lash darajasi, ilmiy bilish usullari va metodlarini, turli yordam-
chi vositalardan foydalanish bilan ham bog'liqdir. Aqliy tarbiya
vazifalaridan har biri maktabgacha
yoshdagi bolalarni tarbi-
yalashni tashkil etishda hisobga olish lozim bo'lgan bir qancha
vazifalarni o'z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni
aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
Boladagi qiziquvchanlik va aqliy
faollikning qay darajada
rivojlanganligini bolaning aqliy ko'rsatkichining yuqoriligida
ko'rish mumkin.
Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta ’lim
berishning o'ziga xosligi
Ta’lim - maktabgacha yoshdagi bolaning bilish qobiliyatla-
rining muntazam rejali ravishda rivojlantirib borish, MTMning
ta'lim-tarbiya dasturida belgilangan
eng oddiy bilimlar siste-
masi bilan qurollantirish, malaka va ko'nikmalarni shakllan-
tirishdan iborat. Maktabgacha ta'lim yoshdagi
bolalarga aqliy
tarbiya berishda ta’lim yetakchi rol o'ynaydi. Ta'lim jarayonida
aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta’lim - bo
lalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va
sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini ri-
vojlantirishni nazarda tutadi.
Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning sinchkov-
lik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yor
dam beradi. Ta'lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini mu
vaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. MTMda bo
lalarga madaniy - gigiyenik ko'nikmalar,
asosiy harakatlar
o'rgatiladi, ular madaniy axloqiy qoidalarini o'zlashtirib oladi
lar.
Ta’lim jarayonida bolalarda o'quv faoliyatlari asoslari hosil
qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o'qish
uchun muhim
shart-sharoitlar yaratiladi. Ta’limni ikki yo'l bilan amalga oshi
rish maqsadga muvofiqdir:
Dostları ilə paylaş: