borilgandan keyin bolalar ayrim konkret o'simliklar yoki hay-
vonlar to'g'risida ma'lum bir tasavvurga ega bo'ladilar.
So'ngra bolalardagi aqliy-ko'nikma va malakalarni rivoj
lantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan quyidagi
mashg'ulotlarni o'tkazishni rejalashtirishi mumkin: «Paxta
o'simligini, momaqaymoq o'simligi bilan solishtirish», «Qafas-
dagi ikki xil qushni bir-biriga solishtirish» didaktik o'yini va
shunga o'xshash tadbirlar o'tkazish. Eng muhimi shundaki, bo
lalarga bilim beribgina qolmasdan, ularni olgan bilimlaridan
aqliy va amaliy vazifalarni hal etishda foydalanishga o'rgatish
zarur.
Ilk va bog'cha yoshi davrida bolalarda tevarak-atrofga
bo'lgan qiziqish juda tez o'sadi. Qiziqish bolaning aqliy rivoj-
lanishini harakatga keltiruvchi qudratli kuchdir. Kattalar bo
laning qiziquvchanligini, bilishga bo'lgan har qanday xohishini
sezishlari va rag'batlantirib borishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: