205
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning estetik didi
rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlar
Shaxsning estetik xususiyatlari tug'ma emas, ammo ular ij
timoiy muhit va faol pedagogik rahbarlik sharoitida ilk yosh
dan boshlab rivojlanib boradi. Estetik rivojlanish jarayonida
bolalarni estetik idrok, tasavvur, tushunchalar, mulohazalar,
qiziqishlar, his-tuyg'ular, badiiy va ijodiy qobiliyatlarni tarkib
toptirish amalga oshiriladi.
Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jo'shqin
hayoti bilan chambarchas bog'liqdir.
Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda, hali ularning es
tetik tarbiyasi to'g'risida emas, balki ularning hissiy va sensor
rivojlanishi to'g'risida o'ylash kerak. Bola yaltiroq bo'yoqdan
xursand bo'ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan hu-
zur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning sensor-his-
siy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bola
da hissiy kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol
o 'y n a y d i.
Kattalarning ochiq yuz bilan jo'shqin ohangda gapir-
ishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy
munosabatda bo'lishlariga yordam beradi. Va, aksincha, kat
talarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik aloma-
ti yoki xo'mrayib qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari va hoka-
zolar bolalarda shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy muno
sabatni shakllantiradi.
Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta ta-
komillasha boradi. Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini
emas, shu bilan birga san'at asarlaridagi ayrim estetik ifoda
vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda
musiqaning quvnoq va g'amgin kuylariga, ularning qattiq va
sokin ohangiga, ohista va tezligiga javob ta’siri paydo bo'ladi
va hokazo.
O'rta guruhga kelganda bolalar estetik idrokinnng rivojlan-
206
ishida muhim o'zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki
ancha aniq va tabaqalashgan bo'lib qoladi. Ammo shunga qa-
ramay, u qisqa-qisqa bo'lib, bolaning shaxsiy tajribasi va qiziq-
ishiga bog'Iiq bo'ladi.
Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik baho-
lay oladilar, ba'zi bir estetik vositalarni to'g'ri anglaydigan, tas-
vir mohiyatini tushunadigan bo'lib qoladilar.
Bolalarda go'zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan,
ta'sirli, faol tusda bo'ladi. Bu ayniqsa, ular qo'g'irchoq teat-
ri, kino, multfilm, telespektakllarni tomosha qilganlarida an
iq namoyon bo'ladi. Bolalar asar qahramonlari harakatiga be-
malol qo'shilib harakat qiladilar, ularda muayyan vaziyatda
o'zini qanday tutishni aytib turadilar, o'zlarini ular bilan birga
o'ynayotgandek his etadilar. Bu yoshdagi bolalar tanish bo'lgan
san'at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va ba'zi bir
xulosalar chiqaradilar. Bolalar she'rni nasrdan, badiiy asarning
ba'zi bir janrlarini, tasviriy faoliyat va musiqaning bir xil tur-
larini (ertakni hikoyadan, marshni raqsdan, allani o'yindan va
hokazo) bir-biridan ajrata boshlaydilar.
Tasvirda badiiy, musiqa, teatrlashtirish kabi hamma faoli-
yatlarda qo'yilgan vazifani bajarishda mustaqillik, ijodkorlik-
ka intilish namoyon bo'la boshlaydi. Bolalar o'yinga tushganda,
ashula aytganda, sahnalashtirish o'yinlarida obrazlarning ifo-
dali bo'lishiga ongli ravishda intila boshlaydilar.
Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badi
iy asarlarni diqqat bilan tinglaydilar, tasviriy san'at asarlari
ni sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xat-
ti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Bola
da musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ular
da ayrim musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy san'at asarlariga
nisbatan barqaror qiziqish paydo bo'ladi.
Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular
mustaqil ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she'rlar
to'qiydilar, applikatsiya va rasmlar ishlaydilar. Endi ular
207
o'zlarining va o'rtoqlarining ishlarini baholaydigan bo'lib qo-
ladilar.
Kuzatayotgan san'at asariari, eshitayotgan musiqa asarlari,
o'qilayotgan she'rlarning eng nozik tomonlarini ko'ra biladilar,
seza boshlaydilar. Badiiy asarlardagi ba'zi she'riy obrazlarni
eslab qoladilar va o'z nutqlarida ishlatadilar. Tevarak-atrofdagi
go'zallikka, san'atga, badiiy va o'yin faoliyatining har xil turlar-
iga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.
Shunday qilib, maktabgacha ta'lim yoshi davri tarbiyaviy
ta'sir orqali bolalarni estetik ruhda tarbiyalash maqsadlaridan
va uning bola shaxsini shakllantirishda tutgan o'rnidan kelib
chiqib, estetik rivojlanishlarini takomillashtirishdir.
Dostları ilə paylaş: |