ning axloqiy ta'limotlaridan foydalangan, Risola uch qismdan
iborat bo'lib, birinchi qismida xulqiy tarbiya va axloqiy xislat-
larni egallash haqida so'z yuritib, axloqning asosiy tushuncha-
lari: donolik, adolat, iffatga mufassal to'xtalgan, axloq ilmining
maqsad va vazifalari belgilab berilgan. Ikkinchi qism oila va
oilaviy hayot masalalariga bag'ishlangan. Unda bolalarni tar
biyalash va kamolga yetkazish, kasb-hunarni egallash yoriti-
ladi. Uchinchi qism ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan.
Ahmad Yugnakiyning «Hibbat-ul-haqqoyiq» asari ta'limiy-
axloqiy yo'nalishda yozilgan bo'lib, bilimlilik, adolat, saxovat
kabi xislatlar ulug'lanadi, yetuk insonni tarbiyalash g'oyasi il-
gari suriladi.
Amir Temur «Axloqiy Husniya» - yaxshi xulqlar ega-
si bo'lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ish
ga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshma-
shosharlik va adolatsizlikka yo'l qo'ymagan. Amir Temur sin-
gari jahon ma’naviyati saltanatida o'z o'rinlariga ega bo'lgan
buyuk bobokalonlarimizning axloq, go'zal xulq haqidagi fikr-
lari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi.
Amir Temurning vasiyatlaridan xalqiga cheksiz sodiqligi-
ni, millatini ulug'Iaganini, ozodlik uchun kurashuvchan, axloq
iy madaniyati yuksakligini ko'rish mumkin: «Millatning dardi-
ga darmon bo'Iing. Zaiflarni qo'riqlang, yo'qsinlarni boylar zul-
miga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz
bo'lsin».8
Ota-bobolarimizning asrlar davomida to'plagan hayotiy
tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etgan
yodgorliklar orasida Xorazm vohasi hududida yaratilgan be-
baho ma’naviy obida «Avesto» kitobi alohida o'rin tutadi. Ana
shunday o'lmas asori-atiqalar bu ko'hna o'Ikada, bugun biz
yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud
bo'lganidan guvohlik beradi. «Avesto»ning tub ma’no-mohiyat-
ini belgilab beradigan «Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal» degan
Dostları ilə paylaş: