15-mavzu: Korxonada xodimlarni tayyorlash va ularni malaka
oshirishga yuborishni tashkil etish
Reja:
1. Korxonada xodimlarni tayyorlash va ularni malaka
oshirishga yuborishni tashkil etish tushunchasi.
2. Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash ham-
da ularning malakasini oshirish tartibi.
3. Mutaxassislarni professional qayta tayyorlash jarayonining
yakuni.
«Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonunda belgi-
langanidek, davlat tomonidan fuqarolarni yangi kasbga (muta-
xassislikka) bepul o‘qitish, mahalliy mehnat o‘rinlarida yoki
ular
ning yo‘llanmasi bilan boshqa o‘quv yurtlarida stipendi-
ya to‘lab malaka oshirish imkoniyati yaratilganligi ularning
mehnat qi lish huquqining muhim kafolatlaridan biri hisoblana-
di. Bu jarayonda shogirdlikka, xodimlar malakasini oshirishga
va o‘qitish ishlariga rahbarlik qilish bilan bog‘liq huquqiy mu-
nosabatlar kelib chiqadi. Shogirdlikka oid huquqiy munosabatlar
tuzilgan shartnoma asosida kelib chiqadi va ular ishsiz fuqaroni
yangi kasbga o‘qitish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, bozor mu-
nosabatlari sharoitida ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qay-
ta tayyorlash hamda malakasining oshirilishi – ularni ijtimoiy
foydali ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi eng muhim omil
va aholini ijtimoiy himoya qilish izchil choralaridan biri sifati-
da qaralishi lozim. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respub-
likasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomo-
nidan 1994-yil 24-apreldan «Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash
va qayta tay
yorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil
etish to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlanib, Adliya vazirligi 1999-
113
yil 362-sonli raqam bilan ro‘yxatga olingan. Mazkur nizomda
O‘zbekiston Respublikasi ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va
qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimi orqali ular-
ni kasbga o‘qitish va qayta o‘qitish, malakasini oshirish bos-
qichlari va tartibi belgilangan. Nizomda ko‘rsatilishicha, bu ti-
zim tarkibiga:
– O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini muhofaza
qilish vazirligining ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir masalalar bilan
shug‘ullanadigan tuzilmaviy bo‘linmalari;
– mehnat o‘rinlarining joylardagi o‘quv markazlari;
– korxona, muassasa va tashkilotlarning o‘quv bo‘linmalari;
– oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari (akademik litseylar
qoshidagi o‘quv muassasalari);
– tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lgan tijorat va xo‘jalik hiso-
bidagi tashkilotlar, uyushmalar;
– shogirdlikka kasb o‘rgatish imkoniyatlariga ega bo‘lgan
«Hunarmand» uyushmasiga a’zo bo‘lgan tadbirkor xalq ustalari-
ning maktablari.
Mehnat o‘rinlarida ro‘yxatga olingan ishsiz deb e’tirof etilgan
shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malaka-
sini oshirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
– ishsiz shaxs zarur kasb, malakaga ega bo‘lmagani tufayli
unga qabul qiladigan ish tanlash mumkin bo‘lmaganda;
– ishsiz shaxsning kasb ko‘nikmalariga mos keladigan ish
yo‘qligi sababli kasbini (mutaxassisligini, mashg‘ulot turini)
o‘zgartirish zarur bo‘lganda;
– ishsiz shaxs kasbga bog‘liq bo‘lgan kasalligi tufayli, uzoq
tanaffusdan keyin ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar joriy
qilinishi munosabati bilan avvalgi kasbi bo‘yicha ishlash qobili-
yatini yo‘qotganda amalga oshirilishi mumkin.
Bu qoida uning turidan qat’i nazar, pensiya olish huquqiga ega
bo‘l
gan va mehnat o‘rinlarida ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarga ham
(basharti shunday zarurat bo‘lsa) joriy qilinadi. Ularning meh nat
o‘rinlari ish qidiruvchi ish sifatida ro‘yxatga olinish saqlab qoli-
na
di. Nizomda ko‘rsatilganidek, korxonalarning tugatilishi, qay-
ta tash kil etilishi xodimlar sonining qisqartirilishi tufayli ishdan
114
bo‘shayot gan xodimlarning kasb ta’lim, ularning xohishiga ko‘ra,
tizi mning is talgan o‘quv bazasida tashkil etilishi mumkin. Ishsiz
shaxslarni kasb ga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshi-
rish tizimini bosh qarish mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qi-
lish vazir ligi hududiy mehnat o‘rinlari tomonidan amalga oshi riladi.
Shuningdek, joy lardagi mahalliy mehnat o‘rinlari qoshida maslahat-
lar berish maqsadida tegishli o‘quv markazlari ham tashkil etiladi.
Tuzilgan shartnomalar asosida mehnat o‘rinlari tomonidan
kasb tayyorgarligi va qayta tayyorgarlikdan o‘tish, malakasini
oshi rishga muhtoj bo‘lgan shaxslarga yangi kasbga o‘qitish uchun
yo‘llanmalar, jumladan, usta-shogird usuliga o‘rgatishda shartno-
ma amaldagi tartib bo‘yicha o‘qish muddatlari ko‘rsatilgan hol-
da tuziladi, qoidaga ko‘ra, ishsiz shaxslarni o‘qitish muayyan kurs
asosida va yakka tartibda tashkil qilinadi.
Ishsiz shaxslar jumlasidan kasbga tayyorlashga yollangan
fuqarolarning o‘qish muddati, odatda, olti oydan oshmasligi ke-
rak. O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash
haqida»gi qonunning 23-moddasiga muvofiq, ishsiz shaxslarning
kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish
mehnat organlarining yo‘llanmalari asosida amalga oshiriladi.
Demak, ishsiz shaxslarni o‘qitishga doir fuqarolar bilan mahalliy
mehnat organi o‘rtasida huquqiy munosabatlar ishsiz fuqarolar-
ga yo‘llanma berilgan paytdan boshlab vujudga keladi va shun-
dan e’tiboran huquqiy munosabatlar subyektlari tegishli huquq va
maj buriyatlarga ega bo‘ladi.
Mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan, ishsiz sifatida
e’tirof etilgan shaxslar tomonidan kasb tanlash va kasbga mu-
vofiq ta’lim olish imkoniyatlariga bepul maslahatlar olish, davlat
mablag‘lari hisobidan yangi kasbni egallash yoki malakasini oshi-
rish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanadi. Ta’lim oluvchilar esa
o‘quv jarayonida olgan nazariy va amaliy bilimlari asosida kasbga
doir mohirlik va ko‘nikma hosil qilishlari lozim. Huquqiy muno-
sabatlarining subyekti – mahalliy mehnat organining majburiyat-
lari esa ishsiz shaxslarning kasb ta’limini tashkil etish masala-
lari bo‘yicha korxonalarning xodimlar xizmati va o‘quv yurtlari
bilan o‘zaro hamkorlik asosida ularning faoliyatini tashkil qi lish
va muvofiqlashtirishdan iborat. O‘quv jarayoni qonunda belgilan-
115
gan tartibda yakunlangach, huquqiy munosabatlar ham barham
topadi.
Ilmiy texnikaviy taraqqiyot shu qadar jadal sur’atlar bi-
lan ri vojlanmoqdaki, mutaxassislarning kasbiy bilimlari har yili
ma’lum darajada qadrsizlanmoqda, hamda ularni tez-tez yangi-
lash ehtiyoji sezilmoqda. Bozor iqtisodiyoti, raqobat sharoitida,
texnika va texnologiyalar jadal o‘zgarayotgan sharoitda xodim-
larning malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash katta ahami-
yat kasb etadi.
Milliy dastur talablariga asosan, kadrlar malakasini oshirish va
ularni qayta tayyorlash mutaxassislarining kasb mahoratini, bilim-
lari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga, ularni
zamon talabiga javob bera oladigan darajaga yetkazishga qaratiladi.
Avvalo, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi ixcham bo‘lib,
har bir xodimning individual xususiyatlarini hisobga oladi, ya’ni
shaxsiyatlantiriladi. Bundan tashqari xodimlarning malaka oshi-
rish va qayta tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish va ular-
ni oqilona qondirish, malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayoni-
ni tabaqalashtirish, qayta tayyorlash va malaka oshirish natijalari
asosida xodimlarni ma’naviy va moddiy jihatdan rag‘batlantirib
borish, mazkur jarayonlarni tashkil etishning davlat, jamiyat va
nodavlat shakllarini birga qo‘shib olib borish kabilar qayta tayyor-
lash ta’lim turining asosiy vazifalari hisoblanadi
Mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni qayta tay-
yorlash universitetlarda, malaka oshirish institutlarida va profes-
sional qayta tayyorlash huquqiga ega bo‘lgan o‘quv markazlarida
amalga oshiriladi. Mazkur jarayon ishlab chiqarishdan ajralgan
holda va qisman ajralmagan holda bo‘lishi mumkin. Uning shak-
li malaka oshirish ta’lim muassasasi tomonidan ta’lim dasturi-
ning murakkabligi e’tiborga olingan holda va buyurtmaning u bi-
lan tuzilgan shartnomasi asosidagi ehtiyojlariga muvofiq ravishda
belgilanadi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasasi o‘quv
jarayonini maqsadli tashkil etish, ta’limning shakli, uslublari va
texnologiyasini tanlash yo‘li bilan tinglovchilarga ta’lim dastur-
larini o‘zgartirishlari uchun zarur sharoitlar yaratiladi. Mazkur
dasturlar malaka oshirish ta’lim muassasalari tomonidan buyurt-
116
machi ehtiyojlarini, shuningdek, qo‘shimcha kasb ta’limi dastur-
lari mazmuni oldiga qo‘yilgan davlat talablarini e’tiborga olgan
holda chiqiladi, tasdiqlanadi va amalga oshiriladi.
Mutaxassislarni professional qayta tayyorlash jarayoni yakuniy
davlat attestatsiyasi bilan tugallanadi. Attestatsiyani o‘tkazish
tartibi ta’limni boshqarish bo‘yicha tegishli davlat o‘rinlari tomo-
nidan belgilanadi. O‘quv rejasining barcha talablarini bajargan
yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchi-
lar qayta tayyorgarlik va malaka oshirishdan o‘tganligi haqida
belgilangan namunadagi diplom yoki sertifikat oladilar.
Mutaxassislarni professional qayta tayyorlash, ularni za-
monaviy talablar doirasidan chiqib qolmasligini, jamiyatda o‘z
o‘rinlarini egallash imkoniyatiga ega bo‘lishining va keng ma’noda
inson huquqlarini himoyalashni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |