MAKTABGACHA TA'LIM TARIXI
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA
XIX asming ikkinchi yarmi - X X asrda Shveysarya, Angliya
va boshqa Yevropa mamlakatlarida nemis pedagogi Fridrix
Frebelning maktabgacha tarbiya nazariyasi keng ommalashdi.
Pedagogika tarixida Frebelning ahamiyati shu bilan belgilanadiki,
u maktabgacha tarbiya nazariyotchisi bo‘lgani holda maktabgacha
pedagogikani mustaqil fan tarmog’iga ajratilishiga ko‘maklashdi.
Ayni paytda u ilk bor «bolalar bog’chasi» tushunchasini muomalaga
kiritdi.
Fridrix Frebel (1782-1852).
Fridrix Frebelning pedagogik tizimi
36
Bolalar bog’chasining paydo bo‘lishi tarixi 1837-yilga borib
taqaladi, bolalar bog’chasining asoschisi deb taniqli nemis
pedagogi - Fridrix Frebel hisoblanadi. Aynan u Germaniyaning Bad-
Blankenburg shahrida bolalar uchun tashkil qilingan muassasasini
“bolalar bog ’chasi” deb atadi va ushbu atama butun dunyoda umumiy
tarzda qabul qilindi. Shunday savol tug’iladi: Nima sababdan
muassasa “bolalar bog’chasi” deb ataladi? Taxminlardan biriga
ko‘ra, F.Frebel bolalarni “Qlloh ekinlari” deb hisoblagan, ya’ni ular
g’amxo‘rlik va parvarishga muhtoj o‘simliklar bog’i hisoblanadi.
Yana bir taxmin shundan iboratki, nemis pedagogi Sorbixdagi
“Saroy bog’ida” deb nomlangan sobiq mehmonxonada “bolalarni
parvarishlash bo‘yicha birinchi muassasa”ni ochgan. Farzandlarini
muassasaga olib borar ekan, shaharcha aholisi boqqa ketayapmiz,
deb aytgan. Chunki bolalar bog’chasi oczining dizayniga ko4ra
gullar va daraxtlarga o‘ralgan bog’ bo'lgan. Bolalar bog’chasi
tarbiyachilarmi nemis pedagogi “bog’bon qizlar” deb atagan,
bu bilan u bolalarga bo‘lgan mehrini ifodalagan, pedagoglami
bolalarga voyaga yetishi va rivojlanishi uchun ko'maklashishga
da’vat etgan. Frebelning bolalar bog’chalari shuningdek, vaqtincha
oila o‘mini bosish va ota-onalarga tarbiya ishlariga yordamlashish
uchun tashkil qilingan: onalar bilan bolalar birga kelishi, ular bilan
o‘ynashi va bog’bon qizlardan o(rganishi mumkin borgan.
Shu tarzda, F.Frebelning katta xizmati bolalar bog’chasining
ochilishi, shuningdek maktabgacha ta’lim uslubiyotining yaratilishi
bo‘ldi. Uning asosini bolalarga bo‘lgan cheksiz mehr tashkil qiladi.
Ushbu uslubiyotning asosiy jihatlarini sanab o'taylik: o‘yin, nutqni
rivojlantirish, jamoaviy tarbiya, mehr-muhabbat bilan o‘rab olish,
jazolarning yo‘qligi va tarixda qolib ketgan «Frebel tuhfalari».
Bolalar tarbiyasiga katta e’tibor qaratar ekan, Frebel o'yinlarni
o‘z uslubiy otining asosi deb bilgan, bular: ijodiy, harakatli,
fantaziyali, taqlidli va h.z. o‘yinlar. Shuni ta’kidlash kerakki, aynan
Frebel didaktik о‘yinlar tizimini yaratishga asos solgan. U didaktik
o‘yinlar va turli tuman mashg’ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy
37
ko‘rsatmalami ishlab chiqqan. Olim olib borgan ishlar unda shunday
e’tiqodni shakllantirdiki, «bolalar o‘yini - bu turmush ko‘zgusi va
ichki olamning erkin namoyishi»dir.
RFrebel
mayda
motorika
yordamida
bolalar
nuqtini
rivojlantirishni taklif qilgan. U ilk yoshdagi va maktabgacha
yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish bosqichlarini batafsil
ko‘rsatib bergan hamda buyum bilan tanishishni uning nomini
atashdan boshlash kerak, degan talabni ilgari surgan.
Nemis pedagogining fikricha, turli materiallar bilan ko‘plab
mashqlar bajamvchi bolalar boshqa bolalardan ancha awal so‘zlay
boshlaydi.
Frebel xilma-xil bolalar faoliyati turlari va mashg’ulotlarni
taklif etgan, bular: mozaika, munchoqlar, cho‘plar, qog’ozlar,
bo‘yoqlar bilan ishlash, rasm chizish, qog’ozdan to‘qish, qog’ozni
qirqish, loydan narsalar yasash. Origamiga katta e’tibor qaratilgan
(ya’ni qaychidan foydalanmasdan turib, qog’ozdan shakllar
yasash). Shuningdek, olimning bog’chasida arqonli o‘yinlar; qum
o‘ynash, konstruksiyalar yasash uzviy mashg’ulotlar hisoblagan.
Bular ijodiy qobiliyatni o‘stirish, intellektni shakllantirish, dunyoni
abstrakt holda qabul qila olish, noan’anaviy qarorlar qabul qilish
layoqatini rivojlantirishga ko‘maklashadi. О‘yin jarayonida
bolalar bilan suhbatlashish ham ko‘zda tutilgan. Suhbat mavzusi
Frebelning fikricha, awaldan tayyorlanib, bolaning faoliyat bilan
shug’ullanish va boshqa bolalar bilan muloqot qilishga bo‘lgan
ehtiyojini qondirish uchun, uni tengdoshlari jamoasida tarbiyalash
kerak. Ushbu g’oyani u chuqur pedagogik asos bilan mustahkamladi
va uni keng ommalashtirish bo‘yicha ko'p ishlarni amalga oshirdi.
RFrebel jamoaviy tarbiyani insoniyat asosi, deb bilgan. Shu
sababli u bolani majburiy tartibda jamoaviy faoliyatga jalb qilish,
ya’ni uning bolalar bog’chasiga qatnashi zarur, deb hisoblagan.
U bolaning tanasini rivojiantirish zarur, tashqi hissiyot sezgilarini
mashq qildirish, ularni odamlar va tabiat bilan tanishtirish kerak, deb
hisoblagan. Shu kabi о‘yin jarayonida bolani maktabga tayyorlash,
38
bog’dagi o‘simliklar kabi, ularga rivojlanishida yordamlashish
kerak, deb bilgan. Ayni paytda har bir bolaning individualligini
yodda tutishga da’vat etgan. Shu sababli bog’da katta gullar
to'plami bo‘lgan, bolalar gullami guruh bo'lib parvarish qilgan,
ayni paytda bitta bolaga biriktirilgan o'simlik ekilgan tuvak ham
bo'lgan.
F.Frebel uslubiyotining g'oyasi - barcha narsalar bolalarga.
Olim bolalarga hayvonlar haqidagi voqealami aytib bergan,
zero bolalar hayvonlarni yaxshi ko'rishini tashungan. So'ngra
bolalarning gullarga mehri balandligini anglagan. Shu sababli
uning tarbiyalanuvchilari gullami mustaqil parvarishlay boshiagan.
Asta-sekin musiqaning bolalarga ijobiy ta’sir ko'rsatishini sezgan.
Shundan kelib chiqib, bolalar ashula ayta boshiagan va «bog’bon
qizlar»ning (ya’ni, tarbiyachilarning) ashulalarini tinglagan.
F.Frebel jazolarga, bolalarga nisbatan har qanday shafqatsizlik
namoyishlariga qarshi bo'lgan. Fridrix Frebel haqida so'z ketganda
uning «tuhfalarini» alohida eslatish kerak. «Frebel tuhfalari» - bu
olim tomonidan ishlab chiqilgan didaktik material bo‘lib, bolani ilk
yoshda rivojlanishiga mo'ljallangan. Bu bolaning turli ko'nikmalari
va layoqatlarini mashq qildiruvi o'yinchoqlar tizimidir. Har bir
o'yinchoq bolani rivojlantirishga ko'maklashadi hamda undan
foydalanishda muayyan qoidalami ko'zda tutadi. F.Frebel 6 ta
nomdagi “Tuhfalar”ni taklif etdi:
Birinchi tuhfa - bu koptok. Bu birinchi o'yinchoq, chunki
shaming burchaklari yo'q, bola uchun qulay. Material sifatida
ko'pincha mayda, yumshoq, jundan to‘qilgan shar-koptokiar taklif
qilingan. Har bir koptokka ip bog’langan. Bolaga turli rangdagi
koptokni ko'rsatish orqali ona uni ranglami farqlashga o'rgatgan.
Koptoklar turli ranglarga bo'yalgan - qizil, yashil, sariq, to'q sariq,
oq, ko'k va binafsha rangli koptoklar bo'lgan. Shar-koptokni turli
tomonga: «yuqoriga-pastga», «chapga-o'ngga», «oldinga-orqaga»
tebratar ekan, ona harakatlar nomini aytadi va bolani makondagi
harakatlar bilan tanishtiradi. Bolani tasdiq va inkor bilan tanishtirish
maqsadida ona shami kaftiga qo'yib, so'ng uni yashirar ekan,
«Koptok bor - koptok yo'q» deb aytadi.
39
Ikkinchi tuhfa - kichik o‘lchamli: yog’och kub, shar va silindr
bo‘lgan. Aniqlik kiritamiz: shar diametri, silindr asosi va kubik
tomonlar bir xil. Ularning yordamida bola ashyolaming turli
shakllari bilan tanishadi. Kubik o‘z shakli va barqarorligi bilan
shaming aksidir. Shar nemis olimi tomonidan harakatlanish ramzi,
kubik esa - barqarorlik ramzi, xilma-xillikda yagonalik ramzi
hisoblanadi. Shu narsa nazarda tutiladiki, kub yagona, ammo
unga qaysi tomondan qarayotganingizga ko‘ra ko‘rinishi turlicha
bo‘ladi: qirrasi, tomoni, uchi bilan. Silindr shaming ham, kubning
ham xossalarini birlashtiradi: u asosiga qo‘yilganda barqaror,
yotqizilganda harakatlanadi.
Uchinchi tuhfa - bu 8 ta kubikka bo‘lingan kub. Ya’ni, kub
o‘rtasidan bo‘lingan, har bir qismi esa - to‘rt ЬоЧакка. Buning
yordamida, Frebelning fikricha, bola butun narsa va uning tarkibiy
qismlari haqida tasawurga ega bo‘ladi. Shu tufayli bola o‘z
ijodini rivojiantirish, kubiklardan narsalar qurish, ularni turlicha
kombinatsiyalarga birlashtirish imkoniga ega bo ‘ ladi.
To4rtinchi tuhfa - bu o‘sha o‘lchamli kub bo‘lib, u 8 ta plitkaga
bo‘lingan.
Ya’ni, kubik o‘rtasidan bo‘linadi, har bir qismi esa - to‘rtta
cho‘ziq plitkaga bo‘linadi. Har bir plitkaning uzunligi kubik
tomoniga teng, qalinligi ushbu tomonning to‘rtdan bir qismiga teng.
Beshinchi tuhfa - bu 27 ta mayda kubiklarga bo‘lingan kub,
ulardan to ‘qqiztasi yanada mayda bo ‘ laklarga bo ‘ lingan.
Oltinchi tuhfa - bu ham 27 ta kubikka bo‘lingan kub bo‘lgan,
ularning aksariyati yana qismlarga: plitkalarga, diagonaliga ko‘ra
bo‘lingan.
Shu tarzda Frebel bo‘yicha bolalar bog’chasining maqsadi va
tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi:
- faoliyatning 3 ta turiga - o'yin, o‘quv, mehnatga
yo‘naltirilganlik;
- bola hissiyotlarini rivojiantirish;
- bolaning tanasi va ruhini mustahkamlash;
40
- ko'rgazmali usul yordamida tabiat bilan tanishish va dunyoni
anglash;
- odamlar bilan muloqot qilish;
- bolaning tabiiy xislatlarini rivojlantirish;
- bolalarga cheksiz mehr-muhabbat ko‘rsatish.
F.Frebelning ulkan yutuqlari bilan birga, tarixdan ma’lumki,
uning pedagogik yondashuvlari K.D.Ushinskiy, E.A.Flyorina,
G.N. Vodovozova kabi olimlar tomonidan tanqid qilingan. Frebel
nazariyasida kamchiliklar ham bor, va ular, avvalo, quyidagilar:
- bolaning bevosita atrofdagi olam bilan tanishuvi «tuhfalar»
tizimiga almashtirilgan;
- bolaning hayoti didaktik material bilan chegaralanadi;
- bolaning hayoti haddan ziyod tartibga solinadi;
- bolaning erkin ijodi cheklanadi va h.z.
Shunga qaramay, F.Frebel fanga katta hissa qo‘shgan, zero
u nazariya va amaliyotni birlashtirdi, uning maqsadi - bolaning
ijodiy salohiyatini namoyon bo‘lishiga ко ‘ maklashadigan sharoitni
ta’minlovchi muhitni yaratish bo‘lgan. Ayni paytda bu bolada
noan’anaviy ijodiy fikrlash qobiliyatini, fantaziyani rivojlantiradi,
masalalami hal etishga noan’anaviy yondashuvni shakllantiradi.
Maktabgacha tarbiya g’oyasini targ’ib etish va bolalar bog’-
chalarini ommalashtirish yoUida ulkan ishlarni amalga oshirdi.
Olim bolalarning yoshlariga mos ravishda ishlash usullarini ishlab
chiqish orqali maktabgacha tarbiya amaliyotini jiddiy boyitdi.
Ko‘plab mamlakatlarda bolalar bog’chalari maktabgacha tarbiya
tizimida yetakchi o‘rinni egalladi. F.Frebel maktabgacha tarbiya
tarixida birinchi bo‘lib ijtimoiy maktabgacha tarbiyaning yaxlit,
uslubiy ishlab chiqilgan, amaliy qo‘llanmalar bilan boyitilgan
tizimini yaratdi.
Maktabgacha ta’lim sohasi vujudga kelishida 1918-yiIda
Fridrix Frebel kursi qoshida Petrograd Maktabgacha ta'lim in-
stitutining tashkil etilishi muhim voqea bo'ldi. Bu ta'lim mas-
kanida Maktabgacha ta'lim bo'yicha mutaxassis kadrlar tay-
41
yorlangan, shu bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlari olib
boriigan. 1919-yilda xaql maorifi kommisariyati tomonidan
"Maktabgacha ta'lim" bo'yicha butun ittifoq anjumani bo'lib
o'tdi. Bunda ijtimoiy Maktabgacha ta'lim sohasini tashkil etish,
bola tarbiyasining nazariy-amaliy masalalari o'rin oladi.
Maktabgacha ta'limga bag'ishlangan butunittifoq anjumanlar:
- 1921 yil - ikkinchi anjuman
- 1924 yil - uchinchi anjuman
- 1928 yil - to'rtinchi anjumanlar bo'lib o'tgan.
Bu anjumanlar ijtimoiy Maktabgacha ta’lim muassasalarini
kengaytirish, kadrlar tayyorlash, moddiy ta'minot masalalari,
shu bilan bir qatorda Maktabgacha ta'lim sohasini ilmiy tadqi
qot ishlarining nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi.
Maktabgacha ta'lim pedagogika sohasi rivojiga pedagog
olim va psixologlardan: S.T.Shaskiy, V.N.Shasskaya, L.K.Shleger,
Ye.LTixeeva,
L.I.Chulishskaya,
Y.A.Arkin,
K.N.Kornilov,
P.P.Blonskiy va boshqalar katta hissa qo'shganlar. Maktabga
cha pedagogika bo'yicha dastlabki qo'llanma "Ilk yosh peda
gogikasi va Maktabgacha ta'lim bo'yicha metodik xatlar" nashr
ettirildi.
1930-yillarga kelib, maktabgacha pedagogika sohasi jadal-
lik bilan rivojlandi, shu bilan bir qatorda maktabgacha bo
lalar muassasalari soni ham o'sib bordi. Maktabgacha pe
dagogika fan sifatida taraqqiy etishida psixolog-olimlardan
A.R.Luriya, S.L.Rubenshteyn, B.G.Ananev, pedagog-olimlardan
P.N.Gruzdeva, Y.N.Medinskiy, I.F.Svadkovskiylarning roli katta
bo'ldi.
1928-yilda xalq maorifi komissarligi tomonidan "Doshkol-
noe vospitanie" jurnali nashr etildi. Bu jurnal o'z ichiga quyi
dagi bo'limlar:
- Maktabgacha ta'lim nazariyasi va amaliyoti
- Maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish va jihoz-
lash
- Metodik ishlar (kutubxona, bolalar adabiyoti, metodik
qo'llanmalar)
42
- Chet ellarda Maktabgacha ta'lim tizimi
- Ilg'or ish tajribalaridan namunalar
- Maktabgacha ta'lim pedagoglari uchun maslahatlardan
iborat bo'lgan.
Maktabgacha pedagogika sohasi bo'yicha ilmiy-tadqiqot
ishlarini olib borgan pedagog-psixolog Pavel Petrovich Blons
kiy (1884-1941):
- Maktabgacha ta’limga kirish (1913-y)
- Bolalarning yosh xususiyatlari (1934-y), ko'nikmalari mu-
allifi, asosan boialikning ilk yosh davr xususiyatlari ustida
tadqiqotlar olib borgan olimdir.
Stanislav Teofilovich Shaskiy (1878-1934) pedagog olim, u
Maktabgacha ta'limning mazmuni va metodlari ustida ilmiy
tadqiqot ishlarini olib borgan. Uning rahbarligida pedagogik
texnikum tashkil etilgan. U tomonidan "Bolalar mehnati va
dam olishi" deb nomlangan jamiyat ish olib borgan. Uning "De-
ti - rabotyagi budushego" (1908) asari bolalar tarbiyasining
muhim jihatlarini keng yoritib bergan.
Luiza Karlovna Shleger (1863-1942) - Maktabgacha ta’lim
sohasi bo'yicha ko'zga ko'ringan olima. U tomonidan "Materiali
dlya besed s malenkimi detmi" “Prakticheskaya rabota v dets-
kom sadu" (1915 g) nomli kitobida bolalarning o'yin va mehnat
faoliyatini tashkil etish masalalari o'rin egallagan. U Maktab
gacha ta'lim bo'yicha kadrlar tayyorlash ishida faol ishtirok et-
gan,
Lidiya Ivanovna Chulitskaya (1870-1938) taniqli pedagog-
shifokor, ilk yosh davr gigiyenasi bo'yicha olima. Uning "Gigie-
na detskogo sada" (1923 g), "Gigiena detskogo vozrasta" (1938
g), "Razvitie dvijeniy u detey na pervom i vtorom godu", "Igri
v doshkolnom vozraste" asarlari Maktabgacha ta'lim sohasi
rivojida muhim o'rin tutdi. Shuningdek; u Maktabgacha ta'lim
bo'yicha kadrlar tayyorlash; bolalar bog'chalarining sanitariya
holatini saqlash masalalarida faol ishtirok etgan.
Yelizaveta Ivanovna Tixeeva (1867-1943) pedagogik faoli
yatini XIX asrning 90-yillarida boshlagan, 1913—1917-yil-
43
larda u Sankt-Piterburg jamiyatining Maktabgacha ta'lim
bo'limining rahbari bo'lib faoliyat ko'rsatgan. 1920-yilda
Y.LTixeeva - Petrograd maktabgacha pedagogika institutin-
ing professori, keyinchalik A.I.Gersen nomli Pedagogika insti-
tutida ma'ruzalar o'qigan. Uning rahbarligida institut qoshida
tashkil etilgan bolalar bog'chasi ilmiy-tadqiqotlar va labora-
toriya bazasi bo'lib hisoblangan. Muassasada - nutq o'stirish,
sensor tarbiya, mashg'ulotlarda didaktik o'yinlarni tashkil
etish metodikalari bo'yicha ishlar olib borilgan.
Uning "Detskiy sad" (1928 g), "Razvitie rechi doshkolnika”
(1937 g) nomli kitoblari maktabgacha yoshdagi bolalar tarbi
yasi rivojiga katta hissa qo'shdi,
Lev Semenovich Vigodskiy (1896-1934) - umumiy va
maktabgacha pedagogika va psixologiya sohasi bo'yicha tad-
qiqotlar olib borgan. U psixik jarayonlarning aqliy tarbiya va
ta'limga bog'liqlik masalalari, turli yosh davrlar xususiyatlari
ustida ish olib borgan, Uning "Obuchenie v razvitie v doshkol-
nom vozraste" nomli risolasida bolalar bog'cha programmasi
tuzishda psixologik jarayonlarga ahamiyat qaratilishi ta’lim,
bilim berish, o'qitish masalalari yoritib berilgan.
Anton Semenovich Makarenko - (1888-1939). Taniqli pe
dagog va yozuvchi bo'lib o'z Vatani va chet ellarda o'zining pe
dagogik asarlari bilan mashhur bo'lgan. U 1920-yilda “Bolalar
koloniyasi" ni tuzdi. Unda voyaga yetmagan va tartibbuzar bo
lalar tarbiya qilindi. 1927-yilga kelib, F.E.Dzerjinskiy nomli bo
lalar kolonnasi tashkil etdi. U Maktabgacha ta'lim yoshidagi
bolalarni tarbiyalash (o'yin, mehnat va boshqa faoliyatlarda)
usullarini ko'rsatib bergan. U ta'limda “Metodika organizatsi-
ya vospitatelnogo protsessa", "Stil rabot s kollektivom” "Stil
vospitaniya”, “Obshie usloviya semeynogo vospitaniya” nom
li risolalari yaratilgan. Olim oilada bola tarbiyasi masalalari
bo'yicha ham tadqiqotlar olib borgan.
O'tgan asrning 40-60 yillariga kelib, Maktabgacha ta'lim so
hasi jadallik bilan rivojlandi. Maktabgacha ta'lim muassasala-
riga bo'lgan talab ortishi munosabati bilan turli (kecha-kun-
44
duz] yo'nalishdagi sanatoriya, bolalar internatlari tashkil etil-
di. Maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirishda 1943-yilda
Pedagogika fanlari Akademiyasida Maktabgacha ta'lim sekto-
rining tashkil etilishi katta voqea bo'ldi. Bu yillarda bolalar
ning aqliy tarbiyasi muammolari, elementar matematika na-
zariyasi va metodikasi bo'yicha tadqiqot olib borgan pedagog
A.M.Musina “Maktabgacha pedagogikaning didaktik materi
allari'' asosini ilmiy jihatdan ishlab chiqqan B.I.Xachapuridze,
maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy faoliyati bo'yicha tad-
qiqotlar olib borgan Y.A.Flerina, bolalar bog'chasida ta'lim-na-
zariyasini (o'qitish) ishlab chiqqan pedagog olima A.P.Usova
kabi pedagog-olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar
Maktabgacha ta'lim sohasi rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi.
Yefim Aronovich Arkin (1873-1948) - pedagogika fanlari
doktori, shifokor va pedagog olim. U bolalar jismoniy tarbiya
si, bolalar gigiyenasi sohasida ilmiy asarlarni yaratdi. Uning
asarlari: "Doshkolniy vozrast” (Maktabgacha yosh)(1948),
"Ota-onalar uchun qo'llanma va ta'lim” U turli yosh davrning
jismoniy va psixik rivojlanishi qonuniyatlarini ishlab chiqqan
olimdir.
Yevgeniya Aleksandrovna Flerina (1888-1952) - taniqli oli
ma, pedagogika fanlari doktori, professor, Pedagogika Fan
lar Akademiyasi muxbir a'zosi. U ijtimoiy Maktabgacha ta'lim
tashkil etilishi, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga yetak-
chilik qilgan. U maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy este
tik jihatdan rivojiantirish muammolari ustida ish olib borgan.
Uning rahbarligida "Maktabgacha pedagogika" darsligi yaratil-
gan.
Shuningdek, u maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi-
ni o'stirish metodikasi ustida tadqiqotlar olib borgan. U "Es-
teticheskoe vospitanie doshkolnika” va bir qancha qo'llanmalar
muallifidir.
Aleksandra Platonova Usova (18984965) - maktabgacha
pedagogika sohasida ko'zga ko'ringan olima, Pedagogika Fan
lari Akdemiyasi muxbir a'zosi. U 1930-1941-yillar mobayni-
45
da A.I.Gertsen nomli Leningrad Davlat Pedagogika institutin-
ing Maktabgacha ta'lim kafedrasini, 1945-1960 yillar Mak
tabgacha ta'lim sektori va didaktika sektorini boshqargan. U
maktabgacha yosh davrining o'yin, ta’lim, sensor tarbiya, ped
agogik jarayonlarni tashkil etish muammolari ustida ilmiy
tadqiqotlar olib borgan. Uning rahbarligida bolalar bog'chasi
programmasi barcha metodikalar bo'yicha qo'llanmalar yara-
tildi. U tomonidan: "Obuchenie v detskom sadu" (M-1970 g),
"Sensornoe vospitanie doshkolnikov" (M 1963 g), "Russkoe
narodnoe tvorchestvo v detskom sadu” (M-1972 g) kabi man-
balar yaratilgan.
Nina Pavlovna Sakulina (1900-1976) - pedagogika fanlari
doktori, tasviriy faoliyat bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borgan
pedagog. U san'at institutidagi maktabgacha sektori bo'limini
boshqargan. A.P.Usova, A.V.Zaporojes kabi olimlar bilan birga
likda maktabgacha yoshda sensor tarbiya tizimini ishlab chi-
qishda qatnashgan. U tomonidan: "Risovanie v doshkolnom
detstve" (1965 g) asari K.D.Ushinskiy mukofotiga sazovor
bo'lgan. U asosiy diqqatini Maktabgacha ta'lim ishlariga, tarbi
yachi, metodist, o'qituvchilarga metodik yordam berishga qa-
ratdi.
Oradan yillar o'tdi, ko'p narsalar hozirgi davr qarashlari-
ga mos ravishda qaytadan ko'rib chiqilmoqda, yangilanmoqda.
Rivojlanishning yangi bosqichida, globalizatsiya va axborot oq-
imini hisobga olgan holda F.Frebelning pedagogik yondashuv-
lari hamon maktabgacha ta'lim tizimida qo'lianilmoqda.
Yuqorida sanab o'tilgan usullar, zamonaviy yondashuvlarga
mos holda uslubiy qayta ishlangani holda maktabgacha ta'lim
muassasalarida qo'lianilmoqda.
Endi esa xayolan o'tmish va maktabgacha ta'limning zamo
naviy yondashuvlari o'rtasida ko'prik yasaymiz.
Hozirgi bosqichda, maktabgacha yoshdagi bolalarni turli
vaziyatlarda harakatlana olishga, kutilmagan muammolarni
hal qilishga, nafaqat an'anaviy, balki noan'anaviy ijodiy yechim-
lar topa bilishga va ularni hayotga joriy etishga o'rgatish ke-
46
rak. Buning yordamida bolalar yangi sharoitlarga moslashish
va maktabga tayyorlanish, hayotda yutuqqa erishish imkoni-
yatiga ega bo'ladi.
Ta'limning tahlili shuni ta'kidlash imkonini beradiki,
zamonaviy ta'lim kompetentlilik yondashuviga asoslanadi.
O'zbekistonning maktabgacha ta'lim muassasalarida o'quv-
ta'lim ishlari «O'zbekiston Respublikasining ilk va maktab
gacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat ta
lablari» va "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muassasasining
Davlat o'quv dasturi» asosida olib borilmoqda.
"Ilk qadam" MTMsining Davlat o'quv dasturiga muvofiq
turli yosh guruhlarida quyidagi rivojlantiruvchi markazlarida
ish olib borilishi belgilangan: «Til va nutq», «Ilm-fan va tabi
at», «Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika», «San'at
markazi», «Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish». Guruh
bolalari o'z istagiga binoan xohlagan mazkur markazlardan
birini tanlab, faoliyat olib borishi mumkin.
Taqqoslash asosida, maktabgacha ta'limning tarixi bilan
hozirgi holati o'rtasida qiziq bir o'xshashlikni qayd etamiz.
E'tibor qiling, aynan F.Frebelning "bolalar bog'chasi"da ta'limga
nisbatan yuqorida tilga olingan yondashuvlarga asos solingan.
Xususan, bu jihat bolalar bog'chasida bolalar faoliyatini tash-
killashtirishda namoyon bo'ladi. Bunda, masalan, xonaning bir
burchagida bolalar guruhi yog'och kublardan minora yasay-
di, boshqa burchagida esa - ikkinchi guruh barmoqlari bilan
chizish orqali katta rasmni chizadi. Bunday faoliyat davomi
da ular quyidagi turdagi masalalarni hal qiladi: "Qanday qilib
qursak, minora yiqilmaydi? Minoraga nima bo'ladi - yiqila-
dimi yoki turib qoladimi? Yana qanday ranglar qo'shish mum
kin? Qanday geometrik shakllarni qo'shish mumkin?" va h.z.
Hozirgi bosqichda bularning barchasi jiddiy ravishda boyitil-
gan va takomillashtirilgan. Ularga mavzuli tamoyil asos qilib
olingan. Butun o'quv yili davomida mavzu belgilangan va har
bir oy uchun mavzuning nomi ko'zda tutilgan. Har bir oyning
nomi o'z nomiga ega mavzuli to'rtta haftaga bo'lingan va h.z.
47
Shunday qilib, bolaning faoliyatida uning xatti-harakat-
lari rivojlanishining asosi hisoblanadi. Masalan, kubiklardan,
geometrik shakllardan uy quradimi, ertak, hikoya to'qiydimi
va h.z. Muhimi, u izlanishda bo'ladi, o'ylaydi, individual ravish
da va hamkorlikda qarorlar qabul qiladi. Bu esa bolaga o'zining
ijodiy faolligini namoyish etishi uchun keng imkoniyatlar
yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha pedagogika sohasi
bo'yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida ushbu fan
ning metodologik asoslari yaratildi.
Dostları ilə paylaş: |