N. I. Xalilova -nizomiy nomidagi tdpu "Psixologiya" kafedrasi, psixologiya fanlari nomzodi, dosent v/b


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi



Yüklə 113 Kb.
səhifə3/9
tarix10.02.2023
ölçüsü113 Kb.
#83785
1   2   3   4   5   6   7   8   9
12522 касбга йўналтириш

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi
Kasbga yo’naltirish va kasb tanlash asoslari fani asosiy umumkasbiy fani hisoblanib, 7- semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy iqtisodiy (falsafa, ma`naviyat asoslari, madaniyatshunoslik, sotsiologiya va h.k), matematika va tabiiy-ilmiy (informatika va axborot texnologiyalari, yosh fiziologiyasi va gigienasi va h.k), umumkasbiy (pedagogika nazariyasi, ta`lim tizimini boshqarish, maktabgacha pedagogika asoslari, tarbiyaviy ishlar metodikasi, pedagogik texnologiyalar, pedagogik mahorat, umumiy psixologiya, iqtidorli bolalar psixologiyasi, psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasi va h.k), ixtisoslik (pedagogik valeologiya, psixogigena va h.k) fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o’rni
Shaxs kamolotida ta’lim-tarbiya bilan birga kasb tanlash ham hozirgi kunda muhim muammolardan hisoblanadi. Shu jihatdan olganda yosh avlodni ongli kasb tanlashga va kasbiy faoliyatga tayyorlashda kelajakda bu masala bilan bog’liq noxushliklarni oldini olish imkoniga ega bo’lamiz. Shuning bilan birga jamiyat hayotiga malakali, zamon talablariga javob beradigan malakali mutaxassis shaxsini tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz hamda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shamiz.
Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan elektron doska- Hitachi, LCD – monitor, elektron ko’rsatkich, vidio, audiomagnitafon, kompyuter, proektor, DVD – diskovodlarni qo’llash orqali ma`ruza, seminar mashg`ulotlarida talabalarning nazariy hamda amaliy bilimlarni egallash samaradorligini oshirish mumkin. SHu boisdan, dars mashg`ulotlarini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishni keng yo’lga qo’yish rejalashtirilgan.

Yüklə 113 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin