N. M. Kayumova


VIII BOB. ESTETIK TARBIYA



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

199


VIII BOB. ESTETIK TARBIYA
Estetik tarbiya va ta'limning nazariy asoslari
Insoniyat go'zallikni butun rivojlanish tarixi jarayonida 
egallaydi va yaratadi. Go'zallik madaniy tarixiy tajribaning bir 
qismi hisoblanadi.
Uning obyektiv mavjudligi estetik tarbiya nazariyasini, es­
tetik tajribani yosh avlodga maqsadga muvofiq va muntazam 
ravishda berish va shu orqali uni estetik rivojlantirishni 
ta'minlashning faol usullarini ishlab chiqishga yo'naltiradi. 
Bunda estetik tarbiya madaniyatni egallashning asosiy vosita­
si tarbiya va ta’limdir.
Estetik tarbiya juda keng tushuncha bo'lib, unga tabiat, 
mehnat, ijtimoiy hayot, turmush va san'atga estetik munosa­
batni tarbiyalash kiradi.
Estetik tarbiya (nafosat tarbiyasi) - bu bolalarga voqelikda- 
gi, san'atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat mu- 
nosabatlaridagi, turmushdagi go'zallikni idrok qilish hamda 
to'g'ri tushunishga o'rgatish, ularning badiiy didini o'stirish, 
ularda go'zallikka muhabbat uyg'otish va hayotga go'zallik olib 
kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir.
Nozik didli bo'lish, go'zallikni fahmlay va qadrlay olish, ba­
diiy madaniyatni tushunish, o'z hayotini go'zallik qonunlari 
asosida qura olish - komil insonning eng zarur fazilatidir.
Estetik tarbiya - eng avvalo, har bir kishida badiiy hissiyot 
tuyg'ularini, badiiy didni tarbiyalashdir. Ilmiy dunyoqarashga 
asoslangan nafosat, did, his-tuyg'ular va ko'nikmalarning o'sib 
borishi jarayonida insonning o'zi ham ma’naviy boyib, hayoti 
yanada sermazmun bo'ladi. Yashayotgan zamoniga nisbatan 
mehr-muhabbati ortib boradi. Bularning hammasi har bir in- 
sonda go'zallikni xunukdan, jirkanchlikdan farq qila bilish qo- 
biliyatini shakllantiradi, uni yanada rivojlantiradi.
Estetik tarbiya bugungi kunda shunisi bilan muhimki, did- 
farosatlilik mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy
200


faoliyatda - har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qol- 
gan.
Donolardan biri go'zallik axloq-odobning tug'ishgan singli- 
sidir, degan edi. Darhaqiqat, odob va nafosat tarbiyasi o'zaro 
chambarchas bog'liq holda amalga oshiriladi. Chunki nafo­
sat tarbiyasining natijasi axloq-odobda, chiroyli xatti-hara- 
kat, go'zal munosabatda va hayotga, kelajakka, insonlarga, ta­
biatga muhabbatda ko'rinadi. Xalqimiz «Kamtarlik ham husn» 
deydi. Mana shu birgina iborada chuqur ma'no bor. Estetik tar­
biya orqali yoshlarda kamtarlik xislati tarkib topadi. Bu xislat 
kishilarning eng go'zal belgisidir.
Salbiy xatti-harakatlardan nafratlana bilish tuyg'usini ham 
estetik tarbiyani paydo qiladi. Bunda badiiy asarlarning roli 
muhimdir. Masalan: «Zumrad va Qimmat» ertagida Qimmat- 
ning xulq-atvori bolalar qalbida nafratni uyg'otadi. Zumrad- 
ning tevarak-atrofga munosabati, mehnatsevarligi, kamtarligi 
qalblarda quvonchni paydo qiladi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, ayrim yoshlar go'zallikni tor 
ma'noda tushunadilar. Ya'ni chiroyni ko'pincha husn jamol- 
da deb bilishadi. Bu bir tomonlama tushunchadir. Har tomon­
lama ma'noda esa chiroy husn-jamol, qalb go'zalligida, ma'noli 
so'zdadir. Xalqimiz bejizga «Chiroy husn-u jamolda emas, 
fazl-u kamolda» deb aytmagan!
San'at va hayot go'zalligi bilan tanishtirib borish bolaning 
aqlini, xissini tarbiyalab qoimay, shu bilan bir qatorda uning 
xayol va tasavvurni ham rivojlantiradi.
Bolalarni go'zallikka oshno qilish, ularda hayotiy voqealarni 
to'g'ri tushunish, olijanob his-tuyg'ularni va intilishlarni shakl­
lantirishga yordam beradi. Bolalarda go'zallikni idrok qilishni 
tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini 
his eta bilish, kishilarning xursandchiliklariga sherik bo'lish, 
qayg'usini birga baham ko'rish kabi xususiyatlar tarkib top- 
tiriladi.
Estetik taraqqiyot shaxsning estetik ongi, munosabati va es­
tetik faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqt-
201


ni talab etadigan jarayondir. Shaxsning estetik taraqqiyoti ij- 
timoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy o'zlashtirishi natijasi- 
da yuzaga keladi, Bu har xil yo'llar va shakllar orqali amalga 
oshiriladi. Shaxsning estetik jihatdan rivojlanishida ma'lum 
maqsadga qaratilgan ta'lim va tarbiya hal etuvchi rol o'ynaydi.
Estetik ehtiyoj - kishi borliqni, badiiy faoliyatni, uning har 
xil ko'rinishlarida estetik idrok etishga undovchi subyektiv 
omildir. Estetik ehtiyoj go'zallik to'g'risidagi fanning rivoj­
lanish qonuniyatlarini yanada chuqurroq o'rganishga unday- 
di. Estetik qiziqish shaxsni san'at asarlarini, tevarak-atrofdagi 
borliqni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga o'ylantiradi. 
Estetik qiziqish estetik ehtiyojni yuzaga keltiradi. «Estetik tar­
biya» tushunchasi bilan bir qatorda «badiiy tarbiya» tushun- 
chasi ham mavjuddir.
Badiiy tarbiya san'at asarlari orqali tarbiyalashdir. U shaxs­
da san'at asarlarining shakl va mazmunini estetik idrok etishni 
rivojlantirish, badiiy didni shakllantirish va san'atning ma'lum 
turlari bo'yicha ijodiy faoliyatni, ijrochilik qobiliyatini rivojlan- 
tirishga qaratilgandir, Uning natijasi fikrning paydo bo'lishida, 
uni amaliy faoliyatda qo'llashda, o'z bilim va taassurotlari- 
ni ko'ra bilishda, his-tuyg'ulari va fikrlarini samimiyat bi­
lan ifodalashda namoyon bo'ladi.Estetika tabiatdagi, jamiyat- 
dagi moddiy va ma'naviy madaniyat buyumlarida aks etgan
shuningdek, estetik ongning paydo bo'lishi, rivojlanishi va 
vazifasi to'g'risidagi qonuniyatlarni, obyektiv borliqni estetik 
bilishning muhim usullaridan biri bo'lgan san'atning rivojla­
nish qonuniyatlarini o'rganadi.
Pedagogika estetikaning «go'zallik hayot demakdir» de­
gan qoidasidan kelib chiqib, o'sib kelayotgan yosh avlodni ha- 
yotdagi, mehnatdagi, turmushdagi kishilar munosabatidagi 
go'zallikda qatnashtirish, uning hayotni, san'atni idrok eta bi­
lish qobiliyatini shakllantirishni o'zining bosh vazifasi deb hi- 
soblaydi.
Go'zallik kishini olijanob qiladi, uning yuksak didli, yaxshi 
inson bo'lishiga xizmat qiladi. Go'zallik bilan uchrashish kishi-
202


da estetik his, ruhiy hayajon, beg'araz quvonch uyg'otadi. Es­
tetik hisda idrok etilayotgan voqelikka nisbatan xudbinlik 
ohangi, shaxsiy manfaat nuqtayi nazaridan g'arazli qarashlar 
bo'Imaydi. Ajdodlarimiz bu to'g'rida shunday yozadi: «Kishi- 
dagi go'zallik hosil qilgan sezgi, odam eng yaqin kishisi bilan 
uchrashganda paydo bo'ladigan porloq quvonchga o'xshaydi. 
Biz go'zallikni beqiyos sevamiz, undan eng yaqin kishimizni 
uchratganda quvongandek zavqlanib quvonamiz».
Go'zallik insoniyatning butun tarixiy taraqqiyoti davomi­
da yaratiladi va madaniy-tarixiy tajribaning bir qismini tash­
kil etadi. Uning mavjudligi, obyektivligi yosh avlodga estetik 
tajribani sistemali ravishda singdirish va shu orqali ularning 
estetik tomondan taraqqiy etishini ta’minlaydigan estetik tar­
biya nazariyasining faol usullarini ishlab chiqishga yo'naltiradi. 
Bunda tarbiya va ta'lim jamiyatning estetik madaniyati- 
ni o'zlashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Estetika bor- 
liqning birlamchi va ongning ikkilamchi ekanligiga asoslanib, 
san'at borliqni badiiy obrazlarda anglash, estetik aks ettirish- 
ning oliy shakli deb tushunadi.
San'at o'zining hissiy ta'sir kuchi bilan kishining faqat hissi­
ni emas, fikr va irodasini ham maftun etadi, tarbiyalovchi ro- 
li ham mana shunda namoyon bo'ladi, shuning uchun u estetik 
tarbiyaning mazmuni va vositasi hisoblanadi.
Estetik tarbiya axloqiy, aqliy, mehnat va jismoniy tarbiya bi­
lan chambarchas bog'liqdir.
Estetik va axloqiy tarbiyaning o'zaro bog'liqligi shundaki, 
kishining go'zallikni idrok etishdan quvonishi uning boshqa 
kishilarga yaxshilik qilganidan xursand bo'lishiga o'xshab keta- 
di. Aksincha, go'zallikni ko'ra bilmaslik undan zavqlanmaslik 
yomon ishlarni qilishga olib keladi. San'atning tarbiyaviy kuchi 
shundaki, u odamni hayotdagi voqealarni, hodisalarni chuqur 
his-hayajon bilan idrok etishga majbur etadi.
Estetik tarbiya mehnat tarbiyasi bilan chambarchas 
bog'liqdir. Mehnat faoliyati bolalarni quvontiradi, ular biron- 
ta foydali ishni bajarayotib, biron kerakli narsani yasayotib
203


o'zlarining kuch va imkoniyatlari о'sib borayotganini sezadi- 
lar. «Go'zallik quvonchisiz mehnat quvonchi bo'lmaydi, - deb 
yozgan edi V.A.Suxomlinskiy, - ammo bularda go'zallik bola ega 
bo'layotgan narsa emas, balki birinchi navbatda u yaratayot- 
gan narsadir. Mehnat quvonchi - bu turmush quvonchidir»10.
Agar inson estetik jihatdan tarbiyalangan bo'lsa, u har qan­
day qiyin ishda ham go'zallikni ko'ra oladi va uni yaxshi, zo'r 
shavq-zavq bilan bajaradi.
Estetik va jismoniy tarbiya o'rtasida mustahkam bog'lanish 
bor. Kishining mustahkam sog'ligi, jismoniy kamolotisiz uning 
go'zalligini tasavvur etib bo'lmaydi. Uning chiroyli gavda tuzil­
ishi, harakatlarni chiroyli bajarishi, musiqa ostida chiroyli ha- 
rakatlar qilishi va hokazolar shular jumlasiga kiradi.
Ko'pchilik pedagog va psixologlarning tadqiqot ishlari bo­
lalarning ijodiy faoliyatlari, hissiyotlari, estetik tasavvurlari- 
ning o'ziga xos xususiyatini va ulardagi estetik tasavvur va 
hissiyotlarning qanday rivojlanishini ochib bergan.
Bu tekshirishlar bolalardagi estetik tasavvur va hissi- 
yotlarni rivojlantirishni ulardagi ijodiy qobiliyatlarni rivoj­
lantirish bilan birga qo'shib olib borish kerak degan xulosa- 
ga olib keldi. Estetik tasavvurning o'ziga xosligi shundaki, 
idrokning boshqa turlariga qaraganda narsalarni his qilish 
shakli - «ko'rinadigan» va «eshitiladigan» narsalar butunlay 
boshqa mazmun kasb etadi. Oddiy idrok qilishda narsalarning 
ko'rinishi, ohangdorligi unchalik muhim bo'lmay, balki uning 
ahamiyati muhimdir. Estetik idrok qilishda esa eng muhimi - 
idrok qilayotgan narsaning obrazi, uning ifodali tomonlarini, 
nozik ranglarini ko'ra bilish talab qilinadi, Shuning uchun es­
tetik tarbiya yuqori darajadagi sensor madaniyatni, kuzatuv- 
chanlikning rivojlangan bo'lishini talab etadi.
Kishi narsa va hodisalarga go'zallik mezoniga asoslangan 
holda, alohida qadr-qimmat bilan yondoshgandagina estetik 
kechinmalar paydo bo'ladi. Estetik hislar fikrlash bilan bevo­
sita bog'liqdir.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin