N. M. Kayumova


Jamoatchilikni tarbiyalash jarayonida axloqiy



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Jamoatchilikni tarbiyalash jarayonida axloqiy
sifatlarni tarbiyalash
Insonparvarlik hissini tarbiyalash. Maktabgacha yoshdagi 
bolalar tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulq-atvor qoi­
dalari orasida insonparvarlik muhim o'rin tutadi. Insonpar­
varlik hissi axloq normalari va qoidalarini o'rgatish asosida 
rivojlanadi.
Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga o'rgatib bo­
rish kerak. Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini 
e'tiborga olish zarur. Kichik bolaga yaxshi bo'l deganingiz bi­
lan yaxshi bo'lib qolmaydi, chunki unda yaxshilik bilan yomon- 
likni to'g'ri tahlil qilish hayotiy tajribasi yetishmaydi. Bu yosh- 
da bolalar yaxshi ishlar qilishga o'rgatiladi: yiqilib tushgan bo­
lani turg'azib qo'yishga yordam berish, uning ustki kiyimlar- 
ini qoqib qo'yish, yupatish, o'simlik va hayvonlarni parvarish 
qilish, o'yinchog'ini o'rtog'iga berib turish, tik turgan kishiga 
joy ko'rsatish, eng muhimi boshqalarga ko'rsatilgan xizmatdan 
xursand bo'lishga o'rgatish.
Kamtarlik, to'g'rilik, halollik va quvnoqlik xususiyatlarini 
tarbiyalash. Bu xususiyatlar sog'lom shaxsni tarbiyalashning 
eng muhim omillaridan hisoblanadi.
Kamtarlik har bir kishining eng muhim va olijanob fazilat- 
laridan biridir. Bu asosan maktab yoshidan tarbiyalanadi. Am­
mo maktabgacha yoshidan boshlab, bolalarga kamtarlik his­
sini singdirish, manmanlik, takabburlik va maqtanchoqlikni 
yo'qotib borish zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o'zlarini boshqa bolalar­
dan ustun qo'yishga urinadilar, ba'zan ota-onalarining kas- 
bi bilan ham maqtanadilar. Bunday holatda bolalarning ota- 
onalari bilan tegishli ish olib borish, har bir kasbning zarurli-
194


gi va muhimligi to'g'risida aniq misollar bilan tushuntirish 
zarur. Bolalar ayrim ishlarning uddasidan chiqib, boshqa bo­
lalarni kamsitsalar, tarbiyachi bolaga biror narsani bilmagan 
o'rtog'iga o'rgatish kerakligini, o'z-o'zini maqtash yarashmas- 
ligini tushuntiradi.
Sofdillik va rostgo'ylikni tarbiyalash yolg'onchilik va vijdon- 
sizlik paydo bo'lishining oldini olish va unga qarshi kurash bi­
lan uzviy bog'liqdir.
Ba'zi bolalar o'zlari to'qigan, kattalardati eshitgan ertaklari- 
ni tushlarida ko'rgandek qilib ko'rsatishga. urinadilar. Bun­
day holda ham urushmasdan «Ertak» to'qishni yaxshi bilgani 
uchun maqtash kerak.
Shunday qilib, bolalardagi xarakterning ijobiy namunalari- 
ni, ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda axloqiy 
tarbiyaning hamma samarali usullari bilan tarbiyalanib boril- 
sa, ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Vatanparvarlikni tarbiyalash. Vatanparvarlik ijtimoiy tar­
ixiy va axloqiy his-tuyg'ular sifatida odamning ijtimoiy taraq- 
qiyoti davomida paydo bo'ladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida vatan­
parvarlik faqat o'z urug'doshlariga, ona yeriga, urf-odatlari- 
ga bog'liq his bo'lgan bo'lsa, sinflar paydo bo'lishi bilan vatan­
parvarlik g'oyalari chuqurlashib, ijtimoiy hayotning tobora 
ko'proq sohalariga chuqurroq kirib bordi. Davrlar o'tishi bilan 
bu tuyg'u buyuk qudratga aylandi.
Vatanga muhabbatni tarbiyalash. Vatanga muhabbat - eng 
chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda Vatanga 
muhabbat hissi baynalminalchilik hissi bilan uyg'unlashib ket- 
gan. Vatanga muhabbat hissi maktabgacha yoshdagi bolalarda 
kattalar tomonidan bolalarning ruhiy taraqqiyotini va ular ta- 
fakkurining aniq va obrazliligini e'tiborga olgan holda ma’lum 
izchillik bilan tarbiyalanib boriladi. Shuning uchun bu yosh­
dagi bolalarda vatanga muhabbat hissi ularga yaqin va tanish 
bo'lgan aniq faktlar, yorqin misollar orqali tarbiyalab boriladi.
Baynalminal tarbiya. Bizning respublikamiz o'z mohiyati bi-
195


Ian baynalminaldir. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bo­
lalarda baynalminalchilik, xalqlar do'stligi hislarini tarbiyalab 
borish muhim ahamiyatga egadir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni baynalminalchilik ruhida 
tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosa­
bat, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsa­
di yotadi. Bunday his-tuyg'ularni rivojlantirish asosan taqlid 
qilish orqali mukammallashib boradi. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarga baynalminalchilik his-tuyg'ulari asosini shakllanti- 
rishda qardosh jumhuriyatlarda yashaydigan har bir millat va- 
killari bilan uchrashuvlar o'tkazish; maxsus mashg'ulotlarda 
ularning urf-odatlari, madaniyati, san'ati, tabiati to'g'risidagi 
adabiyotlarni o'qib berish, suhbat o'tkazish, rasmlar ko'rsatish, 
filmlar namoyish etish, millat bolalari hayoti to'g'risidagi 
hikoyalarni o'qib berish foydali bo'Iadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin