Pedagogik eksperiment
- Har qanday pedagogik tadq-
iqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy
farazlarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogik jarayonlar-
ning ayrim elementlari o'rtasidagi bog'liqlik va munosabat
lari aniqlanadi, Pedagogik eksperiment ikki turga bo'linadi:
qayd qiluvchi va shakllantiruvchi. Qayd qiluvchi eksperi
ment orqali ta'lim yoki tarbiya jarayonidagi mavjud muammo-
lar aniqlanadi. Shakllantiruvchi eksperimentda esa zaruriy
ma'lumotlar o'quvchilarda shakllantiriladi. Pedagogik jara-
yonni aniqroq o'rganish maqsadida eksperimentator o'zi tash
kil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayonga arala-
shadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muay
yan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlab
ki ma'lumotlarni, aniq sharoitlarni va o'qitish usullarini yoki
tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek,
eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishni tal
ab etadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari
hisoblanadi: eksperiment o'tkazish va natijalarni sharhlash.
Rejalashtirish, eksperiment maqsadi va vazifasini belgilash,
eksperiment natijasiga ta'sir etuvchi omillar va ular daraja-
sining miqdorini aniqlash, kerakli kuzatishlar soni, eksperi-
32
ment o'tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodla-
rini o'z ichiga oladi. Eksperimentni tashkil etish va o'tkazish
belgilangan rejaga qat'iy amal qilgan holda olib borilish kerak.
Sharhlash bosqichida ma'Iumotlar yig'iladi va qayta ishlana-
di. Eksperiment o'tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berish
uchun quyidagi shartlarga rioya qilishi kerak, ya'ni:
1. Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining aniq
bo’lishi.
2. Tadqiqot metodlarining ishonchliligi,
3. Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga ol
ish. Turli metodlarning o'zaro qo'shib olib borilishi pedagogik
tadqiqotlarning samaradorligini va sifatini oshirishga im-
kon beradi. Bunga matematik metodlarning hamda hisoblash-
yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment natijalari-
ning pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi. Odatda,
o'rtacha arifmetik miqdor, modda, meridiana, dispersiya, tan-
lab olinadigan tofplam majmuining o'rtacha kvadratik chet-
ga chikishi, o'rtacha olingan qiymat xatosi, belgilarni tuza-
tish koeffetsentlari hisoblab chiqiladi. Ilmiy tadqiqot natijalari
amalda qo'llaniladi. Tugallangan tadqiqotda eng muhim narsa
uning natijalarini amalda qo'Hanilishidir. Mustaqil O'zbekiston
sharoitida yangi ilmiy bilimlar juda tez to'planib bormoqda. Bi-
roq, ularni amaliy ishga joriy etish yo'lida qiyinchiliklar ham
borligi ko'zga tashlanmoqda.
Bu qiyinchiliklar o'quv-tarbiya jarayonini takomillashti
rish haqidagi bilimlarning ortib borishi bilan ulardan foy-
dalanishning faol imkoniyatlari o'rtasidagi nomuvofiqlikdan
iboratdir. Shunday bo'lsa-da, bu ularni joriy etish yuzasidan
maqsadga muvofiq ishlar olib borishni istisno etmaydi. Joriy
etish jarayoni pedagogik tajribani takomillashtirishga qara
tilgan faoliyat deb qaraladi, Shu sababli joriy qilinishi lozim
bo'lgan tavsiyalarga yuqori talablar qo'yiladi. Talablarning il
miy asoslanganlik darajasi, ular mazmunining aniqligi peda
goglar bilan o'quvchilarning mo'ljallangan kuch - g'ayrati me-
zonini to'g'ri baholashni nazarda tutadi. Joriy etish butun bir
33
tadbirlar kompleksi bo'lib, u olingan xulosaiar haqida peda
gogik jamoatchilikni xabardor qilishni, yangi o'quv va metodik
qo'llanmalar yaratishni, metodik yo'l-yo'riq va metodik tavsi-
yalar ishlab chiqishni o'z ichiga oladi.
MTM hujjatlarini tahlil qilish metodi - Pedagogik hodisa
lar va faktlarni tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal
va chuqur o'rganmoq lozim. MTM hujjatlarini tahlil qilish
da ta'lim qonunlariga amal qilinmoq kerak. MTM hujjatlarini
tahlil qilishda o'quvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini
uning iqtidorini hamda ilg'or pedagogik tajribalarning umum-
lashtirilishi va joriy etilishini ko'rsatgan taqdirdagina to'liq
qiymatga ega bo'ladi.
Shuningdek, bolalarning umumiy miqdorb uning o'sishi yo
ki kamayishi sabablari tavsifi, rag'batlantirish va jazolash cho-
ralari turlariga, MTMning moddiy bazasiga e'tibor beriladi.
Bolalar ijodini o'rganish metodi - bolalar ijodini hamda
ularning turli-tuman ishlarini o'rganish va tahlil qilish peda
gogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli bo
lalar aqliy qobiliyatlari, olijanob axloqiy qiyofalari, estetik did-
lari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib tura-
di. Pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va omillarini
chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va ta-
komillashtirishning to'g'ri yo'llarini ko'rsatib berishga qaratil-
gan.
Statistik malumotlarni analiz va sintez qilish metodi - Pe
dagogik tadqiqot kerakli statistika ma'lumotlarini ma'lum bir
maqsad bilan tizimli o'rganish, mustaqil O'zbekistonda fan
madaniyat, ta'lim-tarbiyani taraqqiy etishiga salmoqli hissa
qo'shadi.
Maktabgacha ta'lim sohasidagi, jumladan, ajratilgan mab-
lag'larning doimiy o'sib borishi, darslik va o'quv qo'llanma-
lari, ko'rgazmali qurollar, o'qituvchi kadrlar tayyorlash, mak
tab qurilishi, xo'jalik shartnomalari va ulardan tusha yotgan
mablag'lar
statistika usuli
orqali aniqlanadi.
Anketalar metodi - bolalardan so'rash usuli bo'lib, u bolalar
jamoasining bilimlari to'g'risidagi kerakli ma’lumotlarni olish
34
uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun ham
da kasbga yo'llashni belgilash uchun maxsus shaklda ishlan-
gan bo'lmog'i lozim. Anketada ko'zlangan maqsadga muvofiq
savollar bo'lib, ularning javoblaridan pedagogik natijalar kelib
chikisbi ko'zda tutiladi.
Yozma javoblarni ommaviy ravishda yig'ib olish metodi an-
keta metodi deb ataladi. Anketalar ishlab chiqarish murakkab
ilmiy jarayon. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar
mazmuniga, berilgan savollar shakliga, to'ldirilgan anketalar
soniga bog'liq bo'Iadi. Odatda, anketalar anketa ma’lumotlarni
EHM da qo'llab, matematik-statistik metodlari bilan ishlashga
imkon beradigan qilib tuziladi. Hujjatlarning yetarli darajada
aniqlik bilan shunday tahlil qilinishi pedagogik jamoalarning
real faoliyatidagi sababli bog'lanishlari va bog'liqliklarini aniq-
lashga yordam beradi.
Hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari - hozir
gi zamon ishlab chiqarishi, fani va texnikasining talab hamda
manfaatlari turmushda sinalgan texnika vositalarini, hisob
lash matematikasi va kibernetika usullarini maktab ishida va
pedagogikada qoTlanilishini talab qiladi. Pedagogik kiberneti
ka shakli bilim berish jarayonini o'qitish, bilim berish jarayo
nini boshqarishning alohida formasi sifatida o'ziga xos xususi-
yatga ega. Shuning uchun pedagogik jarayon bilan ishlab chiqa
rish jarayonlarini avtomatlashtirish o'rtasida katta farq bor.
Pedagogik tadqiqotlarda kino, ovoz texnikasi, foto, televi-
deniye singari texnika vositalaridan keng foydalaniladi. Ular
o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga yordam bera
di. Bolalar uchun qo'shimcha rag'batlantirish omillarini hosil
qiladi. Bular o'qituvchilar mehnatini ma'lum maqsadda yengil-
lashtiradi. Ko'rsatilgan vositalarning har biri bolalarning yo-
shini hisobga olgan holda o'quv fani va pedagogik jarayonni
mukammallashtiradi.
Sotsiologik tadqiqot metodi - anketaga savollar kiritiladi.
Bundan maqsad talaba-yoshlarning kasb-hunarga bo'lgan mu-
nosabatlarni aniqlash, talabalar orasidagi do'stlik munosabat-
35
larini aniqlash, o'zi ta'lim-tarbiya olayotgan oliy o'quv yurtida-
gi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va kamchiliklarni, yoshlar
orasidagi munosabatlarni, dinga, xususan, tasavvufga bo'lgan
qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma'naviy sifatlari daraja
sini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta'minlanganlik
darajasi, ilmiy va kasbiy mahoratni oshirishdagi mashg'ulotlar
turi, stipendiyalar miqdori, ota-onalarning moddiy yordami,
ularning ma'lumoti, ish joyi, talabalarning yashash joyi, il
miy dunyoqarashining shakllantirishida ta’sir etuvchi omillar,
ularning onglilik darajasi jarayoni, ma’naviy sifatlar, komillik-
ka erishish uchun tezroq qutulish kerak bo'lgan salbiy sifatlar-
ni aniqlashdir.
Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro'yobga
chiqarish bosqichlarida, yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda
ta'limni talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyor
lash tizimining amalda faoliyat ko'rsatishi va barqaror rivoj-
lanishining kafolatlari ustuvorligini ta'minlovchi normativ,
moddiy texnika va axborot bazasini yaratish kabi masalalar
pedagogik tadqiqoti asosini tashkil etadi,
Dostları ilə paylaş: |