N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil


-mavzu: Xizmat safari (komandirovkalar)



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/52
tarix02.01.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#39436
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil

17-mavzu: Xizmat safari (komandirovkalar)
Reja:
1.  Xizmat safari (komandirovka) tushunchasi.
2.  Ish haqi va sarflangan xarajatlar kompensatsiyasi.
3.  Xizmat safariga oid huquqiy munosabatlarning mazmuni.
Xizmat safari – xodimning ish beruvchi farmoyishiga ko‘ra 
ma’lum muddatga doimiy ish joyidan boshqa joyga xizmat 
topshirig‘ini bajarish uchun borishidir.
Xizmat safari deb hisoblanishi uchun quyidagi belgilar mav-
jud bo‘lishi lozim:
a) xizmat safariga yuborilgan xodim o‘z mehnat vazifalari 
doirasida qisqa muddatli xizmat topshirig‘ini bajarish uchun yu-
boriladi;
b)  xizmat safariga jo‘nash xodimning majburiyati hisoblanadi 
va xizmat safariga borishdan bosh tortish mehnat intizomini bu-
zish hisoblanadi (agar jamoa shartnomasi va boshqa loaqal hujjat-
larda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa);
d) xizmat safariga yuborilgan xodim u borgan korxonaning 
shaxsiy tarkibiga kiritilmaydi, chunki u asosiy ish joyidan olgan 
xizmat topshirig‘ini bajaradi;


121
e) xizmat safari davrida xodimning ish joyi (vazifasi) saqlanib 
qoladi;
f) ish haqi va sarflangan xarajatlar kompensatsiyasi xodim-
ning asosiy ish joyida to‘lanadi;
g) xizmat safariga yuborilgan xodim u safarga borgan korxo-
nada belgilangan ish tartibi bo‘yicha ishlaydi va belgilangan kun-
larda dam oladi.
Xizmat safariga vaqtinchalik ishga qabul qilingan, mavsu miy 
ishlarda, to‘liqsiz ish kuni sharoitida, shuningdek, o‘rindoshlik 
asosida ishlaydigan xodimlarni ham yuborish mumkin.
Quyidagilarni xizmat safarlariga yuborish mumkin emas:
– homilador va o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol-
lar (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 228-moddasi);
– onasiz bolalarni tarbiyalayotgan erkaklar va voyaga yet-
magan bolalarni tarbiyalayotgan vasiylar, homiylarni (O‘zbekiston 
Respublikasi Mehnat kodeksining 238-moddasi).
Lekin uch yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bolalari bo‘lgan (o‘n 
olti yoshgacha nogiron bolalari bo‘lgan) ayollar ularning rozi-
liklari bilan xizmat safarlariga yuborilishlari mumkin.
Harbiy xizmatga chaqirish vaqtida korxonalar, muassasa-
lar, tashkilotlar, jamoa xo‘jaliklari, jamoalar va o‘quv yurtlari-
ning rahbarlari xizmat safarida bo‘lgan chaqiriluvchilarni cha-
qirtirib olish 
lari va ularning chaqiriq uchastkasi o‘z vaqtida 
hozir bo‘lishini ta’minlashlari shart (O‘zbekiston Respublikasi 
«Umumiy harbiy majburiyat harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonu-
nining 15-moddasi).
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qish, xizmat safaridan 
ozod qilish uchun uzrli sabab hisoblanadi. O‘zbekiston Respub-
likasi Mehnat kodeksining 255, 256-moddalari talablariga mu-
vofiq ish beruvchi ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv 
yurtlarida o‘qiyotgan xodimlarga ishlash bilan birga o‘qishi uchun 
zarur sharoitlar yaratib bermog‘i shart.
Xizmat safariga borishdan ozod qilish uchun uzrli sabablar 
xodimning yoki uning oila a’zosining kasalligi va jamoa shartno-
masida belgilangan boshqa holatlar bo‘lishi mumkin. Qonunchi-
lik xodimlarni xizmat safariga yuborish vakolatiga ega bo‘lgan 
mansabdor shaxslar doirasini qat’iy chegaralab qo‘ygan. Odat-


122
da xizmat safariga korxona, muassasa va tashkilotning rahbari, 
tegishli vakolat berilgan taqdirda rahbar muovini, rahbar uzr-
li sabablar bilan ishda bo‘lmagan taqdirda, tegishli buyruq asosi-
da vaqtinchalik rahbar vazifasini bajarayotgan shaxs tomonidan 
ruxsat beriladi.
Bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi tashkilotlarga xodimlar-
ning xizmat safarlari shu tashkilot rahbarining chaqiruvi yoki u 
bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Xodim xizmat safariga 
borishi munosabati bilan korxona rahbari yoki uning o‘rinbosari 
tegishli buyruq beradi. Buyruqda xizmat safariga borish maqsa-
di, borish joyi (joylari) va safar muddati ko‘rsatiladi. Agar xodim 
xizmat safariga yuborilgan kuniyoq doimiy ish joyiga qaytib keli-
shi shart bo‘lsa, xodimni xizmat safariga yuborish haqida buyruq 
berilmaydi va xizmat safari guvohnomasi yozilmaydi.
Buyruq asosida xizmat safari guvohnomasi yoziladi va un-
da xizmat safariga borayotgan xodimning familiyasi, ismi, ota-
sining ismi va egallab turgan vazifasi (lavozimi), korxona nomi, 
safarga borish joyi xizmat safari muddati, xizmat safariga yu-
borish haqidagi buyruq (farmoyish)ning sanasi va tartib raqa-
mi ko‘rsatiladi. Xizmat safariga yuborilayotgan xodimga u xiz-
mat safariga ketishidan oldin turar joy ijarasi haqi xizmat safari 
joyiga yetib borish va qaytib kelish xarajatlari hamda sutkalik 
to‘lovlar summasi doirasida pul bo‘nagi (avansi) beriladi. Xiz-
mat safari xarajatlari uchun pul bo‘nagi berishga asos bo‘lib xiz-
mat qiladigan hujjatlar korxona rahbari va bosh hisobchisi to-
monidan imzolanishi lozim. Bunday hujjatlar bosh hisobchi 
yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi bo‘lmasdan turib haqi-
qiy hisoblanmaydi va xazinachi tomonidan ijro uchun qabul qi-
linmaydi.
Xizmat safari uchun pul bo‘nagi buyruq va xizmat safari gu-
vohnomasi asosida beriladi. Hisobdor shaxsga yangi pul bo‘nagini 
berish faqat avval berilgan pul bo‘nagi bo‘yicha to‘liq hisob-kitob 
qilingandan keyin amalga oshirilishi mumkin. Xodim xizmat sa-
fari bo‘yicha pul bo‘nagini odatda xizmat safariga ketishdan ol-
din, lekin safar bilan bog‘liq xarajatlar qilish (masalan, yo‘lkira 
chiptalarini oldindan olib qo‘yish) uchun haqiqatda zarurat 
tug‘ilgandagina olishi mumkin.


123
Korxonalar xazinalari naqd pullarni faqat belgilangan shakl-
dagi chiqim xazina varaqasi yoki tegishli tartibda rasmiy-
lashtirilgan va uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatlar (to‘lov 
qaydnomasi, pul berish haqidagi ariza va h.k.) asosida beradi-
lar.
Pulni berish haqidagi hujjatlar korxona rahbari va bosh hisob-
chi tomonidan imzolanadi. Xizmat safari uchun berilgan pul 
mablag‘lari faqat shu maqsad uchun ishlatilishi va bir shaxs to-
monidan ikkinchi shaxsga berilmasligi lozim. Agar xodimga te-
gishli bo‘lgan va xizmat safarlari bilan bog‘liq pul mablag‘lari 
unga aloqa korxonalari orqali jo‘natilsa, bu pullarni o‘tkazish 
bo‘yicha barcha xarajatlar korxona hisobiga olib boriladi.
Bu o‘rinda, korxona tomonidan xizmat safarlari uchun olin-
gan mablag‘lar faqat shu maqsad uchun foydalanilishi lozimligi-
ga e’tiborni qaratmoq kerak. Korxonalar xazinasiga kelib tusha-
yotgan naqd pul tushumlarini xizmat safarlari xarajatlari uchun 
be rish taqiqlanadi. Xizmat safari bekor qilingan holda, olingan 
pul bo‘nagi darhol korxona xazinasiga qaytarilishi shart. Safar 
bekor qilinganligi sababli yo‘l chiptasini qaytarib berishda ush-
lab qolingan summalar korxona hisobiga olib boriladi, chunki 
xizmat safari bekor qilinganligida xodimning aybi yo‘q va shu 
sababdan u moddiy zarar ko‘rmasligi lozim. Xizmat safarlari 
bo‘yicha xarajatlarga pul bo‘nagi xizmat safariga yuborilayotgan 
shaxslarga yo‘lkira, sutkalik xarajatlar va turar joy ijarasini xiz-
mat safari muddatida to‘lash uchun zarur bo‘lgan miqdor doi-
rasida beriladi. Xizmat safaridan qaytgandan so‘ng, uch kun-
lik muddat ichida xodim xizmat safarida topshiriqni bajarish 
natijalari haqida axborotnoma berish va olingan pul mablag‘lari 
haqiqatda belgilangan maqsadga muvofiq sarflanganligini tas-
diqlovchi hujjatlarni ilova holda bo‘nak (avans) hisobotini taq-
dim etishi lozim.
Bunday hujjatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) xizmat safari guvohnomasi (xizmat safariga ketish, belgi-
langan joyga yetib kelish, xizmat safari joyidan ketish va ish joyi-
ga qaytib kelish vaqti haqidagi belgilar bilan);
b) turar-joy ijarasi bo‘yicha hujjatlar (shu jumladan, yo‘lda 
majburiy to‘xtash vaqti uchun ham);


124
d) yo‘lkira bo‘yicha haqiqiy xarajatlar (shu jumladan, tez-
lik uchun qo‘shimcha haq to‘lash, yo‘lkira chiptalarini oldindan 
sotish bo‘yicha xizmatlar uchun xarajatlar) hujjatlari;
e) mehmonxonada joyni saqlab turganlik, televizor, muzlat-
gichlardan foydalanganlik uchun xarajatlarni tasdiqlovchi hujjat-
lar va h.k.
Bo‘nak pulini sarflash haqidagi hisobotlar korxona tomonidan 
quyidagi tartibda tekshiriladi:
a) hisob-kitoblarning to‘g‘riligi (shu jumladan, hujjatlarning 
to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi);
b)  mohiyatan (shu xarajatlarga zarurat bo‘lgan-bo‘lmaganligi, 
berilgan bo‘nak maqsadiga mos kelish-kelmaslik).
Korxona rahbari yoki uning o‘rinbosari xizmat safaridan kel-
gan xodimning axborotnomasi va hisoboti bo‘yicha tegishli qa-
rorga kelishi lozim.
Xizmat safari uchun olingan pul mablag‘larining sarflanganli-
gini tasdiqlovchi hujjatlar va hisobotlarni taqdim etmagan va belgi-
langan muddatlarda ushbu pul mablag‘larining foydalanilmay qol-
gan qismini topshirmagan shaxslardan ish beruvchi O‘zbekiston 
Respublikasi Mehnat kodeksining 198-, 207-moddalariga asoslan-
gan holda yetkazilgan zararni undirib olishi mumkin.
Ish beruvchi o‘z farmoyishi bilan xizmat safari uchun be rilgan va 
foydalanilmay qolib, o‘z vaqtida qaytarilmagan pul bo‘nagini agar 
uning summasi xodimning o‘rtacha ish haqidan ortiq bo‘lmagan 
miqdorni tashkil etsa, xodimning ish haqidan ushlab qoladi. Agar 
foydalanilmay qolgan pul bo‘nagi miqdori xodimning o‘rtacha ish 
haqi miqdoridan ortiq bo‘lsa yoki zarar aniqlangandan keyin bir oy-
lik muddat o‘tgan bo‘lsa, uni undirish sud tartibida amalga oshirila-
di (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 207-moddasi).
Ish haqini har gal to‘lash vaqtida ushlab qolinadigan haq ning 
umumiy miqdori xodimga tegishli bo‘lgan mehnat haqining 50 
foizidan ortib ketmasligi lozim. Korxona rahbaridan yetkazil-
gan zararni undirib olish shu korxona mulkdori yoki u vakolat 
bergan organning arizasi asosida sud tartibida amalga oshirila-
di (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasi).
Xodimning u borgan xizmat safari joyidagi korxonadan xizmat 
safari munosabati bilan bo‘nak, qarz yoki boshqa ko‘rinishda pul 


125
mablag‘lari olishi taqiqlanadi. «O‘zbekiston Respublikasida naqd 
pulsiz hisob-kitob qilish haqida»gi 27-iyun 1998-yildagi 60-son-
li Nizomga muvofiq, ma’lum topshiriqni bajarish uchun boshqa 
joyga uzoq muddatga safarga yuborilgan korxona va tashkilot-
larning xodimlari (keyingi o‘rinlarda «vakolatli shaxslar» deb 
yuritiladi), xizmat safari joyidagi bankda talab qilib olinadigan 
(до востребования) depozit hisob varaqalar ochishlari mumkin.
Vakolatli shaxslarga pul mablag‘lari o‘tkazish uchun top-
shiriqnomalar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va faqat 
bank rahbarining yozma ruxsati bilan ijroga qabul qilinadi. Va-
kolatli shaxslarning hisob varaqalariga faqat ularni xizmat safari-
ga yuborgan tashkilotlarning pul jo‘natmalari qabul qilinadi.
Vakolatli shaxslarning hisob varaqalaridan naqd pullar be-
rilishi va naqd pulsiz pul o‘tkazish amalga oshirilishi mumkin. 
Hisob varaq bo‘yicha operatsiyalarning alohida tusga ega ekan-
ligini hisobga olib, bank har bir holat naqd pul olish uchun tala-
balarning asosliligi va naqd pulsiz hisob-kitob qilish imkoniyati-
ni ko‘rib chiqishi lozim.
Xizmat safariga yuborilgan xodimga quyidagilar bo‘yicha 
sarf langan xarajatlar qoplanadi va to‘lanadi: a) turar joy ijarasi; b) 
xizmat safari joyiga yetib borish va doimiy ish joyiga qaytib ke lish 
bo‘yicha xarajatlar; d) sutkalik to‘lovlar.
Tеst
1. Qanday hollarda xodimlarni ularning roziligisiz tungi ish-
larga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ish-
larga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi?
A)  homilador ayollarni 
B)  o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni 
C)  o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollarni
D)  A, B, C 
2. O‘zbеkiston Rеspublikasi Mеhnat kodеksining 171-mod-
dasiga muvofiq xizmat safari davrida va ko‘chib yurish bilan 
bog‘liq ishlarda to‘lanishi lozim bo‘lgan xarajatni to‘g‘ri bеlgilang.
A)  yo‘l kira xarajatlari
B) doimiy turar joyidan boshqa joyda yashash, shu jumladan 
uy-joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlar


126
C)  xodim tomonidan ish bеruvchining ruxsati yoki roziligi bi-
lan qilingan boshqa xarajatlar
D)  Barcha javoblar to‘g‘ri ko‘rsatilgan
3.  Xizmat safaridan qaytgandan so‘ng, qanday muddat ichi-
da xodim xizmat safarida topshiriqni bajarish natijalari haqida 
axborotnoma berishi va olingan pul mablag‘lari haqiqatda bel-
gilangan maqsadga muvofiq sarflanganligini tasdiqlovchi hujjat-
larni ilova holda bo‘nak (avans) hisobotini taqdim etishi lozim?
A)  bir kunlik 
B)  ikki kunlik 
C)  uch kunlik 
D)  besh kunlik
1
2
3
D
D
C

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin