§11.2. Iqtisodiy o‘sishning shakllanish tendensiyasi. Iqtisodiyot boylik haqidagi fan ekan, tabiiyki, avvalom bor uning paydo bo‘lishi bilanoq iqtisodiy o‘sish muammosi diqqat markazida turadi. Bu muammoni echish iqtisodiyotning aholi doimiy o‘sishda hayot darajasini oshirishni ta’minlaydigan rivojlanish omillarini qidirishni bildiradi. Ma’lumki, inson ehtiyojlari chegaralanmagan: inson bir ehtiyojini qondirishi bilan keyingisi tug‘ilaveradi. SHu bilan birga Er aholisi uzluksiz o‘sib boradi. Insoniyatning 1 mlrd.ga etishi uchun 10 ming yil kerak bo‘ldi. (Bu 1850 yilda edi), 2 mlrd.ga etishi uchun esa 80 yilgina kerak bo‘ldi (1930). 45 yilda esa bu raqam ikki baravarga ko‘paydi (1975). 2000 yilda Er yuzida 6 mlrd. kishi yashagan. 2020 yilda esa aholi 8 mlrd.ni tashkil qilishi mo‘ljallanmoqda.
Darhaqiqat, XIX asr o‘rtalarida boshlangan aholining bunday tez o‘sishi odamlar ehtiyojini jamiyat va individual qondirilishiga olib boruvchi mahsulot tannarxining ilgarilab o‘sishi bilan yonma-yon kechadi. Amerikalik iqtisodchi E. Meddison eramizning 500-yilidan boshlab iqtisodiy o‘sish tarixini o‘rganar ekan, qiziqarli natijalarga keldi. So‘nggi 1500 yil oralig‘ida bir kishi uchun etarli bo‘lgan mahsulot chiqarish o‘sishi va aholi o‘sishi orasidagi aniq bog‘liqlik bo‘lgan doiradagi 4 davr ko‘rsatiladi.
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, aholi ehtiyojiga ko‘ra ishlab chiqarish 1000 yil oralig‘ida o‘smagan va aholi shu davr mobaynida o‘rtacha yillik sur’atda 0,1 %ga o‘sgan. Ayrim ko‘rsatkichlar o‘sishi keyingi uch yuz yillik mobaynida kuzatilgan, lekin ularning o‘sish sur’ati juda pastligicha qolgan. SHiddatli sakrash zamonaviy kapitalizm davrida yuz bergan. Bunda aholi ehtiyoji bo‘yicha ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 1,6 %gacha ko‘tarilgan, aholi soni esa yiliga tahminan 1 %ga o‘sgan.
11.2.1-jadval
So‘nggi 1500 yil ichida aholi o‘sishi va aholi ehtiyojida mahsulot ishlab chiqarish (o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati %)