tamoyilni oladigan bo'lsak, unda
hozirgi zamon uchun ibrat
bo'ladigan axloqiy saboqlar borligini ko'rish mumkin.
Ma'lumki har bir xalqning o'z afsonaviy qahramonlari,
pahlavonlari bo'ladi. Shu ma'noda xalq og'zaki
ijodining
noyob durdonasi bo'lmish «Alpomish» dostoni millatimizning
o'zligini
namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o'tib ke-
layotgan qahramonlik qo'shig'idir. Bu mumtoz asarda tarix
to'fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o'zligini
saqlagan, el-yurtimizning bag'rikenglik, matonat, olijanoblik,
vafo va sadoqat kabi axloqiy fazilatlari o'z ifodasini topgan.
Shu bois «Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlari-
dan saboq beradi9.
Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq»
kitobi-
ning «Haqqoniyat» deb atalgan bobida rostlik va to'g'riso'zlikni
insonning eng insoniy sifatlaridan biri deb hisoblaydi. U bola
tarbiyasida o'sayotgan shart-sharoit va tarbiyaning roliga alo
hida e'tibor beriladi.
A.Navoiy ijodida ham axloq-odob masalalariga katta ahami
yat berilgan.
«Odobli inson barcha odamlarning
yaxshisidir va barcha
odamlar uchun yoqimlirog'idir» - deydi mutafakkir A.Navoiy.
A.Navoiyning «Mahbub-ul qulub» asarida odob, axloqqa oid
g'oyalar ilgari surilgan. Insonparvarlik g'oyalari ulug'langan.
Pedagogika fani yosh avlodni axloqiy rivojlanishida tarbi
ya va ta'limni muhim omil deb hisoblaydi. Pedagogika va ruhi-
yatga oid tadqiqotlar natijalarining ko'rsatishicha, Maktabga
cha ta'lim davri bolaning ma'naviy shakllanishida eng muhim
bosqichidir. Shu davrda ma'lum maqsadga qaratilgan ta'lim-
tarbiya ta'sirida shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlay
di. 6-7 yoshda ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shak
li yuzaga keladi. Bola atrofdagilar bilan bo'ladigan munosabat-
larida egallab olgan axloq normalariga
asoslangan holda ish
tutadigan bo'lib qoladi. Shuning uchun bolalarga ilk yoshdan
boshlab axloqiy tarbiya berib borish muhimdir.
Dostları ilə paylaş: