Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, muayyan jami-
yatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo'lgan ma'lum xat-
ti-harakat qoidalari yig'indisidir.
Axloq odamlarning bir-biriga, jamiyatga, davlatga, xalq
mulkiga, oilaga munosabatini muayyan tartibga soladigan xat-
ti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo'Iadi.
Axloq - kishining ichki olami, e'tiqodi, fazilatlari sifatida
mavjud bo'lsa, odob - shaxsning ko'zga tashlanadigan muloza-
mati, xulq-atvori, muomala-munosabatlarida namoyon bo'Iadi.
Qadimgi faylasuflar-u, donishmandlar ijodida odob-axloq
malasalari markaziy o'rinni egallab kelgan. Ular axloq-odobni
jamiyatning «poydevori» deganlar. Shuning uchun jamiyatning
har bir a'zosining xulqi-odobiga alohida e'tibor bilan qaraladi.
Muqaddas Qur'oni Karimda va payg'ambarimiz Muhammad
Alayhissalomning hadislarida insoniy axloq-odobning barcha
qirralari o'z ifodasini topgan.
Quyidagi hadislarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin:
«Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobi-
ni ham yaxshilangizlar», «Men barcha yaxshi axloqni takomil-
lashtirish uchun yuborilganman», «Mo'min kishida quyidagi
ikki xislat bo'lmasligi kerak: baxillik va axloqsizlik».
Ma'lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik
bo'lmish ilm-u ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson kamoloti va
millat ravnaqining eng asosiy sharti deb bilganlar.
Albatta, ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda
ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya'ni xalq
ma'naviyatini boyitadigan eng muhim omildir»7.
Husayn Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asari shaxsiy, oila
viy va fuqarolik axloq asoslarini o'z ichiga olgan. U 40 bob-
dan iborat. Muallif asarda adolat, sabr, yoqimlilik, hayo, odob,
ishonch, va'daga vafo qilish masalalari haqida so'z yuritadi.
Jaloliddin Davoniyning «Axloqi Jaloliy» asarida axloqiy
muammolar, ijtimoiy-falsafiy masalalar tahlil qilinadi. Asarni
yozishda muallif Arastu, Aflotun, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sinolar-
Dostları ilə paylaş: