Bolalarni o'zlarining axloqiy tajribalarini mushohada qilish-
lari va boyitishlariga yordam beradi;
Shaxsni o'zini axloqiy tarbiyalashga zamin yaratadi.
Axloqiy bilim, asosan axloqiy suhbatlar, ma'ruzalar, kecha-
lar, turli kasb egalari bilan uchrashuvlar va boshqa vositalar bi
lan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida axloqiy tarbiya berish
har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda
bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan
tanishtirish, mashg'ulotlarda va mashg'ulotlardan tashqari
vaqtlarda ta'lim berish orqali amalga oshiriladi.
Har xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabi-
yoti, musiqa, o'yin materiallari, ommaviy axborot vositalari -
oynayi jahon, radio va boshqalar bolalarning axloqiy tarbiya-
siga katta ta'sir ko'rsatadi.
Kichik yoshli bolalar axloqiy tasavvur va bilimlarni faqat
o'yin mashg'ulotlarida yaxshi o'zlashtirib oladilar. Bolalar to
monidan o'zlashtirib olingan axloqiy tasavvurlarni ular ong
li ravishda tushunib yetishlari dastlab mashg'ulotlarda, ke
yinchalik o'yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, mustaqil faoli
yatlar orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: