N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil


-mavzu: Kadrlar bo‘limi tomonidan qilinadigan hisobotlar



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/52
tarix02.01.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#39436
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil

19-mavzu: Kadrlar bo‘limi tomonidan qilinadigan hisobotlar
Reja:
1.  Kadrlar bo‘limi tomonidan qilinadigan hisobotlar.
2.  Xizmat safari va rahbarning muayyan topshirig‘ini bajarish 
bo‘yicha hisobotlar.
Muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki topshiriqlarning 
bajarilishi amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni 
haqida ma’lumot beruvchi hujjat.
Hisobotlar yillik, yarim yillik, kvartallik, oylik bo‘ladi. Hiso-
botda keltirilgan ma’lumotlar aniq, ishonchli hamda ishlab 
chiqarishning ijtimoiy-siyosiy ahamiyatiga moyil bo‘lishi kerak. 
Hisobotda quyidagilarga e`tibor beriladi: nima mo‘ljallagan yo-
ki topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga e’tibor beril-
di, qanday yetishmovchiliklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun 
nimalar qilish kerak. Hisobot oxirida muayyan topshiriq ba-
jarilmagan bo‘lsa uning sababi ko‘rsatiladi, bu borada takliflar 
qayd etiladi. Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda keng 
qo‘llaniladi. Uning zaruriy qismlari:


132
Kadrlar bo‘limi tomonidan qilinadigan hisobotlarda korxona
tashkilot, muassasada bajarilgan ishlardan kelib chiqib unda qu-
yidagilar ko‘rsatilishi lozim: 
–  muayyan ish davrida korxonaga ishga qabul qilingan xodim-
lar haqida;
–  ishdan bo‘shatilgan xodimlar haqida;
–  xodimlarning malaka oshirganliklari haqida;
–  rag‘batlantirilgan xodimlar haqida;
–  jazolangan xodimlar haqida;
–  xodimlarga berilgan ta’tillar haqida buyruq raqamlari bilan 
ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Hisobotning zaruriy qismlari: qaysi davr uchun berilganligi, 
qanday bo‘lim yoki shaxs tomonidan berilganligi; hujjatning no-
mi (hisobot), hisobot matni, hisobot yozuvchining lavozimi, fa-
miliya, ismi va otasi ismining bosh harflari, imzo, sana, hisobot-
ni tasdiqlovchi rahbar imzosi.
Xizmat safari va rahbarning muayyan topshirig‘ini bajarish 
bo‘yicha hisobotlar ma’lum davr ishlari bo‘yicha hisobotdan qis-
man farq qiladi. Uning zaruriy qismlari:
1. Sarlavhasi: Idora rahbarining lavozimi, ismi va otasi ismi-
ning bosh harflari, familiyasi, kim tomonidan qanday topshiriq 
uchun hisobot berilyapti.
2.  Hujjatning nomi (hisobot).
3. Hisobot matni («Sizning topshirig‘ingizga binoan» ka-
bi iboralar bilan boshlanadi, topshiriq qanday bajarilganligi aniq 
ma’lumotlar bilan bayon qilinadi: xulosa yasaladi).
4.  Hisobot beruvchining lavozimi, ismi va otasi ismi, imzo.
5.  Ilovalar ko‘rsatiladi (ko‘p hollarda).
6. Sana.


133

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin