Kollektivlashtirishning majburiy sur’atda amalga oshi
rilishi hamda kolxoz va sovxozlarning tashkil qilinishi.
Yangi
iqtisodiy siyosat tufayli o‘z xo‘jaligini tiklab olgan xo‘jaliklarni quloq qilish
maqsadida 1930-yil «Kollektivlashtirish va quloq xo‘jaliklarini tugatish
to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.
Kollektivlashtirish mutasaddilari dehqonlarning majlislarida kolxozga
kirmaganlar suvdan mahrum etiladi, sanoat mollari bilan ta’minlanmay-
di, ularga katta soliq solinadi hamda ya shash joyidan surgun qilinadi,
deb dag‘dag‘a qilishdi. Natijada ko‘pchilik tumanlarda kollektivlashtirish
bir necha hafta ichida amalga oshirildi. O‘zbekistonda dastlabki kolxoz-
lar (jamoa xo‘jaliklari) va sovxozlar (davlat xo‘jaliklari) tashkil qilindi.
Respublikadagi dehqon xo‘jaliklarining 75 foizi umumiylashtirilgan
sektorga, ya’ni kolxoz va sovxozlarga birlashdi. O‘zbekiston qishloq
xo‘jaligini kollektivlashtirish rasman 1932-yili tugallandi.
Yakka dehqon xo‘jaliklarining bir qismi kolxozlardan tashqarida qol-
di, lekin ularga iqtisodiy jihatdan tazyiq o‘tkazish yanada kuchaydi.
Bunday xo‘jaliklarga solinadigan qishloq xo‘jalik soliqlari oshirildi,
davlatga majburan topshiriladigan mahsulot hajmi ham kolxozlarga nis-
batan 50 foizga ko‘paytirildi. 1939-yilga kelib O‘zbekistonda yakka deh-
qon xo‘jaliklariga butkul barham berildi.
MA’LUMOT UCHUN
128
1929yili sovet jamiya
tida bozor munosabatlari
muhiti barham topdi.
129
1934–1937yillarda O‘zbekistondan quloqlashtirish siyosati oqibatida
ko‘plab badavlat dehqon xo‘jaliklari quloq qilingan. Sovet hokimiyati yil
larida quloqlikka tortilib, surgun qilinganlardan tirik qolganlarining erkin fuqarolik
maqomi olingan va ularning o‘z yurtiga qaytish jarayoni og‘ir kechib, taxmiman
20 yildan ko‘proq vaqtni, ya’ni 1934–1956yillarni o‘z ichiga oladi.
BILASIZMI?
IJODIY FAOLIYAT
1.
Sovet hukumati boy xo‘jalik va to‘q xo‘jalik o‘rtasidagi farq
larni qanday mezon asosida yuzaga keltirgan?
2. To‘q xo‘jaliklarning qanday turdagi moddiy boyliklari muso
dara qilingan edi?
3. Yersuv islohotining oqibatlari nimalarga olib keldi?
4.
Uyga vazifa: yer-suv islohoti o‘tkazilishiga oid jadvalni to‘ldiring.
Bosqichi
Birinchi bosqich
Ikkinchi bosqich
Uchinchi bosqich
Hududi
Davri
Jarayonlari
O‘ziga xosligi
Oqibatlari
5. Taqdiri quloqlashtirish siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan yaqin qarin
doshingiz (otabobolaringiz) hayoti haqida esse yozing.
Mamlakatda qishloq xo‘jaligini zo‘ravonlik bilan kollektivlashtirish
jarayonida 1928-yili sanoatni industrlashtirish ham amalga oshirildi.
O‘zbekiston uchun sanoat qurilishini keng sur’atda jadallashtirish nihoyatda za-
rur edi. 1927-yilda O‘zSSR xalq xo‘jaligida qishloq xo‘jaligining salmog‘i 62,6 %,
sanoatning salmog‘i 37,4 % ni tashkil etar, shu bilan birga sanoat ishlab chiqa-
rishining 90 foizi qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlashga asoslangan edi.
Iqtisodiyot xomashyo yo‘nalishida bo‘lgani sababli respublika sanoati faqat
bir tomonlama ixtisoslashtirilgan. Buning ustiga industrlashtirish siyosati qish-
loq hisobidan amalga oshirildi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining xarid narxlari
pasaytirildi. Natijada dehqonlar qashshoqlashib, mamlakatda oziq-ovqat muam-
mosi keskinlashdi.
Birinchi besh yillik davrida (1928-yil oktyabr – 1932-yil dekabr) O‘zbekiston-
da 289 ta yangi sanoat korxonasi qurildi va ishga tushirildi. Yengil sanoatning
ko‘nchilik, poyabzal ishlab chiqarish, tikuvchilik sohalari va ip-gazlama ishlab
chiqarish sur’atlari oshib bordi.
MA’LUMOT UCHUN
130
1928yil kuzigacha
mamlakat xalq xo‘jaligi bir
yillik, besh yillik
rejalari jo
riy bo‘ldi. Birinchi besh yillik
rejasi 1928
yil oktyabrda
boshlanib, 1932yil dekabr
da muddatidan 9 o
y oldin
yakunlandi.
Industrlashtirish O‘zbekistonda
dastlab sekinlik bilan amalga oshiril-
di. Ana shu davrda O‘rta Osiyo respublikala-
rida paxtachilik va mashinasozlik sanoatining
to‘ng‘ichi bo‘lgan Toshkent qishloq xo‘jaligi
mashinasozligi zavodi barpo etildi.
Toshkent to‘qimachilik kombinati va
Chirchiq elektr kimyo kombinati qurilishi tez
sur’atlar bilan olib borildi. Elektr stansiyalari
quvvati 482 mln kilovattga yetdi. XX asr 30-yil-
larida Chirchiq–Bo‘zsuv GESlar kaskadi barpo
etildi.
O‘zbekistonda sanoat korxonalarining tex-
nik darajasi haddan tashqari past, muhandis-
lar, texniklar va zamonaviy texnikani biladigan
malakali ishchilar yetishmas edi. Biroq sanoat
korxonalariga malakali xodimlar va tajribali
ishchilar RSFSRning markaziy shaharlaridan
olib kelingan.
O‘ylab ko‘rib, xulosa
chiqaring.
Mahalliy millatlardan ma
lakali mutaxassislar tayyorlash
o‘rniga O‘zbekistonga, asosan,
yevropalik aholi ko‘chirib kel
tirildi. Ular poytaxt Tosh kent,
yangi qurilayotgan shaharlar
va viloyat markazlariga joy
lashtirilib, yaxshi maoshli
ish, navbatsiz xonadon bilan
ta’minlandilar. Universitet va
institutlarga imtiyozli asoslar
bilan o‘qishga qabul qilindilar.
Qishloqlardan kelgan
o‘zbek yigitqizlari esa sha
harda muqim joylasha olmay,
turli qiyinchiliklar va jiddiy
yetishmovchiliklar natijasi
da asosan «qora ishlar» va
maishiy sohada xizmat qilishga
majbur bo‘lishdi.
IJODIY FAOLIYAT
MA’LUMOT UCHUN
130
Chirchiq-Bo‘zsuv GESlar kaskadi
131
Bu davrda eng muhim muammolardan biri kadrlar masa-
lasi edi. Chunki davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organ-
larida milliy kadrlar juda oz bo‘lib, ish yuritish ham rus tilida olib borilardi.
O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi Fayzulla Xo‘jayev
tub xalqlardan mahalliy kadrlar tayyorlash va ularni yuqori lavozimlar-
ga ko‘tarishda jonbozlik ko‘rsatdi. Uning tashabbusi bilan O‘zSSR MIK
huzurida 1925-yil martda Bobon Mavlonbekov raisligida «Davlat appa-
ratini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi» tuzildi. Akmal Ikromov,
Rahim Inog‘omov va boshqalar unga a’zo bo‘lishdi. Markaziy komissiya-
ning Samarqand, Zarafshon, Toshkent, Farg‘ona va respublikaning
boshqa viloyatlarida ham bo‘limlari tashkil qilindi.
Mahalliylashtirish komissiyasi rahbariyati zimmasiga O‘zbekiston-
dagi o‘quv yurtlari, ilmiy va madaniy-oqartuv (xalqning bilim va ongini
oshirish) tashkilotlari, sanoat korxonalarini mahalliylashtirish asosiy re-
jasini ishlab chiqish yuklatildi.
MA’LUMOT UCHUN
132
MA’LUMOT UCHUN
1925-yil noyabrda Samarqand
shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston
Kommunistik partiyasining II syezdida «Par-
tiya, sovet, xo‘jalik, kasaba uyushmalari va
kooperativ tashkilotlariga mahalliy aholini jalb
qilish» masalasi ko‘rib chiqildi. Syezdda bosh-
qaruv va rahbarlik ishlariga ishchi, dehqon va
ziyolilardan mahalliy kadrlar tayyorlash zarurli-
gi uqtirildi.
1927-yil O‘zbekiston SSR MIK huzuridagi
«Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy
komissiyasi»ning nomi «Davlat apparati va sa-
noatni O‘zbeklashtirish Markaziy komissiyasi»
deb o‘zgartirildi.
Komissiya qaroriga ko‘ra o‘zbek aholisi
ko‘proq bo‘lgan tumanlardagi barcha davlat,
jamoat, kooperativ muassasalari va tashkilot-
larida ish yuritishni o‘zbek tilida olib borishlari
shart edi.
1931-yil SSSR MIKning «O‘zSSR appara-
tini o‘zbeklashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul
qilinib, unga ko‘ra O‘zbekiston davlat appa-
ratini O‘zbeklashtirish Markaziy komissiyasi
faoliyati to‘xtatildi. Markaz tomonidan bosh-
qa ittifoqdosh respublikalarda bo‘lgani singa-
ri O‘zbekiston SSRda ham mahalliylashtirish
jarayoni to‘xtatilib, u «burjua millatchiligi» deb
e’lon qilindi
O‘zbeklashtirish siyosatiga jiddiy zarba be-
rilib, ruslashtirish jarayoni o‘zining yangi bos-
qichiga qadam qo‘ydi.
IJODIY
FAOLIYAT
1927yil 16–24no
yabrdagi syezdda qabul
qilingan qarorda davlat
apparatini milliylashtirish
va o‘zbeklashtirish to‘g‘ri
sida shunday deyilgan edi:
«O‘zbeklashtirish tu
shun chasi, aslini olganda,
O‘zbekiston respublikasi
territoriyasidagi davlat
apparati va ish yuritishni
o‘zbeklashtirishni ko‘zda
tutadi, lekin kamsonli
millatlarga o‘z ona tilla
rida xizmat ko‘rsatish
ni aslo istisno qilmaydi,
balki, aksincha taqozo
qiladi. Kamsonli millatlar
ko‘pchilik yashagan tu
manlarda sud organlari,
maktablar o‘z ishlarini
ularning ona tilida olib bo
rishlari shart. Kamsonli
millatlarni mamlakatni
idora qilishga, jamiyat
hayotiga jalb qilish kerak.
Kamsonli millatlardan
kadrlar tayyorlash masa
lasiga zo‘r e’tibor berish
lozim».
DARSDAN IJOBIY SABOQ CHIQARIB
1.
O‘zSSR xalq xo‘jaligida qishloq xo‘jaligining ulushi baland bo‘lishining
sabablari nimada?
2.
O‘zSSRda industrlashtirish davrida amalga oshirilgan ishlarda asosan,
qaysi sohalarga e’tibor qaratildi?
3. «Kadrlarni mahalliylashtirish» deganda nimani tushundingiz?
4. O‘zbekistonda kadrlarni mahalliylashtirish siyosati tashubbuskorlari kim edi?
Mahalliylashtirish qanday tartibda olib borildi?
5. O‘zbekistonda kadrlarni mahalliylashtirish siyosatining natija va oqibatlari qan
day bo‘ldi?
133
O‘ZBEKISTONDA SOVET HOKIMIYATI
O‘ZBEKISTONDA SOVET HOKIMIYATI
YURITGAN MADANIY SIYOSAT
YURITGAN MADANIY SIYOSAT
MULOHAZA UCHUN
BUGUN DARSDA
1.
Jadid maktablarinig maq-
sadvazifalari sovet maf
kurasiga mos keladimi?
2.
Dostları ilə paylaş: |