N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Sensor tarbiya usuli
Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat 
jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat (rasm 
chizish, loy va plastilindan buyumlar, applikatsiyalar yasash]
180


sezgi va idrokning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratibgi- 
na qolmay, balki buyumning shaklini, rangini, joyini bilib olish- 
ga ham ehtiyoj paydo qiladi. Biror narsaning rasmini chizish- 
dan oldin bolani buyumlarning rangiga qarab taqqoslashga 
o'rgatiladi, suratlarni ko'zdan kechirishda esa qanday qilib 
rang yordamida tasvirning badiiy ifodaliligiga erishilishini 
ko'rish qobiliyati rivojlanadi.
MTMda bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib 
boriladi, ularga o'simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish top- 
shiriladi. Bu suv, yer, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib, 
bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Bolalar tabiat bilan bevosita munosabatda bo'lish tufay- 
li gul, toshlarning nomini osongina va bajonudil bilib oladilar, 
keyinchalik ularning shakli, rangi, tuzilishi, hidi, nomini sil- 
liqligi va mayinligiga qarab topadilar.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar "oldinga”, "orqaga", 
"tepada - pastda” "uzoq-yaqin”, "chapda-o'ngda" kabi fazoviy 
tasavvurlarni o'zlashtirib oladilar va hayotiy vaziyatda ularga 
amal qiladilar, buyumlarning shakli, ular o'lchamining farqiga 
yetadilar, ularni o'zaro taqqoslaydilar.
Bolalar tabiat bilan tobora ko'proq aloqada bo'lishlari tufay- 
li taassurotlari, eshitib ta'sirlanish xususiyatlari ortib boradi. 
Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning shitirlashi, sham- 
olning guvillashi, yomg'irning shatir-shuturi va momaqaldiroq- 
ning gumburlashini diqqat bilan tinglashga o'rgatish zarur.
Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri - tekshirishdir. 
Tekshirish - buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok 
qilishdan iborat bo'lib, uning natijalaridan keyinchalik ma'lum 
bir mazmunli faoliyatda foydalaniladi. Tekshirish jarayoni­
da bolalar katta-kichiklikni, shaklni, fazoviy munosabatlarni, 
rangni, nutq tovushlari bilan musiqiy tovushlarning o'ziga xos 
xususiyatlarini ajratib ko'rsatish va farqlashga o'rganadilar.
Mashg'ulotlarda bolalarning hissiy bilish tajribasini egallab 
olishlari muhim rol o'ynaydi. Holbuki shu mashg'ulotlarda bo­
lalarning sezgi, idrok va tasavvurlarni tarbiyalashga jonli rah­
barlik qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
181


Bolalar biror buyumni nima uchun sinchiklab qarash, ba'zi 
tovushlarni yaxshilab eshitish kerakligini aniq tushunganla- 
ridagina, ularda sinchiklab qarash, narsa va hodisalarni idrok 
qilish malakasi hosil bo'Iadi. Shuning uchun tarbiyachi bolalar­
ni narsa va hodisalarni idrok qilishga o'rgatib, ular qiladigan 
ishlarning ma'nosini aniq tushuntirib berishi lozim. Shundagi- 
na ular ancha tushungan holda idrok qiladilar va biror maqsad­
ga qaratilgan bo'Iadi: axir, daraxt shoxlari yaxshilab ko'zdan 
kechirilmasa, uning rasmini chizish ancha qiyin bo'Iadi.
Boshqa faoliyat turlariga, masalan, mehnatga tayyorgarlik 
ko'rishda tegishli tekshirish usullari tanlanadi.
Masalan, qog'oz va gazlamaning xossalarini aniqlash uchun 
tarbiyachi bolalarga qog'oz va gazlamani g'ijimlaganda ni­
ma bo'lishini eshitib ko'rishni, qog'oz va bir parcha gazlamani 
yirtib ko'rishni, qog'oz va gazlamadan qilingan qo'g'irchoq 
ko'ylagini suvda yuvishni taklif etadi.
To'plangan tajribalarni bolalar boshqa buyum va hodisa- 
larga ko'chiradilar, undan kundalik hayotlarida foydalanadi- 
lar: "Kel, qumga suv quyamiz, u nam bo'Iadi, biz undan tunnel 
quramiz”, “Bu chelakni ko'tarma, unda qum bor, u juda og'ir”.
Buyumlarning xususiyatlarini, nomini va ta'rifini aniqlash, 
ularni ma'lum bir xossalarga ko'ra taqqoslash uchun didaktik 
o'yin va qo'llanmalardan ham foydalanish mumkin. Ular bo­
lalar bilan olib boriladigan xilma-xil mashg'ulotlar, mehnat, 
kuzatishlar va bolalarning mustaqil ishlarida yaxshigina 
qo'shimcha material hisoblanadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin