929-yil may oyida Samarqandda o‘tgan
O‘zbekiston adiblari, imlochilari va yetakchi
ziyolilari konferensiyasida o‘zbek yozuvini
arab grafikasidan lotin grafikasiga o‘tkazish
haqida
qaror qabul qilindi, 1-dekabrda O‘zbe-
kistonda arab alifbosidan lotin yozuviga o‘tildi.
Biroq tez orada yozuvni kirillitsaga o‘tka-
zish to‘g‘risida yangi qaror qabul qilindi.
1940-yil 8-mayda bo‘lgan O‘zbekiston SSR
Oliy Soveti III sessiyasida lotin yozuvidan kirill
(rus grafikasi) asosidagi o‘zbek yozuviga o‘tish
to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘zbekiston bilan
birga O‘rta Osiyoning boshqa respublikalari va
Ozarbayjon ham rus grafikasiga o‘tkazildi.
Jahon tarixi darslarida olgan
bilimlaringizga tayanib, kirill
alifbosiga qachon, kimlar tomo
nidan asos solinganligini eslang. Bu
yozuv Rossiya hududiga qanday kirib
kelgan?
IJODIY FAOLIYAT
C
В
B
Б
A
A
1921–1929
yillar
1929–1940
yillar
1940
yildan keyin
1921
yilgacha
Dostları ilə paylaş: