ta’lim muassasalarning maktabgacha ta’lim miqyosida tutgan
o'rni, uning butun faoliyatini aks ettiruvchi hujjatlar bilan
tanishiladi;
4.
Tekshirish rejasi tuzilib, tekshirish muddati, kim
tomonidan tekshirilayotganligi ko'rsatiladi (Bu tinglovchi-
amaliyotchilar uchun).
Nazorat qilishga tayyorgarlik bu - davlatimizning
«Maktabgacha ta'lim» bo'yicha qaror, ko'rsatma, buyruq,
instruktiv va direktiv hujjatlarini yana bir bor ko'zdan
kechirib chiqishni nazoratchi-metodistdan talab qiladi. Bu -
«Maktabgacha ta'lim» dasturining hamma bo'limlarini yana
bir bor chuqur o'rganishni talab qiladi. Shu o'rinda biz yuqorida
aytib o'tilgan «Direktiv» va «Me'yoriy» hujjat nima ekanligini
tushunib olishimiz lozimdir.
Direktiv hujjat - bu farmon, farmoyish, yo'l-yo'riq, ko'rsatma,
ya'ni yuqori bo'limlar tomonidan quyi bo'limlarga yoki
rahbarning o'z xodimlariga bergan ko'rsatma, yo'1-yo'riqlariga
aytiladi.
MeVoriv hujjat esa - me'yorlar qoidasiga asoslangan hujjat-
dir.
Masalan: Bolalarning yoshi bo'yicha yosh guruhlariga
to'g'ri taqsimlash, xodimlarni shtat me'yori bo'yicha ishga
qabul qilish, smeta bo'yicha xarajatlarni taqsimlash - sarflash,
bolalarning ovqatlantirish me'yorlari, tarbiyachilarning oylik
ish haqlari va hokazolardan iborat.
Shuningdek, xalq xo'jalik rejalarida ko'zda tutilgan
ijtimoiy maktabgacha ta’lim rivojlantirish bo'yicha asosiy
ko'rsatkichlarning bajarilishi, Maktabgacha ta'lim bo'limlari
tomonidam maktabgacha ta'lim muassasalarini kadrlar
bilan ta'minlash, qishloq maktabgacha ta'lim xodimlariga
beriladigan imtiyozlardan foydalanishi me’yorlari kiradi.
Demak, nazorat qilishni tashkil etish, unga tayyorgarlik
tekshiruvchilardan o'z ustida ko'proq ishlashni, g'oyaviy-
siyosiy va ilmiy yetuklikni, tashkiliy, pedagogik va metodik
ishlarning mohirono o'z ishida qo'llashni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: