137
Sovet hukumati
«Hujum» kompaniya
sini o‘tkazishdan
quyidagi
maqsadlarni ko‘zlagan
edi:
birinchidan,
o‘zbek
xalqining tarixan tar
kib topgan milliy axlo
qiy sharqona an’ana va
qadriyatlarini yo‘qotish va
ma’naviyatimizga zarba
berish;
ikkinchidan,
«xo
tinqizlarni ozod qilish»
bahonasida sanoat korxo
nalari, kolxoz va sov
xozlarda arzongarovda
ishlaydigan qo‘shimcha
ishchi kuchlari sifatida
ulardan foydalanish edi.
BILASIZMI?
MA’LUMOT UCHUN
Sovet hokimiyati Sharq ayollarini
«ozodlik»ka chiqarish, eski turmush tarziga
hujum qilish, ayollar chachvon va paranjisini
tashlashni kun tartibiga qo‘ydi.
«Hujum» kompaniyasi 1926-yil
sentyabrda
O‘rta Osiyo xotin-qizlari kengashida e’lon qili-
nib, uni 1927-yil 8-martdan boshlashga qaror
qilindi.
1927-yil 8-martda ommaviy mitinglar bosh-
landi. Ularda 100 000 dan ortiq xotin-qizlar pa-
ranjilarini gulxanda yoqdilar.
Lekin bolsheviklar
partiyasining o‘zbek xotin-qizlarini ozodlikka
chiqarishni tezlashtirish siyosati yomon oqibat-
larga olib keldi. «Hujum»ga qarshi bo‘lganlar
ayollarga nisbatan zulm o‘tkaza boshladilar.
Afsuski hududning milliy qadriyatlari va
o‘ziga xosligi inobatga olinmasligi natijasi-
da «Hujum» harakati eng faol o‘tkazilgan
1927–1928-yillarda O‘zbekistonda 2 500 dan
ortiq faol xotin-qizlar fojiyali halok bo‘lishdi.
Paranjisini tashlagan xotinqizlarning
uchrashuvi
138
DARSDAN IJOBIY SABOQ CHIQARIB
1.
Sovetlar Turkiston xalq ta’limini tashkil etish, rivojlantirishga
qanday nuqtayi nazardan yondashdilar?
2.
O‘lka xalq ta’limi tizimida yuz bergan xato, kamchiliklar, mu
rakkabliklar va muammolar haqida nimalar deya olasiz?
3. Respublika oliy ta’lim tizimini shakllantirish qanday maqsadlarda amal
ga oshirildi?
4. O‘zbekistonda «Hujum» harakatini o‘tkazishdan ko‘zlangan
maqsad
nima edi?
5. 1920yillarda respublikada o‘tkazilgan «Hujum» harakati xotinqizlar
hayotiga qanday o‘zgarishlar olib kirdi?
6. Paranjidan «ozod» qilingan xotinqizlar dastlab qaysi sohalarga jalb qi
lindi?
1930-yilda respublika hunarmandchilik kooperatsiyasining 50 dan
ortiq artellarida 5 000 nafardan ko‘proq mahalliy ayollar ishlardi. Ularning
ko‘pchiligi tikuvchilik korxonalarida mehnat qilganlar.
Xotin-qizlar yirik sanoat korxonalariga ham jalb qilina boshlandi. Bu holat
ayollarning sog‘lig‘iga jiddiy shikast yetkazardi.
Bu davrda o‘zbek xotin-qizlari rahbarlik lavozimlarida ham ishlash layoqati-
ni ko‘rsatdilar. 1927-yili respublikadagi tuman ijroiya qo‘mitalari a’zolarining 20
foizi, okrug ijroiya qo‘mitalari a’zolarining 17 foizi ayollar edi.
Jahon Obidova O‘zSSR Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumi raisining o‘rin-
bosari, Tojixon Shodiyeva esa Prezidium a’zosi bo‘lgan.
Biroq keyinchalik bu
2 nafar taniqli o‘zbek ayollari sovet hokimiyati tomonidan qatag‘on qilindi.
XX asr 30-yillarida ayollar orasidan mashhur olimalar, shoiralar, yozuvchi-
lar, muhandislar, shifokorlar, san’atkorlar, muallimlar yetishib chiqa boshladi.
O‘sha yillarda Halima Nosirova, Tamaraxonim, Sora Eshonto‘rayeva, Mukarra-
ma Turg‘unboyeva kabi o‘zbek qizlarining iste’dodi yarq etib ko‘zga tashlandi.
MA’LUMOT UCHUN
Mukarrama Turg‘unboyeva
Jahon Obidova
Yo‘ldosh
Oxunboboyev bilan
139
MA’LUMOT UCHUN
SOVET HOKIMIYATINING
SOVET HOKIMIYATINING
O‘ZBEKISTONDAGI QATAG‘ON
O‘ZBEKISTONDAGI QATAG‘ON
SIYOSATI
SIYOSATI
MULOHAZA
UCHUN
BUGUN DARSDA
1. «Qatag‘on» degan
da nimani tushunasiz?
2. Qatag‘on qurbonlari ha
qida nimalarni bilasiz?
3.
«Shahidlar xotirasi» yod
gorlik
majmuasi qayerda
joylashgan?
Dostları ilə paylaş: