Iqtisodiy o‘sishni prognozlashda qo‘llaniladigan modellar.
Iqtisodiy o‘sishning mantiqiy modeli deganda nimani tushunasiz.
Iqtisodiy o‘sishni prognozlash modellari haqida fikringiz.
Iqtisodiy o‘sish tahlilining qanday asosiy xususiyatlarini ajratish mumkin?
Iqtisodiy o‘sish mohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Iqtisodiy o‘sishning shakllanish tendensiyasi.
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillar.
Ishlab chiqarish fondlari va mehnat resurslarini prognozlash
12-BOB: ILMIY-TEXNIK TARAQQIYOTNI PROGNOZLASH §12.1. Ilmiy – texnik taraqqiyot jarayonini prognozlashning xususiyatlari va tamoyillari Ijtimoiy-iqtisodiy sohada ilmiy texnika taraqqiyoti yuqori darajadagi murakkab jarayon bo‘lib hisoblanadi, u mamlaat iqtisodiyotining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ilmiy texnika taraqqiyoti ta’sirida ishlab chiqarish kuchlarining barcha elementlari unumdarligi oshadi, masalan: mehnat predmetlari, ishchi kuchlari, mehnat mahsuli, texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va boshqalar. Ilmiy texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanib, u aholining turmush darajasining barqaror o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ilmiy taraqqiyot konsepsiyasi mehnat qurollarni o‘zgartirishni talab qiladi, ya’ni, mashina, ishlab chiqarish jihozlari, trasport vositalar, barcha turdagi mashina texnikasi, mehnat vositalaridan-yonilg‘i, xom ashyo, energiya, hamda texnologik jarayonlarni yaxshilash, ishchi xodimlar malakasini oshirish, ishlab chiqarishni samarali boshqarish va tashkil qilishni taqozo qiladi.
Ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish qo‘l mehnatini engillashtirish omili bo‘lib xizmat qiladi, uning doimiy takomillashuvi ushlab ishchilarning moddiy ta’minlanganlik va ma’naviy dam olish imkoniyatlarini yaratadi.
Ilmiy texnik taraqqiyoti, iqtisodiyotning moddiy texnik bazasining shakllanishiga va uning asosida ilm-fan va texnika rivojlanishiga zamin yaratadi. Ilmiy texnika taraqqiyoti tovar mahsulotlarning kengayishi va nomenklaturasining yangilanishi va ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sanot mahsulotlarining yangilanish ko‘rsatgichi maamlakatning ishlab chiqarish potensialini rivojlanishini ko‘rsatadi. Ilmiy texnika taraqqiyoti ta’sirida maishiy xo‘jalik mahsulotlari doimo yangilanib turadi, bu bilan aholining maishiy xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabi qondiriladi.
SHu bilan bir qatorda yangi texnika va texnologiyaning yaratilishi ishlab chiqarish jarayonini yanada takomillashtirishga olib keladi va atrof muhitning ekologik muhofazasini oshiradi.
Ilmiy texnika taraqqiyoti globallashuv holatida jamiyat ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi va bu holat quyidagi hollarda kuzatiladi: mehnat samaradorligining oshishi, mahsulot sifatining yaxshilanishi, har bir mahsulotga bo‘ladigan xarajatlarning kamayishi, har bir ishlab chiqarish fondiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmining o‘sishiga olib keladi. Jamiyat ishlab chiqarish unumdorligini o‘sishi yangi texnikani ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etish hisobidan bo‘lishi mumkin, yoki oldingi texnikani moderinizatsiyalash yoki iqtisodiy-texnik ko‘rsatgichlarini yaxshilash hisobidan erishish mumkin. YAngi progressiv texnika-mehnat samaradorligini, mehnatni texnik qurollanishinig o‘sishining asosiy vositasi bo‘ladi, lekin birinchi omil ikkmnsidan doimo ko‘proq bo‘lishi kerak, shundagini kutilayotgan natijalarning o‘sishi tezlashadi. Fond qaytimining o‘sishi intensiv iqtisodiy o‘sishga olib keladi, buning natijasida jamiyat ishlab chiqarish samaradorligi o‘sishi tezlashadi. Ilmiy texnik taraqqiyoti natijalarini amaliyotga tez tadbiq etilishi, tadqiqot va loyihaga saflangan xarajatlarning qaytimi tezroq bo‘ladi, ilmiy texnik taraqqiyoti amaliyotga tez tadbiq etiladi, bu esa zamonaviy ilmiy texnika taraqqiyotining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib hisoblanadi